16 – rasm.
Elektr ta’minot tizimlarida Ф turdagi filtrlar ishlatiladi va quyidagicha belgilanishi mumkin: Ф7-10-1200 – yettinchi tartibli garmonika filtri, nominal kuchlanishi 10 kV, nominal reaktiv quvvati 1200 kVAr.
Kompensatsiyalovchi filtr qurilmalar (ФКУ) – filtrning bir turi bo’lib, uskunalar quvvat koeffitsiyenti соs φni bir me’yorda saqlashga yordam beradi. ФКУ odatda bir necha bloklardan tashkil topgan bo’ladi. Bularga reaktorli boshqarilmaydigan kondensator batareyalari, tiristorli kalit yordamida boshqariladigan iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvatni boshqaruvchi filtr blok va reaktorlar kiradi. ФКУ ning namunaviy sxemasi 17– rasmda keltirilgan.
17– rasm.
bu yerda ТК- tiristorli kalitlar, Р1 – kompensatsiyalovchi blok reaktorlari, С2, Р2 и С3, Р3 – filtrlovchi blok kodensator va filtrlari. ФКУ ning markalanishiga misol: ТКФ-170-380 – tiristorli kompensatsiyalovchi filtr, nominal reaktiv quvvati 170 kVAr, kuchlanishi – 380 V. ФКУning tez harakatli tiristorli kalitlar sharofati bilan tarmoqdagi kuchlanish sakrashlarini ham kompensatsiyalab boshqarish mumkin.
Ishni bajarish tartibi
Elektron sxemalar simulyatsiyalanish dasturi EWB 5.12 ishchi stolidagi quyida ko’rsatilgan belgini bosish orqali yuklanadi.
Tadqiq qilinayotgan sxema yuklanadi, buning uchun bosib, undan so’ng ochilgan oynada sxema “Фильтр пар. ewb” fayli tanlaymiz va uni ochamiz. Tadqiq qilinayotgan tarmoq sxemasi 18– rasmda ko’rsatilgan. V1, V2 manbalar asosiy garmonika(f=50 Gs) va 3-tartibli garmonika(f=150 Gs) kuchlanishlarini olish uchun xizmat qiladi. Kompleks jamlagich А1 ularni yig’adi va chiqishda nosinusoidal signal olishga yordam beradi. Parallel filtrning induktivligi L1 va sig’imi C1 uning 3-tartibli garmonikaga chastotasini rezonansga moslashtiradi. Tarmoqni ishga tushirishdan oldin manbalarning kuchlanishi rasmdagidek va voltmetrlar o’zgaruvchan tok rejimida ekanligini tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |