O`zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari


Ozbekistonda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari


Download 300.75 Kb.
bet2/6
Sana28.02.2023
Hajmi300.75 Kb.
#1237523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
!!!!!!!Normaxmatov

1. Ozbekistonda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari
Bugungi kunda yurtimiz aholisi 32 milion nafardan ortib, turmush darajasi yaxshilanib borar ekan, bugunga mutanosib ravishda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, odamlarning ovqatlanish rasionini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, iste'mol bozoriga baliq hamda baliq mahsulotlari yetkazib berish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xalqimizning baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo'ladigan to'liq qiymatli oqsillar, yog'lar, vitaminlar va makro va mikroelementlar mavjuddir. Ekspertlar xulosasiga qaraganda har bir kishi yil davomida kamida 16 kilogramm baliq iste'mol qilishi kerak. Shu sababli, keyingi yillarda chorvochilikning barcha tarmoqlari, shuningdlek baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ham Respublika hukumati tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilidi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 2009 yil 26 fevralda qabul qilingan 2009-2011 yillarda respublikada baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risidagi dasturi asosida qaraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va barcha tumanlarda baliqchilikni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Tuzilgan dasturlar asosida joylarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirishlishi natijasida 2009 yilda 9 ming 236 tonna baliq yetishtirilgan bo'lsa, 2010 yilda 10 ming 732 tonna, 2011 yilda 16 ming 51 tonna, 2013 yilda esa 38 ming tonnadan ortiqroq baliq yetishtirildi. Dastur bajarilishi davomida 230 dan ortiq baliqchilik yo'nalishlarida ish olib boruvchi xo'jalik subyektlari yangidan tashkil etilib, 1600 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi. Mamlakatimizda mazkur dasturning bajarilishi bilan cheklanib qolmasdan baliqchilikni rivojlantirishga hukumat darajasidagi masala sifatida qaralmoqda. Bunga fikrimizning dalili sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 mayida qabul qilingan “baliqchilik” tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida “O'zbekbaliqsanoat” uyushmasining tashkil etilganini keltirish mumkin. Bu uyushma Respublikada baliqchilik sohasini takomillashtirish bilan shug'ullanadi. Bu uyushmaning asosiy vazifalari va yo'nalishlari qilib quyidagilar 
belgilangan: 1) Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishining tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish. 
2) Baliq chavoqlarini takroriy ko'paytirish va ozuqa bilan mustahkamlash. 
3) Tabiy suv havjalari va sun'iy qo'llarning resurslaridan oqilona 
foydalanish; 
4) Baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv 
texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Bundan tashqari, baliqchilik tarmog'ida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnik yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi va Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida hamda respublikaning boshqa hududlarida uning 
filiallarini ochish belgilandi. 
Ilmiy–tadqiqot, seleksiya va naslchilik ishlarini moliyalashtirish, 
ozuqalarining zamonaviy resepturalarini ishlab chiqish va baliqchilik tarmog'iga ilg'or texnologiyalarni joriy etishda ko'maklashish, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash hamda tarmoqni rivojlantirish bo'yicha investisiya loyihalarni shakllantirish maqsadida “O'zbekbaliq sanoat” uyushmasida baliqchilikni rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda baliqchilik tarmog'ini yanada kompleks rivojlantirish bo'yicha dasturiy choratadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi. Bundan tashqari qarorda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan bir qator kasbhunar kollejlarining ixtisoslashuvini qayta ko'rib chiqish.


Download 300.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling