O`zbekistonda ishlab chiqarish tarkibini qayta ko`rish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash muammolari
Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari
Download 232.53 Kb.
|
14-жс-2-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekonometrik modellar to‘g‘risida tushuncha
Iqtisodiy tizimlar va ularning modellariHozir dunyoda iqtisodiy tizimlarning to‘rt turi mavjud bo‘lib, bularga odatda sof bozor, ma’muriy-buyruqbozlik, aralash va an’anaviy iqtisodiy tizimlar kiritiladi. Ular bilan batafsilroq tanishib o‘tamiz. 2.1-jadvalIqtisodiy tizim turlari va ularning belgilari5
An’anaviy iqtisodiy tizimda yashovchi kishilar uchun diniy va madaniy qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi deb qaraladi. Bunday jamiyatga u yoki bu iqtisodiy tizim elementlari ma’lum bir darajada kirib kelar ekan, qaysiki iqtisodiy rivojlanish yo‘lini o‘zlari uchun ko‘proq manfaatli deb bilmasinlar (sof bozor iqtisodiy tizimi yoxud ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim), bu ularning tub ijtimoiy manfaatlariga zid kelmasligiga asoslangan holda yashaydilar.
Ekonometrik modellar to‘g‘risida tushunchaEkonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida shakllangan fandir. Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematik usullar rivojlangan bo‘lsa, matematika kirib borgan soha o‘z masala va muammolariga aniq va to‘g‘ri javob olgan hamda rivojlangan. Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi:
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining miqdoriy tomonlarini o‘rganish; biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash; iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash; xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish; milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish. Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalaydi. Download 232.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling