O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati
Download 334.46 Kb.
|
АППР (лаб) Сиртқи 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi №4.
Hisoblash natijalarini qayta ishlash 12– rasm,B и 13– rasm,B asosida bo’ylama va ko’ndalang boshqarish uchun tegishli vektor diagrammalar tuzilsin. Hammasi bo’lib 12 ta vektor diagrammasi tuziladi. Ko’ndalang va bo’ylama boshqarish usullarining samaradorligi va qo’llanilish sohalari bo’yicha xulosalar qilinsin. Nazorat savollari Kuchlanish qo’shuvchi transformatorning asosiy vazifasi nima? Kuchlanish qo’shuvchi transformatorlar odatda qanaqa holatlarda qo’llaniladi? Bo’ylama boshqarishda kuchlanish qo’shilishini hosil qilish qanday amalga oshiriladi? Ko’ndalang boshqarishda kuchlanish qo’shilishini hosil qilish qanday amalga oshiriladi? Qaysi usul yordamida kuchlanish qo’shibgina qolmay balki asosiy va qo’shimcha transformatorlar orasidagi faza siljish burchagini ham o’zgartirish mumkin? Nima uchun ko’ndalang va bo’ylama boshqarish usullarini birgalikda qo’llaganda samaradorlik yuqori bo’ladi? Qaysi boshqarish usuli yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish mumkin? Nima uchun asosiy va qo’shimcha transformatorlar orasidagi burchakning minimal qiymati 300ga teng bo’ladi? Laboratoriya ishi №4.Yuqori garmonika filtrlari ishini modellashtirishIshdan maqsad Yuqori garmonika filtrlari vazifasi, uskunalari va ish tartibi bilan tanishish Filtrlarning asosiy turlari va sxemalarini o’rganish Parallel rezonans filtrlarining filtrlash qobiliyati va xususiyatlari bilan tanishish Ishning nazariy qismi Chastotalari ta’minlovchi tarmoq chastotalaridan yuqori bo’lgan tok va kuchlanishlar yuqori garmonika deyiladi. Garmonika chastotasi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi: fn=f*n, bu yerda f =50 Gs – ta'minlovchi tarmoq chastotasi, n – garmonika nomeri. Masalan, agar 3 – garmonika bo’ladigan bo’lsa – 150 Gs, beshinchisi – 250 Gs va hokazo. Yuqori garmonika tarmoqda har xil nochiziq xarakterdagi to’g’rilagichlar, invertorlar, chastota o’zgartgichlari, kuchli payvandlash uskunalari, elektr yoyli pechlar va boshqa o’zgartgich uskunalar ishlatilganda hosil bo’ladi. Tortuvchi tarmoqlara yuqori garmonikalarning asosiy manbasi sifatida elektrovozlarning o’zgartgich qurilmalar(to’g’rilagich va invertorlar) va o’zgartgich o’zgarmas tok tortuvchi nimstansiyalar hisoblanadi. Liniyada yuqori garmonika borligining asosiy belgisi bu sinusoida formasining buzilishidir. Yuqori garmonikani tashkil etuvchilar elektr ta’minot tizimi ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va transformatorlar, elektr mashinalarida qo’shimcha isroflarni yuzaga keltiradi hamda quvvat koeffitsiyenti va izolyatsiyaning ishlash muddatini kamaytiradi, tarmoqda avariyalar sonini kopayishiga olib keladi. GOST 13109-97 «Нормы качества электрической энергии в системах электроснабжения общего назначения» ga asosan garmonika darajasiga qarab ikki xil bo’ladi: 1) n – garmonika tashkil etuvchi koeffitsiyent Bu yerda Un – n–garmonikani tashkil etuvchi kuchlanish U1- 1 – garmonikani tashkil etuvchi kuchlanish Кu(n)ning n normal qiymati 5-1,5% oraliqda joylashadi 2) kuchlanish sinusoidasining buzilish koeffitsiyenti 6-20 kV kuchlanishlar uchun Кu ning ruxsat etilgan normal qiymati – 5% , 220 – 380 V kuchlanishlar uchun esa – 8%. Paydo bo’layotgan garmonika o’zgartgich uskuna va uning ish rejimiga bog’liq. Masalan, bir fazali to’g’rilagich va invertor eng katta amplitudada juft tartibli garmonikaga ega bo’ladi(2,4,6,8 va hokazo), uch fazali transformator ishlaganda 3ga karrali juft tartibli garmonikaga(6,12 va hokazo) ega bo’ladi. O’zgaruvchan tok chiziqli elektr tarmoqlarida (elektropech, lyuminatsion lampali yoritish uskunalari) toq tartibli garmonikalar kuzatiladi. Garmonika qancha katta bo’ladigan bo’lsa, amplituda shuncha kichkina bo’ladi. Shuning uchun elektr energiya sifati buzilishi kichik tartibli garmonikalarda kuzatiladi. Garmonika darajasini kamaytirish uchun 2 turdagi rezonans filtrlari qo’llaniladi: kuchlanish rezonansli (15 – rasm, А) va tok rezonansli (15– rasm, B) А) B)
15 – rasm. Filtrlarning rezonans chastotasi ma’lum formula yordamida aniqlanadi (Gs) Bu yerda L – filtr–reaktor(g’altak) induktivligi, Gn; C – kondensator sig’imi, F. Kuchlanish rezonansli filtrlar kichik qarshilikka ega bo’ladilar, shuning uchun ular yuklamaga parallel ulanishadi va garmonikani shuntlaydilar(16 – rasm,А). Tok rezonansli filtrlar katta qarshilikka ega bo’ladilar, shuning uchun ular yuklamaga ketma-ket ulanishadi va garmonika filtrda so’ndiriladi. (16 – rasm, B). А) B) Download 334.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling