O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

B i r i n c h i b o b
TURKISTONDA SHO‘ROLAR MU ST AML AKACHILIGININ G 
0‘RNATILISHI. O LKA XALQLARINING MILLIY OZODLIK 
UCHUN KURASHI 
1917-yilgi Oktabr to„ntarishi Turkiston xalqlari tarixida Rossiya 
mustamlakachiligining yangi davrini boshlab berdi. Ayni o„sha palladan 
sho„rolar saltanati mustamlakachiligi davri boshlanib, u to 1991-yil 31-
avgustgacha davom etdi. Sho„rolar davrida amalga oshirilgan qizil saltanat 
mustamlakachiligi siyosati Chor hukumati yurgizgan mustamlakachilik 
siyosatidan nima bilan farqlanadi? - degan qonuniy savolning tug„ilishi 
tabiiydir, albatta. U quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, Chorizm mustamlakachilik, millatchilik va shovinistik 
siyosatini izchil amalga oshirib bordi. Sho„rolar esa ana shu siyosatni 
balandparvoz, havoyi shiorlar orqali yurgizdi. «Sho„rolar davlati - umumxalq 
davlati», «proletar intemasionalizmi va xalqlar do„stligi», «sotsializm va 
kommunizm g„alabasi ishiga sadoqat», «Kompartiya - umumxalq partiyasi», 
«Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun!» kabilar ana shular 
jumlasidandir. 
Ikkinchidan, Chor hukumati ma‟lum ma‟noda mustamlakachilik - 
bosqinchilik siyosatini yon-atrofiga qarab, xalqaro maydondagi vaziyat bilan 
hisoblashgan holda ehtiyotkorona olib bordi. Buxoro amirligi va Xiva 
xonligini o„ziga qaram, vassal davlatga aylantirgan bo„lsa-da, ulaming siyosiy 
mustaqilligini batamom yo„q qila olmadi. Sho„rolar esa ulaming hududlarini 
dahshatli qirg„inlar evaziga bosib oldi va mustamlakaga aylantirdi. 
Uchinchidan, 
Chorizm Turkiston o„lkasida qattiqqo„llik bilan 
mustamlakachilik zulmi siyosatini olib borgan bo„lsa-da, tub yerli aholining 
tarixi, tili, dini, urf-odati, madaniyati kabilarga sho„rolardek xuruj va tazyiq 
o„tkazmagan edi. Sho„rolar qisqa muddat ichida Turkiston xalqlarining milliy 
davlatchiligiga barham berdi, tarixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo„ydi, 
tiliga kishan soldi, madaniyat va ma‟naviyatini g„orat qildi. Bulaming 
barchasi aniq reja asosida amalga oshirildi. Xullas, sho„rolar davrida 
Markaziy Osiyoning eng yirik millatlaridan bo„lgan o„zbeklar millat sifatida 
halokat yoqasiga kelib qoldilar. 




Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling