O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


 Valyuta operatsiyalarini bajarishda chet el banklari tajribasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
bmi last 16.06

2.3. Valyuta operatsiyalarini bajarishda chet el banklari tajribasi 
Tarixdan ma’lumki, naqd yoki spot valyuta ayirboshlash bitimi odatda bankda 
joylashgan valyuta ayirboshlash treyderi tomonidan amalga oshirilgan. Valyuta 
ayirboshlash operatsiyalari IX-asrda savdogarlar tomonidan mahsulotlarni 
kontragentlarning valyutasida sotadigan va sotib oladigan Yevropaning Shampan 
yarmarkasida rivojlana boshlagan. Dollar standarti rasmiy ravishda tugatilgan 
bo’lsada, uning rezerv valyuta sifatidagi roli davom etdi. SDR o’zini oqlamadi. Tez 
orada esa SDR valyuta korzinasida dollarning ulushi 39 % dan 45 % gacha ko’tarildi. 
Yevropa va Amerika banklarida valyuta operatsiyalarining turlari ko’p sonli 
bo’lib, bu sohada chet el banklari katta tajribaga ega. Valyuta birjasida oldi – sotdi 
qilinadigan valyuatalar bo’yicha AQSh dollari yetakchi o’rinni egallaydi.Bunga 
sabab xalqaro bozorlarda neft oldi – sotdi shartnomalarining katta qismi aynan shu 
valyutada tuzilishidir. 
8-Rasm
26
Birjadan tashqari bozordagi muddatli bitimlarda valyutalar ulushi 
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, AQSh dollari muddatli bitimlarning 
41 % ga egalik qilgan holda bozorda yetakchidir. Keyingi o’rinlarni Yevro (17 %), 
yaponiya ienasi (14 %) va funt sterling (7 %) egalab turibdi. 
26
Mualliflar jamoasi , ed. O.I. Lavrushin "Pul, kredit, banklar" M.: KNORUS 


Ko’pgina Markaziy banklar iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun xorijiy 
valyuta bozoridan foydaladilar. Ko’pgina valyuta intervensiyalari spot operatsiyalari 
orqali amalga oshiradilar. Shu bilan birgalikda, bu operatsiya intervensiya uchun 
yagona strategiya hisoblanmaydi.Kolumbiya Markaziy banki o’zining valyutani 
targetlash maqsadiga erishish uchun turli xil intervensiya strategiyalarini amalga 
oshirgan. Shuni takidlash kerakki, ushbu valyuta opsioni dasturi shoshilinch amalga 
oshirilgan strategiya bo’lib, undan ko’zlangan maqsadga to’laligicha yetib bo’lmadi. 
Fiksirlangan valyuta kursidan suzib yuruvchi valyuta kursiga o’tilishi valyuta kursini 
tebranishiga xizmat qiluvchi bir qator sabablarni keltirib chiqardi: 

Inflyatsiya darajasi; 

Spekulyativ valyuta operatsiyalari; 

Ayrim valyutalarning 
yevro bozorlarda va 
xalqaro 
hisob –
kitoblarda 
ishlatilish darajasi; 

Milliy va 
jahon valyuta 
bozorlarida valyutalarga bo’lgan
ishonch 
darajasi; 

Markaziy bankning monetar instumentlardan foydalanish omili;
27
Umuman olganda tovarlar bo’yicha forvard bitimlari bir neche yuzlab 
yillardan beri mavjud bo’lsada, valyuta bozoriga ular XIX asrda kirib kelgan. Foiz 
arbitraji nazariyasi ham bir necha yillar oldin iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo’lgan. 
M.Keyns amaliyotda 1920 yillarda arbitrajdan foydalangan.1960 yillarda 
yevrovalyuta depozitlari uchun ofshor bozorning tashkil etilishi foiz arbitrajining 
samarasini oshirdi. 
Birjadagi birinchi valyuta fyuchers bitimi 1972 yil 16 mayda Chikago Tovar 
Birjasida tashkil etildi. Bu birinchi notovar birja savdosi edi. Unda beshta valyuta: 
angliya funt sterlingi, kanada dollari, nemis markasi, yapon ienasi va shveysariya 
27
 Rivojlanayotgan bozorlar sharhi Helena GlebockiKeefe 
va 
Erick W.Rengifo Opsiyalar va markaziy bankning 
valyuta bozoriga aralashuvi: Kolumbiya ishi 23-jild , 2019yil Manba: https://www.sciencedirect.com/science/article 


franki bo’yicha savdo amalga oshirilgan. 1995 yilda birjada yana bir bo’lim 
rivojlanayotgan bozorlar sektori tashkil etildi va unda asosan rivojlanayotgan 
mamlakatlar valyutasida fyuchers bitimlari savdosi amalga oshiriladigan bo’ldi. 
Undagi birinchi valyuta fyuchersi meksika pesosi (bitim hajmi – 500 ming) va 
braziliya reali (100 ming) bo’ldi. Shuningdek, 1997 yilda bitimlar safiga janubiy 
afrika rendi, yangi zelandiya dollari va rossiya rubli qo’shildi. Rossiya rubliga 
nisbatan birinchi birja fyuchers bitimlari 1998 yil 21 aprelda Chikago Tovar 
Birjasida tashkil etildi. Hozirgi kunda IMM Xalqaro Pul Bozori) da quyidagi 
valyutalar bilan fyuchers savdolar tashkil etiladi: avstraliya dollari (bitim hajmi – 
100 ming), kanada dollari (100 ming), fransuz franki (500 ming), shveysariya franki 
(125 ming), nemets markasi (125 ming), angliya funt sterlingi (62.5 ming), yapon 
ienasi (12.5 mln.). Birinchi valyuta opsion bitimlari 1982 yilda Vankuver 
(Filadelfiya) va Amsterdamda tashkil etildi. Valyuta opsion bitimlarining turli xil 
ko’rinishlari hozirgi paytda dunyoning turli birjalarida tashkil etiladi va savdosi 
amalga oshiriladi. Hozirgi paytda valyuta opsionlari bilan Chikago Tovar Birjasi 
savdoni amalga oshiradi. 
Muddatli bitimlar bilan savdolarni amalga oshiruvchi birjalar kuchli raqobat 
muhitida faoliyat yuritishadi: 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling