O'zbekiston tarixi
Anneksiya - bosib olish. 3 Kontributsiya
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Диманштейн
- A’zamxo‘jayev
Anneksiya - bosib olish.
3 Kontributsiya - tovon to„lash. 4 Программные документы мусульманских политических партий (1917— 1920), Оксфорд, 1958, 10-бет. 5 Диманштейн С. Революция и национальний вопрос, Ш, М.: 1930, 16- 17-бетлар. 18 Barcha mintaqaviy partiya va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda Rossiya musulmonlarini boshqarishni amalga oshirish uchun Butunrossiya ta‟sis majlisi chaqirilgunga qadar qurultoy Butunrossiya musulmon sho„rosi (milliy sho„ro)ni sayladi. Uning ijroya qo„mitasi tarkibiga Turkistondan o„lka musulmon sho„rosi a‟zolari Ubaydulla Xo„jayev va Islom Shoahmedovlar kirdilar. Qurultoyda Rossiya milliy davlat qurilishi masalasida qizg„in bahslar bo„lib o„tdi. Ushbu masala bo„yicha qurultoy qatnashchilari ikkiga bo„linib ketdilar. Ulardan biri markazchilik tamoyilini himoya qilib, demokratik Rossiya tarkibida xududiy-madaniy muxtoriyat huquqi tarafdori edi. Ikkinchi guruh vakillari esa Rossiya Federatsiyasi tarkibida musulmon xalqlariga hududiy muxtoriyat berilishiga moyillik bildirdilar. Keskin va davomli bahs-munozaralardan so„ng ushbu masala yuzasidan qurultoyda quyidagi qaror qabul qilindi: «Rossiyada musulmon xalqlari manfaatlarini ko„proq ta‟minlovchi davlat qurilishi shakli milliy-hududiy federativ asosdagi demokratik respublika deb tan olinsin; Muayyan hududga ega bo„lmagan millatlar milliy-madaniy muxtoriyatdan foydalanadi» 1 . Bundan ko„rinadiki, jadidlar sho„ro tarixchilari soxtakorlik bilan tuhmat qilganlaridek, «Turkistonni Rossiyadan ajratib olishni», «Buyuk Turkistonni Ьафо qilishni» o„z oldilariga bosh maqsad qilib qo„ymaganlar, balki Rossiya tarkibida muxtoriyat uchun kurashganlar. Bu fikrni Mahmudxo'ja Behbudiyning «Haqiqatning bayoni» maqolasidagi quyidagi jumlalar yanada aniqroq va ravshanroq ifodalaydi: «Biz istaymizki, butun Rossiya musulmonlari muxtoriyat (federatsiya) usuli yuzasidan tiriklik qilsunlar. Rusiyadan ajralmagan holda muhtoriyatni vujudga keltirmoq uchun biz Rusiya musulmonlari al- xusus biz Turkiston musulmonlariga lozimki, awalo qadim 2 va jadid nizo lafzisini qo„yib o„zaro ittifoq istasak. Biz istaymizki, Turkiston musulmonlari bundagi rusiya, yahudiy va boshqalar qo'shilgan holda o„z boshlariga Rusiyaning bir parchasi hisoblana turg„on Turkiston 1 Программные документы мусульманских политических партий, 33-bet. 2 Istiqlol uchun kurash tarafdorlarining bir guruhi o„zlarini «qadamchilar» deb atashar edi. Ular ruhoniyat tarafdorlari bo„lib maydonga chiqadilar va muxtoriyatga qarshi yagona va mustaqil Turkiston g„oyasini ilgari suradilar. Qadimiylar 1917-yil iyundan boshlab jadidlardan ajralib chiqadilar va «Sho„roi ulamo» nomi bilan o„z mustaqil tashkilotlarini tuzadilar. 19 hukmini (hukumatini) ta‟sis etsak, o„zimiz majlis muborovatimiz (parlamentlarimiz) bo„lsin desak. Turkiston musulmonlari shariat va odatlariga, o„z qonundinlariga muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkiston yahudiy, nasroniy va musulmonlari uchun hammalarining manfaatlarini e‟tiborga olaturg„on qonunlar tuzilsin» 1 . Mahmudxo„ja Behbudiy Butunrossiya musulmonlarining Mos- kvadagi qurultoyiga qadar ham muxtoriyat tarafdori bo„lgan. U 1917- yil aprel oyida Turkiston o„lkasi ijroya qo„mitasi qurultoyida shovinist Geodakovning «...madaniy xalqlarga muxtoriyat, qolganlariga esa... (qirg„iz, sartlarga), madaniyatga ega bo„lishlari sayin muxtoriyat berilishi» haqidagi fikrga norozilik bildirib bunday degan edi: «Yerlik dehqonlar rus dehqonlaridan qolishmaydi, g„arbiy viloyatlardan qochgan kelgindilardan esa ustun. Turkiston fuqarosinig madaniy qoloqligida fuqaro emas, o„lkani tish-timog„i bilan jaholatda ushlagan eski mustamlaka tuzumi aybdordir» 2 . Turkiston o„lkasi xalqlari hayotida Butunrossiya musulmonlarining 1917-yil 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida o„z ishini olib borgan 2- Qurultoyi qabul qilgan qarorlar katta o„rin tutar edi. Jumladan, Qurultoyning qarorida Turkiston, Qirg„iziston, Kavkaz va Qrimda boshqaruv shaklini mazkur o„lka aholisining o„zi hal qilsin, deyiladi. Ichki Rossiya va Sibir musulmonlari uchun esa keng milliy madaniy muxtoriyat talabi qo„yildi 3 . Qurultoyning qabul qilgan eng muhim qarorlaridan biri musulmon qo„shinini yaratish haqidagi qaror edi. Bu ishni amaliy jihatdan ro„yobga chiqarish uchun Butunrossiya Markaziy harbiy Sho„rosini tashkil qilishga qaror qilindi 4 . Qurultoyda kun tartibida agrar masala yetakchi o„rinlardan birini egalladi. Ushbu masalada so„zga chiqqan Turkiston vakili Ubaydulla Xo„jayev o„lkadagi xalq ommasining og„ir va qismatli ahvolini ochib tashladi. Gap shundaki, chor Rossiyasi davrida ham, muvaqqat hukumat davrida ham mustamlakachilaming mahalliy xalqqa nisbatan munosabatlarida o„zgarish bo„lmaydi, ulami ezish, kamsitish va qirg„in qilish davom etadi. General Kuropatkin mustamlakachi shovinistlarga qirg„in qurollari tarqatganligi oqibatida 1917-yil aprel 1 «Ulug„ Turkiston» gazetasi 1917-yil, 12-iyun soni. 2 «Туркестанский курьер», 1917-yil, 14-aprel. 3 «Hurriyat», 1917-yil, 15-avgust. 4 Qarang: A’zamxo‘jayev S. «Turkiston birligi uchun». Т., «Fan», 1995. 10-bet. 20 oyiga qadar oikadagi qirg„iz va qozoq millatlariga mansub xalqlardan 50 ming aholi xunrezlik qurboni bo„ldi. Bu jinoyat uchun Turkiston musulmonlari Kuropatkinni sudga berdilar. Ammo bundan hech qanday natija chiqmadi. Na muvaqqat hukumat, na ishchi, dehqon va askar deputatlari Sho„rolari mahalliy ommaning arz-dodiga quloq solmadi. Yeming xalq mulki ekanligini tan olgan qurultoy agrar masalaning uzil-kesil hal qilishini ta‟sis majlisi chaqirilguncha qoldirib turishga qaror qildi. Turkiston o„lkasidagi taraqqiychilar, jadidlar bilan diniy arboblar, qadimchilar о „ rtasida yuz bergan bo „ linish boshqa masalalarda bo „ lgani singari mazkur Qurultoyda ham yagona jabha bo„lib harakat qilishga imkon bermadi. Xotin-qizlarga munosabat masalasi ko„rilganda bu hoi, ayniqsa, ko„zga yaqqol tashlanadi. Taraqqiychilar ayollaming siyosiy huquqlarini erkaklar bilan baravarlashtirish tarafdori edilar. Ruhoniy vakillar - qadimchilar esa bunday qaroming qabul qilinishiga qarshi turadilar. Ammo Qurultoyda taraqqiychilar ustun keldilar. Jadidlar bilan qadimchilar o„rtasidagi bo„linishning asl mohiyati va sabablari nimalardan iborat, u qachon yuz berdi? Ikki o„rtadagi bo„linishning asosiy sababi Turkiston o„lkasining mustaqilligini ta‟minlash masalasi va unga erishishning taktik yo„llaridagi ikki xil yondashuv edi. Ruhoniyat vakillari bo„lgan qadimchilar nasroniylarga, Rossiya mustamlakachilariga qarshi g„azovat yo„li bilan mustaqillikni qo„lga kiritishga chorlar edilar. Ilg„or ziyolilar, jadidlar esa bu yoiga qarshi chiqdilar. Ular bu g„azovat yo„li xalqni og„ir ahvolga solib qo„yishi mumkin, deb hisobladilar. Natijada, 1917-yil iyun oyining milliy mustaqillik jabhasidagi istiqlol harakatchilari yagona kuch bo„lib may donga chiqish imkoniyatidan mahrum boidilar va ular boiinib ketdilar. Bundan millat zarar ko„rdi, Turkiston o„lkasi yutqazdi. Turkiston o„ lkasi milliy mustaqillikning dushmani bo„ lgan Rossiya mustamlakachilari esa bu qulay vaziyatdan ustalik bilan foydalandilar. Yagona milliy jabhaning bo„linishi tobora chuqurlashib boradi. 1917- yilning o„rtalarida ruhoniylar «Sho„roi Islomiya» dan chiqib «Sho„roi ulamo» jamiyatini tuzdilar. Ular o„z g„oya va qarashlarini tashviq va targ„ib qilish maqsadida «Al-Izoh» jumalini ta‟sis etdilar. Jumalning nashr va muharrirligini Abdumalik Xoji Nabiyev olib bordi. Uning birinchi soni 1917- yil 19-iyundabosilib chiqdi. Jami bo„lib jumalning 31 soni e‟lon qilingach, 1918-yil may oyida Turkiston Sho„ro Respublikasi XNK buymg„i bilan yopib qo„yildi. Uning sahifalarida 21 ulamochilar Qur‟oni Karimdan oyatlar keltirib feodal turmush tarzi va o„rta asrchilik munosabatlarini himoya qildilar, taraqqiyot yo„lidagi har qanday yangi fikmi tanqid qildilar, ayollaming erkaklar bilan teng bo'lolmasliklarini, ko„p xotinlikni yoqlaydigan xarakterdagi maqola va chiqishlarga keng o„rin berdilar. 0„sha paytda jadidlar bosh bo„lgan «Turon» gazetasi ayollar maktabini ochish, ulami ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb qilishni targ„ib qilayotgan edi. Bunga javoban «Al-Izoh» o„z sahifalarida «Turon»ga qarshi o„t ochdi, gazetada maqolalar bilan chiqqan mualliflami «Xudo yo„lidan toygan»likda ayblaydi. Jumal ayol kishi ayolligicha qolishi kerak va uni erkakka tenglashtirish aqlsizlikdir deb yozadi 1 . Jadidlaming yirik vakillaridan biri bo„lgan Mirmuhsin Shermuhamedov «Turon» gazetasida mutaassib ulamolami tanqid qilgani uchungina dahriylikda ayblandi va qozixonada kaltaklanadi. Bu ham yetmagandek, uni o„lim jazosiga hukm qiladilar, so„ng hukm 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirildi. Gazeta muharriri A.Avloniy «shakkoklik» qilib bu hildagi maqolani bosganligi uchun «Turon»ning 3- sonida «E‟tiroz» maqolasi bilan chiqib, ulamochilar va jamoatchilikdan uzr so„rashga majbur bo„ladi. Gazeta 20-sonidan so„ng umuman yopib qo„yildi. 1. «Al-Izoh» 0„lka musulmon Sho„rosi atrofida to„plangan ilg„or milliy ziyolilarga nisbatan o„z sahifalarida nafrat urug„ini sepadi, ulami islomga xiyonatda ayblaydi, xalqdan chetlashtirishga intildi. Ahvol shu darajada achinarli yo„nalish oldiki, ulamolar xalq ommasi o„rtasida o„z ta‟sirlarining kuchli ekanligidan foydalanib sartaroshlarga ziyolilar soqolini olishni, choyxonalarda ularga choy berishni man etdilar. Chunki mahalliy aholi islom dinida edi-da. Turkiston o„lkasi milliy istiqlol harakati kuchlarining yagona jabhasi nihoyatda qaltis va noqulay paytda, Toshkent shahar dumasiga saylovlar e‟lon qilingan paytda bo„lindi. Saylov demokratik mhda о „ tdi. Kutilganidek о „ tkazilgan saylov «Sho „ roi ulamo»ning musulmon ahli o„rtasida kuchli ekanligini ko„rsatdi. Saylov natijalariga ko„ra Toshkent shahar Duma mandatidagi jami 112 o„rindan 64 tasi ulamolarga, 11 tasi sho„roislom, 24 tasi eserlarga va 5 o„rin sotsial - demokratlarga nasib etdi. Shunday qilib, Duma saylovlarida mahalliy aholi hammasi bo„lib 75 ovozga va yevropaliklar esa 37 ovozga ega bo„ldilar. Milliy kuchlar harakatining bunday muvafaqqiyati Turkiston o„lkasining boshqa shaharlaridagi Duma saylovlarida ham kuzatildi. 1 Qarang: A’zamxo‘jayev S. Turkiston birligi uchun. Т., «Fan», 1995. 12-bet. 22 Masalan, milliy harakat namoyondalari Samarqand Dumasidagi 75 o„rindan 59 tasini, Andijon Dumasidagi 97 o„rindan 84 tasini egallab oldilar. Bu juda katta g„alaba edi. Ammo bu g„alaba va imkoniyatdan o„zaro birlik va ahllik bo„lmaganligidan foydalana olmadilar, ulaming g„oyaviy-siyosiy dunyoqarashlarining torligi va cheklanganligi bunga imkon bermadi. Bundan Turkistonning yevropalik aholi vakillari unumli foydalandilar, ulamolar misolida mahalliy xalqni siyosiy jihatdan yetilmaganlikda ayblab, ular davlatni idora qila olmaydilar, deb tashviqot qildilar. Bu hoi millatlararo munosabatlami yanada keskinlashtirdi. Vatan va millat taqdiri hal bo„layotgan ana shu g„oyatda murakkab sharoitda jadidlar yana tashabbus ko„rsatdilar. Ular Turkiston, milliy istiqlol harakati manfaatlari yo„lida xalqni birlashishga, ahillikka chaqirdilar. Bu esa o„z navbatida «Sho„roi Islomiya» bilan «Sho„roi ulamo» jamiyatlarining birgalikda harakat qilishiga imkoniyat yaratar edi. Jadid shoiri A.Fitrat bunday deb yozgan edi: «Ey Turkiston xalqi musulmonlari, Tangri uchun, payg„ambar uchun, millat uchun, keling, birlashaylik, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan ko„z yumaylik. Islom dinining birinchi bo„lgan - qardoshlik va Ittihod bog„lari bilan bog„lanaylik. Qo„lni-qo„lga beraylik. Haq yo„lida, millat yo„lida jadidmiz, qadimmiz, mullomiz, boymiz, bir yerda to„planaylik»'. Bunday fikrlami jadidlardan M.Cho„qayev, M.Behbudiy va boshqalar ham ilgari suradilar. Xullas, Turkiston o„lkasidagi milliy istiqlol uchun olib borilgan umumxalq harakatiga jadid taraqqiyparvarlari va islom dini mhoniylari boshchilik qildilar. Ulaming shiori «Ozodlik», «Tenglik» va «Adolat» edi. Bu ezgu shiorlar o„lka fuqarolarining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqadi. «Sho„roi Islomiya» va «Sho„roi ulamo» jamiyatlarining milliy istiqlol uchun olib borgan kurashlariga «Ittihod» tashkiloti ham xayrixoh edi. Bu tashkilotning rahbarlari Rossiyaga asir tushgan sobiq turk ofitserlari Afandizoda, Rizo afandi, Doniyorbek va boshqalar bo„lib, ular fevral inqilobi g„alabasidan so„ng Turkistondan borgan mardikorlar bilan birga o„lkamizga kelgan edilar. «Ittihodchi»laming Turkistonda o„z qardoshlari bo„lgan tub yerli aholi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko„rsatishlari armanlaming 1917- yil yozida tiklangan «Dashnaksutyun» va «Gichak» partiyalari a‟zolarining 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling