O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati
– rasm. Ko’ndalang boshqarishda
Download 334.46 Kb.
|
АППР (лаб) Сиртқи 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13 – rasm,а
- 13 – rasm, a
- “Voltodabavka. ewb”
- 10– jadval
12 – rasm.
Ko’ndalang boshqarishda kuchlanish qo’shuvchi transformator fazasiga boshqa istalgan faza yoki liniya kuchlanishlari berilishi mumkin. A faza kuchlanishini ko’ndalang boshqarish uchun mumkin bo’lgan asosiy va qo’shimcha transformatorlar ulanish sxemalaridan biri 13 – rasm,а da keltirilgan. Bu yerda АТ- asosiy transformator, VТ- yordamchi transformator, П- qayta ulagich. Ko’rilgan sxemada yordamchi transformatorga Uав liniya kuchlanishi beriladi. 13– rasm,b rasmdagi vektor diagrammadan ko’rinib turibdiki, ko’ndalang boshqarishda kuchlanish qo’shuvchi transformator kuchlanishi (ΔU) asosiy transformator kuchlanishi Uа ga faza bo’yicha mos kelmaydi. Bundan kelib chiqadiki ko’ndalang boshqarish ham kuchlanishning qiymatini, ham uning faza siljish burchagini boshqara oladi. Bu esa kuchlanishni boshqaribgina qolmasdan balki reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishi ham mumkin. Umuman olganda, kuchlanish qo’shuvchi transformator va asosiy transformator kuchlanishlari orasidagi faza siljish burchagi 300 ga karrali har qanday burchak bo’lishi mumkin. Masalan: 13 – rasm, a da Uа kuchlanish va kuchlanish qo’shuvchi tranformator kuchlanishi ΔU orasidagi faza siljish burchagi kuchlanish qo’shuvchi transformator chulg’amlarini ±Uвс kuchlanishdan ta’minlaganimizda ±900ga teng. А) B) 13– rasm. Ishni bajarish tartibi Elektron sxemalar simulyatsiyalanish dasturi EWB 5.12 ishchi stolidagi quyida ko’rsatilgan belgini bosish orqali yuklanadi. Tadqiq qilinayotgan sxema yuklanadi, buning uchun bosib, undan so’ng ochilgan oynada“Voltodabavka. ewb” sxema fayli tanlanadi va uni ochamiz. Kuchlanish qo’shuvchi transformator modelini tadqiq qilish sxemasi 14– rasmda ko’rsatilgan. Asosiy istemol manbasi G1 boshlang’ich kuchlanishi 200 V va faza siljish burchagi 0 ekanligiga ishonch hosil qilish kerak, o’lchov asboblari o’zgaruvchan tok o’lchash rejimida bolishi kerak(АС). Yordamchi transformatorning ta’minot manbai 40V kuchlanish va 0 faza siljish burchagiga ega bo’lishi shart. Sxemadagi voltmetrlar quyidagi kuchlanishlarni ko’rsatadi: V1- asosiuy transformator A faza kuchlanishi Uа, V2 – kuchlanish qo’shuvchi transformator kuchlanishi ΔU, V3- kuchlanish qo’shuvchi transformator chiqishidagi kuchlanish Uа’ 14 – rasm. Bo’ylama boshqarishli kuchlanish qo’shuvchi transformator ishini tadqiq qilish G2 manbaning 2xil rejimida bo’ladi: manbaning boshlang’ich faza siljishi 00, bunda kuchlanish qiymatlari qo’shiladi; manbaning boshlang’ich faza siljishi 1800, bunda kuchlanish qiymatlari ayiriladi. G2 ning ish rejimi sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish va paydo bo’lgan jadvalni toldirish orqali amalga oshiriladi. O’lchash natijalari 10– jadvalga kiritiladi. Ko’ndalang boshqarishda kuchlanish qo’shuvchi transformator faza siljish burchagi 10– jadvalga asosan kiritiladi va o’lchash natijalari jadvalga kiritiladi. 10 – jadval.
Download 334.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling