O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchisi
- Birinchidan
Sodiqov H. Hurriyatdan muxtoriyatgacha. «Fan va turmush», 1993-yil, 2-son, 18-bet.
2 Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari (1917-yil xotiralari), 32-bet. 15 Turkiston general-gubematori Kuropatkin muvaqqat hukumatga zimdan bo„ysunmasdan, tub yerli «musulmonlar qo„zg„olon ko„tarmoqchi» degan mish-mishlami tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy qo„zg„olonga tayyorgarlik ko„rish to„g„risida maxfiy buyruq berdi. Bu sir ochilib qolgach, 1917-yil 31-martda Kuropatkin qamoqqa olinadi va Sank-Peterburgga jo„natiladi. Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Turkiston qo„mitasining raisligiga kadetlar (Konstitutsiyaviy demokratlar) partiyasi arboblaridan bo„lgan N.Shchepkin tayinlandi. Mazkur qo„mita tarkibiga muvaqqat hukumatga sadoqatli bo„lgan musulmon vakillaridan 4 kishi kiritildi. Bular: general-mayor Abdulaziz Davletshin, Sadri Maqsudiy (Sodir Maqsudov), Muhammadjon Tinishpayev va Alijon Bukeyxanov (To„rg„ay viloyati komissari) lar edilar. Ulaming hammasi Rossiya Davlat dumasiga a‟zo edilar. Muvaqqat hukumatning Turkiston qo„mitasi o„zining tashkil topgan kunidan boshlab o„lkada Markaziy hokimiyatning vakili sifatida ish ko„rishga kirishdi, viloyatlar, shaharlar va uyezdlarda o„zining mahalliy boshqarish idorlarini shakllantirdi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko„rinadiki, 1917-yil fevral inqilobi g„alabasidan so„ng Rossiyaning o„zida ikki hokimiyatchilik vujudga kelgan bo„lsa, Turkistonda uch hokimiyatchilik qaror topdi. Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkistondagi vakili - Muvaqqat hukumatining Turkiston qo„mitasi va uning joylardagi idoralari. . Ikkinchisi, ishchi-dehqon va askar deputatlaming Turkiston o„lka soveti (sho„rosi). Uchinchisi, Turkiston musulmonlarining Markaziy Sho„rosi, uning joylardagi sho„balari edi. Kuchlaming bu xildagi taqsimoti Markaziy Osiyodagi inqilobiy demokratik harakatning asosan ikki yo„nalishida rivojlanib borganligini ko„rsatadi. Birinchi yo„nalish nomilliy yo„nalish bo„lib, ikki xil ko„rinishda faoliyat ko„rsatganligidan qat‟i nazar, uning asl va bosh maqsadi bir edi, u ham bo„Isa, qanday usul va shaklda bo„lsa-da turli xildagi hiyla va nayranglami ishga solib Turkistonni chor Rossiyasi mustamlakachiligi asoratidan saqlab qolish, o„lkada awalgi siyosatni olib borishdan iborat edi. Bu yo„nalish muvaqqat hukumatning Turkiston qo„mitasi va ishchi, dehqon va askar deputatlari Turkiston o„lka Soveti faoliyatida namoyon bo„ldi. 16 Ikkinchi yo„nalish milliy, antifeodal, demokratik, milliy ozod- lik, milliy mustaqillik harakati ko„rinishida sodir bo„ldi. Bu yo„lni Turkiston musulmonlari sho„rosi atrofida uyushgan Turkiston o„lkasining ilg„or va taraqqiyparvar qarashdagi vatanparvar, istiqlol harakati ziyolilari va ulamolari boshqardilar. Kuch va qudrat o„lka musulmonlari Markaziy sho„rosi tomonida bo„lib, uni mahalliy xalqning ko„pchiligi qo„llayotgan edi. Chunki u ilgari surgan dastur va g„oyalar mahalliy xalqning talab-ehtiyojlari va qiziqishlariga to„la javob berar edi. Birinchi yo„nalishdagi harakatga esa mahalliy xalq ergashmadi, ularga chaqirilmagan mehmonlar, bosqinchi, tili, dini, urf-odati, madaniyati, tarixi boshqa bo„lgan istilochilar deb qarashardi. Ayniqsa, ishchi, dehqon va askar deputatlari Turkiston o„lka Sovetlari ilgari surgan dastur va g„oyalar mahalliy aholi uchun tushunarsiz va begona edi. U holda musulmonlar qurultoyining muvaqqat hukumatiga ishonch bildirib qabul qilgan qaromi qanday baholamoq kerak? В uni biz vaqtinchalik ishlatilgan uzoq kelajakdagi maqsadni ko„zlab ilgari surilgan oqilona taktik yo„l deb hisoblaymiz va bu quyidagi holatlar bilan izohlanadi: Birinchidan, bir vaqtning o„zida ikki jabhada: ham muvaqqat hukumat va ham ishchi, dehqon va askar deputatlari sho„rosiga qarshi turish katta mushkulliklar keltirib chiqarar edi. Ikkinchidan, fevral inqilobi g„alabasidan so„ng muvaqqat hukumat ilgari surgan dasturiy vazifa va talablar Turkiston xalqlarining о „ sha davrdagi talab-ehtiyoj lariga mos bo „ lib tushayotgan edi. Chor Rossiyasi zulmi iskanjasida dahshat azoblaridan qalbi tilka- pora bo„lgan Turkiston xalqi muvaqqat hukumat timsolida, ma‟lum ma‟noda bo„lsa-da, o„z ezgu orzu-umidlarining ro„yobga chiqishiga ishongisi kelayotgandi. Musulmonlar qurultoyi ishlab chiqqan va hayotda amalga oshirilgan taktik yo„l to„g„ri bo„lib chiqdi. Biroq Turkiston musulmonlari Markaziy Sho„ro o„lkada mustamlakachilik tartib-qoidalarini saqlab qolishga jon-jahdlari bilan astoydil harakat qilayotgan kelgindi kuchlarga nisbatan umumiy maqsad yo„lida sust harakat qildilar, «mo„tadil» faoliyat ko„rsatdilar. «Mo„tadillik o„lka musulmon sho„rosi faoliyatiga xos xususiyat edi...» 1 . Biroq voqealaming rivojlanish jarayoni markazning ish shaklida va usullarida ko„p,safarbmlikni, qat‟iylikni, dastumi va taktik amaliy faoliyatni o„rtaga qo„ymadi»', tashabbuskorlik va ijodkorlik yetishmadi. 0„lka musulmon sho„rosi faoliyatining talab darajasida rivoj- lanmaganligining yana bir sababi, tashkilot qatnashchilarida harakat birligining bo„lmaganligidir. Bulaming hammasi o„lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasining nochorligi bilan tavsiflanadi. Turkiston o„lkasi mehnatkashlari hayotida butunrossiya musulmonlarining qurultoylari ma‟lum darajada iz qoldirdi. Birinchi qurultoy 1917-yil 1-2-may kunlari Moskvada bo„lib o„tdi. Uning faoliyatida deyarli barcha siyosiy oqimlar: o„ng konservatorlardan tortib to so„l radikal- sotsialistlargacha vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiston, Buxoro va Xivadan musulmon vakillar qatnashdilar. Mustafo Cho„qayev, Ubaydulla Xo„jayev, Islom Shoahmedov, Sobir Yusupov va boshqalar shular jumlasidandir. Qurultoyda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Ana shulardan biri davom etib turgan urushga munosabat masalasi edi. Qabul qilingan qarorda butun dunyodagi musulmonlar Yevropa imperializmining qurboni boiib qolayotganligi, xalqaro qirg„inbarot urushlaming ham bosh sababchisi imperialistlar ekanligi qayd etildi, millat va xalqlar o„z taqdirini o„zi belgilash huquqi asosida darhol anneksiya 2 va kontributsiyasiz 3 sulh tuzish talabi qo„yildi 4 . Shuningdek, qurultoy 8 soatlik ish kunini joriy etish, ishchi musulmon sho„rosi tuzish, cho„l viloyat va Yettisuvdagi mahalliy aholining ko„chirilishini to„xtatish va yerlami tortib olishga barham berish, darslami ona tilida o„qitiladigan maktablar tarmog„ini kengaytirish, diniy ehtiyojlar uchun muvaqqat diniy idora tuzish, muvaqqat hukumat ichki siyosatida musulmon aholi manfaatlarini, ayniqsa yer va mahalliy o„z-o„zini boshqaruv kabi masalalarda himoya qilishga qaror qiladi. Musulmon xotin-qizlari masalasidagi maxsus qarorda shariat bo„yicha ayollaming teng huquqqa ega ekanligi ko„rsatildi. Shu sababdan ular shariat bo'yicha siyosiy, ijtimoiy- jamoat ishlari va saylovda erkaklar bilan teng huquqli asosda qatnashadilar 5 , deya ta‟kidlandi. 1 O l sha joyda. 2 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling