O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini oshirib borish


Download 129.38 Kb.
bet6/13
Sana10.07.2023
Hajmi129.38 Kb.
#1659520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING METODOLOGIYASI VA PEDAGOGIK (2)

Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini oshirib borish. Bugungi kunda mamlakatimizning umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida professional o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular bu borada O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining (2020 yil 23 sentyabrь) 5-bobida belgilangan pedagog xodimlarning huquqi, maqomi va majburiyatlariga qat’iy amal qilishi bilan faoliyat samaradorligiga erishadi.
Ayni paytda, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni ular tomonidan chuqur bilishi va amal qilishi taqoza etiladi. Bu borada hozirgi kunda ham ijroda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo’yiladigan Davlat talablari”da amaliy faoliyatda bo’lgan boshlang’ich sinf o’qituvchilar uchun malakaviy talablar belgilangan.
Mazkur malakaviy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Umumiy talablar. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi to’rt tarkibdan iborat:

a) o’qitish mahorati bo’yicha;
b) tarbiyalash mahorati bo’yicha;
v) shaxsiy sifatlar bo’yicha;
g) bilimlarni nazorat qilish va xolisona baholash bo’yicha.
O’qitish mahorati bo’yicha quyidagi quyidagi talablar qo’yilgan:

  • kasbiy layoqat va eruditsiyaga (his-tuyg’u)ga egalik;

  • psixologik-pedagogik tayyorgarlikka egalik;

  • ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlarni olishga o’rgatish ko’nikmasiga egalik;

  • o’quv adabiyotlarining shakllari va turlarini bilish;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bilish, Internet global tarmog’idan foydalanish;

  • o’z malakasini oshirib borishni bilish;

  • ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;

  • pedagogika fanining asosiy yznalishlarini bilish;

  • o’quv fanlariaro aloqalardan foydalanishni bilish;

  • notiqlik san’ati asoslarini bilish.

Tarbiyalash mahorati bo’yicha qo’yiladigan talablar:

  • o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligini bilish;

  • o’quvchilarni uyg’un shakllantirishni bilish;

  • tarbiya metodlari va texnologiyalarini bilish;

  • o’quvchilarda axloqiy, ijtimoiy va estetik fazilatlarni shakllantirishni bilish.

SHaxsiy sifatlar bo’yicha qo’yiladigan talablar:

  • talabchanlik;

  • haqqoniylik;

  • halollik;

  • mehribonlik;

  • xushmuomalalik.

Bilimlarni o’zlashtirish yuzasidan nazorat va xolisona baholash bo’yicha qo’yiladigan talablar:

  • bilimlarni o’zlashtirishni baholashning printsiplarini bilish;

  • bilimlarni o’zlashtirishni baholashning metodlari va mexanizmlaridan xabardor bo’lish;

  • standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqishni bilish;

  • o’zlashtirishni xolisona baholashga qat’iy amal qilish.

E’tibor berilsa, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun muhim umumiy talablar belgilangan.

Download 129.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling