O'zbekiston tarixi


l-  §. Turkistonda 1917-yil fevral inqilobidan


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

l- 
§. Turkistonda 1917-yil fevral inqilobidan 
keyingi tarixiy vaziyat 
1916- 
yilning oxirlari - 1917-yilning boshlarida butun Chor 
hukumati boigani kabi uning mustamlakasi bo„lgan Turkistonda ham 
inqilobiy tanglikning barcha alomatlari har tomonlama pishib yetiladi. Bu 
inqilobiy tanglik 1917-yil 27-fevralda Petrogradda chor monarxiya 
tuzumining ag„darilishiga olib keladi. Mamlakatda ikki hokimiyatchilik 
paydo bo„ldi. Bir tomonda knyaz Lvov boshchiligida burjua-pomeshchiklar 
hukumati - muvaqqat hukumat, ikkinchi tomonda esa ishchi va askar 
deputatlar organi bo„lgan sovetlar ish boshladi. 
Muvaqqat hukumat asosan o„rta va yirik buijuaziya manfaatlari 
ifodachisi bo„lgan konstitutsiyaviy demokratlar (kadetlar) partiyasi 
a‟zolaridan tuzilgan bo„lsa, sovetlar sotsialist-inqilobchilar (eserlar) va 
Rossiya sotsial-demokrat ishchilar partiyasi (RSDRP) tomonidan tashkil 
etilgan boiib, rahbarlik mensheviklar qo„lida edi. 
Rossiyada qariyb 300-yil hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining 
taxtdan ag„darilishi mamlakatning ij'timoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy 
hayotiga jiddiy ta‟sir qildi. Inqilob g„alabasini Rossiya fuqarolari zo„r shodu-
xurramlik bilan qarshi oldilar. Chunki uning ezgu shiori ozodlik, tenglik va 
birodarlik edi. Fevral inqilobi tufayli Rossiya xalqiga keng sharoit vujudga 
keldi. U katta-kichik millatlaming o„z taqdirini hal qilishiga imkoniyat 
yaratdi, vijdon erkinligini joriy qildi, mahalliy idoralami saylashda umumiy 
bevosita teng va yashirin ovoz berishni yo„lga qo„yadi. Muvaqqat 
hukumatning mahalliy xalq vakillaridan front orqasidagi ishlarga, 
mardikorlikka olishga chek qo„yiladiki, bu tadbirlar millati, irqi va ijtimoiy 
kelib chiqishidan qat‟i nazar, barcha xalqlaming istak-orzulariga mos edi. 
Rossiyada o„n bitta partiya erkin tarzda o„z faoliyatini olib bora boshladi. 
Xullas, qisqa muddat ichida fevral inqilobi g„alabasi tufayli Rossiya harbiy 
feodal monarxistik mamlakatdan ilg„or demokratik mamlakatga aylanganday 
bo„ldi. 
Fevral inqilobi Rossiyaning xalqaro maydondagi ahvoliga ham jiddiy 
o„zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratdi. Inqilob sharofati tufayli Rossiya 
uzoq davom etayotgan jahon urushidan chiqib ketishi va mamlakat 
fuqarolarining ezgu niyatlarini ro„yobga chiqarishi mumkin edi. Aslida fevral 
burjua-demokratik inqilobi jamiyat taraqqiyotining ob‟ektiv rivojlanish 
qonunlaridan kelib chiqqan hayotiy zarurat edi. 



1917-yilgi fevral burjua-demokratik inqilobining g„alabasini Turkiston 
fuqarolari ham zo„r xursandchilik va katta umidlar bilan kutib oldilar. Podsho 
Nikolay II ning taxtdan ketganligi to„g„risidagi xabar Toshkentga 28-fevralda 
kechasi yetib keldi. Ammo Turkiston general-gubematori Kuropatkin 
monarxiyaning qayta tiklanishidan umidvor bo„lib bu xabami xalqqa 
bildirishni istamadi. 3-martda fevral inqilobining g„alabasi to„g„risidagi 
telegramma matbuotda bosilgach, uning siri fosh bo„ldi. Bu inqilobga 
nisbatan mamlakatimiz jadidchilari ham xayrixohlik hissi bilan qarab baho 
berdilar. Jumladan, Abdulhamid Cho„lpon fevral inqilobini 1789-1793-
yillardagi buyuk fransuz inqilobiga o„xshatgan edi. 
Fevral 
inqilobita‟siriostidaTurkistono„lkasidaommaviy 
inqilobiy 
harakatlar avj olib ketdi. Toshkent, Samarqand, Skobelev (Farg„ona), Kogon, 
Namangan, Qo„qon va boshqa shaharlarda ko„p ming kishilik miting va 
namoyishlar bo„lib o„tadi. Fevral inqilobi haqidagi xabar matbuotda e‟lon 
qilingan kuniyoq Toshkentda katta namoyish bo„ldi. Namoyish qatnashchilari 
shahaming Skver (Amir Temur xiyoboni) va Sobomiy (Mustaqillik) 
maydonlari, turli ko„chalar bo„ylab bayroqlar ko„tarib, inqilobni qarshi 
oldilar. 5-martda Samarqand shahrida ko„p ming kishilik miting uyushtirildi. 
Kogon (Buxoro) dagi namoyishchilar soni 6 ming kishiga yetadi. 7-martda 
Petro- Aleksandrovskda bo„lgan ommaviy mitingda Amudaryo gamizoni 
askarlari ham qatnashdilar. Amudaryo bolimining boshlig„i va shahar pristavi 
mitingni tarqatishga harakat qiladi. Bunga javoban miting qatnashchilari 
ulami qurolsizlantirib, qamab qo„ydilar. Askarlaming namoyishkorona 
chiqishlari 10 martda Samarqand shahrida ham bo„ladi. Unda 12 mingga 
yaqin kishi qatnashdi. 
Xullas, mehnatkashlar ommasi hamda qo„shinlaming ommaviy miting 
va namoyishlari Turkiston o„lkasining boshqa hududlarida butun mart oyi va 
undan keyin ham to„xtamadi. Ammo bu miting va namoyishlaming 
tashabbuskorlari va faol qatnashchilari asosan Rossiyadan Turkistonga 
kelgan o„zga millatlaming vakillari edilar. 
Bundan tub yerli mahalliy xalqlar miting va namoyishlardan chetda 
turdilar degan xulosa chiqmaydi. 
Turkiston o„lkasining bir qator uyezd va shaharlarida jadidlar, Islom dini 
ulamolari rahbarligida tub yerli aholi qatnashgan miting va namoyishlar 
bo„lib o„tdi. Jumladan, 6, 9 va 13-mart kunlari Toshkentning Eski Juva, 
Shayxontohur va boshqa mavzelarida jadidlar tashabbusi bilan ko„p ming 
kishilik musulmon ahlining miting 


va namoyishlari uyushtirildi. Demokratik inqilob va uning maqsad- 
vazifalariga katta umidvorlik bilan qaragan jadidlar mehnatkashlar ommasini 
milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun milliy birlik, jipslik va ahillikka 
chaqirdilar. Ana shunday mitinglardan biri 9-martda Toshkentning Chorsu 
maydonida bo„ldi. Jome‟ masjidi oldida to„plangan mitingni jadidlaming 
«Turon» jamiyati uyushtirdi va unga Munawar qori Abdurashidxonov, 
Islombek Hudoyorxonov kabilar rahnamolik qildilar. 
Fevral inqilobi ta‟siri ostida o„lka musulmonlarining ommaviy 
harakatlari Qo„qon, Namangan, 0„sh, Jalolobod, Samarqand, Andijon, 
Kattaqo„rg„on muzoffotlari va boshqa hududlarda ham sodir bo„ldi. Turkiston 
oTkasidagi ana shu ommaviy chiqishlar va xalq harakatlari ta‟siri ostida 
sho„rolar tashkiloti birin-ketin vujudga kela boshladi. Turkistonda ishchi 
deputatlaming birinchi Kengashi (Soveti) Toshkentda 2-martda 0„rta Osiyo 
temir yo„li Bosh ustaxonasi (hozirgi Temir yo„llar teplovoz-vagon ta‟mirlash 
zavodi) da rus ishchilari tashabbusi bilan tashkil etildi. Kengash tarkibiga shu 
kuni bo„lib o„tgan mitingda saylangan 12 kishi va boshqalar bor edi. Bunday 
Kengashlar Toshkent shahrining boshqa zavodlari, ustaxonalari, korxonalari 
va jamoat tashkilotlarida ham saylandi. 
3 martda zavodlar, ustaxonalar, korxonalar va jamoat tashkilotlaridan 
saylangan vakillardan Toshkent ishchi deputatlari Sho„rosi Kengashi tuzildi. 
4-martda Askar deputatlarining Toshkent Soveti tashkil topdi. Mart oyining 
oxirlarida Toshkent ishchi deputatlari Soveti bilan askar deputatlari Soveti 
birlashdi. Ular hamkorlikda «Nasha gazeta» gazetasini nashr etishni yo„lga 
qo„ydilar. Gazetaning birinchi soni 1917-yil 2-aprelda chop etiladi. 
Turkistonda Sovetlar tuzish harkati ommaviy tus oldi. Fevral 
inqilobining dastlabki kunlaridanoq ishchi va askar deputatlari Sovetlari 
Samarqand, Yangi Buxoro (Kogon), Andijon, Namangan, Qo„qon, Skobelev 
va boshqa shaharlarda vujudga keldi. Faqat mart oyining o„zida Turkistonda 
75 ishchi va askar deputatlari Sovetlari faoliyat ko'rsata boshladi. Bu 
Umumrossiya ko„rsatkichining 13,5 foiziga teng (Rossiyada jami 600 ta 
Sovet tashkil etilgan) edi. Ammo bu Sovetlar tarkibidagi a‟zolar asosan 
Yevropalik aholi vakillaridan bo„lib, uning rahbariyatida mahalliy 
millatlaming vakillari umuman yo „ q edi. Buni Toshkent Soveti rahbariyati 
misolida ко „rsa ham bo „ ladi. Toshkent Soveti rahbarligiga I.I.Belkov, 
A.Ya.Pershin, A.S.Lyapin, A.A.Kazakov, N.Kaleginlar saylandilar. 6-martda 
saylangan Andijon 


ishchi va askar deputatlari Soveti hay‟atiga V.A.Chaykin (rais), ishchi 
Pershin, askar Maslov (o„rinbosarlar) kirgan edi. Sovetning 7 a‟zosidan 4 tasi 
ishchi, 3 tasi askar bo„lib, ulaming hammasi boshqa millatga mansub kishilar 
edilar
1

Shaharlar bilan bir qatorda viloyatlarda ham Sovetlar shakllana bordi. 
Turkiston о„lkasidamanashundaysovetlardan birinchisi 1917- yil mart oyining 
o„rtalarida vujudga kelgan Farg„ona viloyat Soveti bo„ldi. Aprel oyida 
Sirdaryo viloyat Soveti va may oyida Samarqand viloyat Soveti vujudga 
keldi. Turkiston o„lkasi Sovetidan tortib to viloyatlar, shaharlar va uyezdlar 
Sovetlarigacha barcha rahbarlik lavozimlarini Rossiyaning markazida tashkil 
etilgan mensheviklar va eserlar partiyalariga mansub bo„lgan vakillar egallab 
oldilar. 
Bu vaziyatni 1917-yil 7-apreldan 15-aprelga qadar Toshkentda o„z ishini 
olib borgan I Turkiston o„lkasi ishchi va askar deputatlari qurultoyi qonun 
yo„li bilan mustahkamladi. Hokimiyat masalasi muhokama qilingan mazkur 
qurultoyda 263 deputatdan bor-yo„g„i 
5 kishi tub yerli musulmonlaming vakillari edilar, xolos
2
. Shu boisdan 
qurultoy barcha asosiy masalalarda mustamlakachilik ruhida qarorlar qabul 
qildi. Turkistonda o„lka sho„rosining raisligiga menshevik M.Fiterman, rais 
o„rinbosari qilib esa menshevik G.I.Broyda saylandi. Farg„ona viloyati 
Sovetiga eserlardan V.V.Chaykin, V.D.Doriomedov, L.A.Maevskiylar 
saylandilar. Toshkent, Andijon shaharlari, Samarqand va Sirdaryo 
viloyatlarida ham xuddi ana shu vaziyat bo„lganligi haqida yuqorida 
ta‟kidlanadi. Bu davrda bolsheviklar vakillari Turkistonda sonda ham, 
hisobda ham Sovetlarda hech qanday ta‟sirga ega emas edilar. 
1917-yil 
9-16-aprelda 
Toshkentda 
Turkiston 
o„lkasi 
ijroya 
qo„mitalarining qurultoyi o„z ishini olib bordi. Unda 74 jamoa tashkilotidan 
171 vakil qatnashdi. Shundan 99 tasi Ovrupo millatlariga va 72 kishi tub yerli 
millatlar vakillariga mansub edilar. Unda ham hokimiyat masalasi muhokama 
qilindi. Mustafo Cho„qayev mazkur qurultoyda so„zga chiqqan Qo„qon 
o„qituvchilari Ittifoqining raisi L.S.Nikorinning shovinistik so„zlarini eslab 
bu qurultoyning qabul qilgan qarorlari mohiyatini ochib bergan edi. 
Qurultoyda 
L.S.Nikorin 
sharmuhayonibir 
chekkagasurib 
qo„yib: 
«Inqilobnirus inqilobchilari, rus ishchilari, rus askarlari qildilar. Shuning 
uchun Turkistonni 
1
«Туркестанский голос», 1917 йил, март, 27-сон. 
2
Qarang. Agzamxodjayev S. D

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling