O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Download 129.38 Kb.
bet3/13
Sana10.07.2023
Hajmi129.38 Kb.
#1659520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING METODOLOGIYASI VA PEDAGOGIK (2)

Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi. Hozirgi zamon jahon xalqlarining boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi muayyan uyg’unliklarga ega. G’arb va SHarq xalqlari boshlang’ich ta’limida quyidagi umumiyliklar mavjud:

Ayni paytda, jahon xalqlari boshlang’ich ta’limida quyidagi farqlar uchraydi:

  • o’quv fanlarini jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib belgilash;

  • Sharq mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni 8 yoshgacha amalga oshirish;

  • G’arb mamlakatlari boshlang’ich ta’limida o’qituvchilarning individual yondashuvi ustuvorligi;

  • boshlang’ich ta’lim muammolarini standartlashtirilgan tarzda hal etish.

Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixida quyidagilar muhim o’rin tutgan:
a) ibodatxonalar huzurida boshlang’ich maktablar tashkil etish;
b) xususiy boshlang’ich maktablarni rivojlantirish;
v) boshlang’ich ta’limni homiylik asosida amalga oshirish;
g) imkon qadar har bir bolani boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish.
Misol uchun, qadimgi Rossiyada boshlang’ich ta’limni amalga oshiruvchi Qirollik maktablari, Amakilik maktablari va Usta savodxonlik maktablari bo’lgan. Buning natijasida Rossiyada barcha maktab yoshidagi bolalar boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olingan.
Evropa mamlakatlari ichida Germaniya boshlang’ich ta’lim pedagogikasi juda boy tajribalarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mamlakatning boshlang’ich ta’limidan boshlab bolalar ongiga kiborlik tuyg’usi singdiriladi.
Frantsiya boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’quvchilarni janoblik va xonimlik qadriyatlari asosida voyaga yetkazishga e’tibor qaratiladi. Buning natijasida Frantsuz xalqi Yevropa mamlakatlarining eng madaniyatli aholisi deb e’tirof etilgan.
Jahon xalqlari boshlang’ich ta’limi tajribalari bugungi kunda barcha xalqlar tomonidan e’tirof etiladi. CHunki bunga quyidagilar sabab:

  • boshlang’ich ta’limga juda ko’p miqdorda moliyaviy mablag’ ajratish;

  • boshlang’ich ta’limga eng zamonaviy texnologiya yutuqlarini tatbiq etish;

  • boshlang’ich ta’limning davlat nazoratiga olinganligi;

  • boshlang’ich ta’limning dunyoviy xarakterda ekanligi.

Ayni paytda, qashshoqlik tufayli Afrika qit’asidagi bolalar boshlang’ich ta’lim olishdan mahrum. Bu masala 2000 yildan boshlab YuNESKO nazoratiga olindi. Unga ko’ra, dunyoning har bir mamlakati Afrika qit’asidagi bolalarning boshlang’ich ta’lim olishi uchun YuNESKOga mablag’ ajratadi. Buning natijasida keyingi 20 yil ichida Afrika mamlakatlarida bolalarni boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish 20 foizga o’sdi.

Download 129.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling