O'zbekiston tarixi


 «Muloqot» jumali, 1994-yil, 5-6-sonlar, 36-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Muloqot» jumali, 1994-yil, 5-6-sonlar, 36-bet.
141


lanildi. Mazkur usulda qo„lga olingan istiqlol harakati qatnash- chilarining 
qarindosh-urugiari hech qanday sudsiz va so„roqsiz qirib tashlanadi. Xalq 
ikki jumboq o„rtasida qoldi: yo istiqlolchilaming qarindosh-urug„i sifatida 
qoiga tushib behudaga o„lib ketish kerak, yoki tahqirlangan, haqoratlangan, 
mustamlaka asoratiga solinib oyoq osti qilingan yurti, toptalgan insoniy or -
nomusi uchun milliy vijdoni amriga quloq solib ozodlik uchun, mustaqillik 
uchun muqaddas jangga otlanish kerak edi. Tub yerli aholining aksariyat 
ko„pchiligi ikkinchi yoini tanladi va shu yoidan boshqa yo„l ham yo„q edi. 
Xalq ommasi qizil askarlaming begunoh tinch aholini vahshiylarcha 
yoppasiga qirg„in qilganliklarini ochiq-oydin ko„rib, bunga ishonch hosil 
qildi. Biz quyidagi misolda buni yaqqol ko„ramiz. 
1921- 
yil 
9-martda Farg„ona viloyati inqilobiy qo„mitasining 
majlisida Farg„ona vodiysida bosmachilik harakati to„g„risida sho„ro qizil 
askarlarining Farg„ona qo„shinlari qo'mondoni Konovalov va Turlolaming 
ma‟ruzalari tinglandi. Bu muhokamada kimlar ishtirok etdi? Farg„ona 
vodiysida «bosmachilarga qarshi kurashni kimlar tashkil etdi? Mana ulardan 
ba‟zilari: Biryushev, Pevzner, Konovalov, Turlo, Aliev, Zaxarov, Kirzner va 
boshqalar. Konovalov o„z ma‟ruzasida o„zini qo„yning og„zidan cho„p 
olmagan yuvosh kishidek ko„rsatdi, «bosmachilarga» qarshi kurash 
«muvaffaqiyatli» olib borilayotganligini ta‟kidladi. Amaldachi, amalda u 
mahalliy millatlaming eng yovuz dushmani sifatida ish olib borgan. 
1922- 
yil 
18-iyulda 
Turkiston 
Markaziy 
Ijroiya 
qo„mitasining IV Plenumi beshinchi majlisida Turkiston Markaziy Ijroiya 
qo„- mitasining a‟zosi Qayg„isiz Otaboyevning ma‟ruzasida bunday 
yovuzliklar 
ochib 
tashlandi. 
Konovalov bosmachilar to„dasining 
Bozorqo„rg„on qishlog„ida ekanligi to„g„risida maiumot oladi va o„zining 
uchinchi otliq otryadi bilan bu qishloq tomon yoi oladi. U otryad harakati 
yo„nalishini bosmachilarga xabar qilishlari mumkin degan shubha bilan yoi-
yo„lakay ko„zga ko„ringan o„zbeklami bitta qo„ymay qirib tashlaydi. 
Qishloq yaqinida Konovalov «bos- machilar»ning kichik bir guruhiga duch 
keladi va bir kecha- kunduz jang boiadi. Bosmachilar qutulib qolishadi. 
Konovalov Bozorqo„rg„ondan ketar ekan, qo„shni Nikolskoe qishlog„idagi 
ruslarga Bozorqo„rg„onni bosmachilardan «tozalashni» topshirdi. Nikolskoe 
qishlog„idagi ruslar Bozorqo„rg„onni 23 kun davomida «bosmachilardan 
tozalashadi». Awaliga qishloqni talon-taroj qi- lishdi, so„ng hech nimani 
surishtirib o„tirmay hammani otib 
142 


tashlay berishdi: erkaklami bosmachilarga xayrixoh va qoilab- quwatladi 
deb, bolalami esa kelajakda bosmachilar boiib etishadi deb otib tashlashdi. 
Nikolskoe qishlogida ruslar uch marta bozorqo„rg„onliklarga o„z 
qishloqlaringga qaytishinglar mumkin, bosmachilar ketib boiishdi, deb 
ayyorlik qildilar va Bozorqo„rg„onga qaytgan aholini uch martta o„qqa 
tutdilar. Eng so„nggisi ayniqsa dahshatli boidi. Aholiga oiganlami ko„mish 
uchun qishloqqa qaytishga ruxsat beriladi. Xalq murdalami yigishtirib, diniy 
urf- odatlami bajo keltirayotganda yana hujum qilib bitta ham qo„ymay 
to„planganlami qirib tashlashdi. 
Boshqa bir misol. «Bosmachilar» mudofaa janglarini olib borish uchun 
So„zoq qishlogiga chekindilar. Qishloq qizil armiya kuchlari tomonidan 
o„rab olindi va pulemyotlardan ayovsiz o„qqa tutildi. Tinch aholi qishloqdan 
qochib daryo bo„yiga yashiringanda pulemyotlardan o„q uzib bitta qo„ymay 
yer tishlatildi. 
Mana shunday ogir bir sharoitda xalq qasoskorlaridan Sher-
muhammadbek, Xolxo„ja qo„rboshi, Parpibek, Omonpolvon, Mulla Sobir, 
Muhitdin, Islomqul, Rahmonqul, Eshmatboyvachcha, Isroil, Soli Maxsum
Ahmad Polvon va boshqalar ozodlik bayrogini baland ko„tardilar. Ular xalq 
ommasiga bir necha bor murojaat qilib haq va adolat yoiida kurashga 
chorladilar. Shu ma‟noda Parpi qo„rboshining murojaati e‟tiborlidir. 
Parpibek qo„rboshi Shermuhammadbek rahbarligida harakat qiladi. U 
nafaqat Andijon uyezdida, hatto butun Farg„ona vodiysi bo„ylab harakatda 
boigan vatanparvar kuchlaming eng qudratlilaridan edi. Uning ixtiyorida 
3600 dan ortiq jangchilar bor edi. Sho„rolardan yuz o„girgan Xirabeklik 
qo„rboshi Oxunjon o„z yigitlari bilan Parpibekka qo„shilgach, uning kuch-
qudrati yanada oshdi. Parpibekning omma- 
ga 
qarata yozilgan 
murojaatnomasida bunday deyilgan edi: «Umum- musulmonlarga eion qilib 
yozamanki, biz to„rt yildan beri nohaqchi bolsheviklar bilan mahoraba qilib, 
qon to„kib, necha musulmonlar xonavayron boiib, shu joyga keldik. Ey 
musulmonlar! Ko„zlaringni ochib qaranglar! Qo„qonqishloq, Chuvama va 
boshqa qishloqlarda bu nohaqchi bolsheviklar yosh go„dak bolalami betartib 
chopib, ko„p jabrlar qildi va yana bizlami tepamizga qattiq hujumlar qilib 
yurdi. Xudoga xos ekanmiz, haq yoiiga yurganimiz maium. Har kim, nohaq 
kim, halolni haromg„a hukm qildirgonlar kim ekan maium boidi. Hozirgi 
vaqtda shahar atroflarini besaramjon qilib turibdilar. Ochiqdan ochiq maium 
boiib, bizlaming yigitlarimizni tutmoqqa 
143 


tadbirlar joriy qilibdur. Umummusulmonlar, nechalarga qattiq farmoyish 
qilamanki, bundan buyon bundoq nohaq ishlar boimasun. Bir ikki. nafar 
bizlami yigitlarimizni tutgan birlan hech nima voqea boimasa kerak. Bizlami 
yigitlarimizni tutmoqqa tadbir joriy qilg„on josuslami Qorabura guzarida 
jazolarini ko„zlariga ko„rsatduk. Ikkinchi chakana o„g„rilar voqeasi shulki, 
har kim o„g„rilik qilib qo„limizga tushsa, xoh o„zimizga qarashlik 
yigitlardan, xoh shahardagi o„g„rilardan bo„Isa, bizni qo„rboshilarimizga 
farmoyish qildim: haqiqat orqali o„lim jazosiga boradurlar. Yashasin, haq 
yoiiga yumvchilar! Bitsin nohaqchilar! 
Amiri lashkar - PARPIBEK G„OZIY MAHDUM. 
Muhr: Nasmlloh Olloh qoilasin!»
1

Qizil askarlar Andijondan Qo„qonqishloqqa qarab chiqqani haqida 
xabar topgan Parpibek jangchilaming bir qismini Qo„qonqishloqda qoldirib, 
asosiy kuchlami atrofga tarqatadi. Qizillar katta kuch bilan Qo„qonqishloqqa 
ot soldilar, oz sonli istiqlolchilar bilan jang boshlandi. Otishmalardan so„ng 
istiqlolchilar Qo„qonqishloqni atayin bo„shatib atrofdagi kuchlar bilan 
qo„shiladilar. «G„olib» qizillar Qo„qonqishloqni va istiqlolchilar qarorgohini 
ishg„ol etadilar. Lekin qizillar joylashib ulgurmasidanoq Qo„qonqishloqning 
uch tomonidan istiqlolchilaming hujumiga duch keladilar. Parpibekning 
yigitlari muayyan yo„llar bilan o„tadi va Andijon yoiini ochib qo„yadi. 
Shiddatli jangda qizillar chekinishga majbur boiadilar. 
Qizillar ogir yuklari, to„p, to„pxona, aravalari bilan katta yoidan 
kelguncha istiqlolchilar pistirma yoilar, tor ko„chalar orqali qizillaming 
yoiini Hayrobodda to„sib chiqadilar. 0„q yomgiriga uchragan qizillar tutdek 
to„kiladilar. Qirilishdan omon qolgan 200 ga yaqin askar o„sha atrofdagi bir 
saroyga kirib joylashadilar. Uch kecha-kunduz otishma boiadi. Qizillaming 
tinka-madori quriydi, oziq-ovqat tamom boiadi. Saroyda savdogarlarga 
qarashli boigan quruq piyozlami eb, surgi ichgan odamlar jonsarak boiadilar, 
taslim boiishdan o„zga chora qolmaydi. 
Voqeadan xabar topgan Andijon yangi shahar Sho„ro rahbariyati eski 
shahar aholisidan qishloqda o„qqa tutilgan shahid qizil askarlar murdalarini 
olib kelishni talab qiladi. Eski shahar aholisi yigilishida vakillar saylanadi va 
ular murdalami olib kelish uchun Qo„qonqishloqqa boradilar. Ammo 
Parpibek qo„rboshi yigitlari vakillami hibsga oladi. Bu voqea xususida Muso 
Turkistoniy 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling