O‘zbekistonda tabiiy pardozbop tog‘ jinslarining asosiy xossalari reja


Download 369.3 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi369.3 Kb.
#1455544
  1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу (1)


O‘ZBEKISTONDA TABIIY PARDOZBOP TOG‘ JINSLARINING ASOSIY XOSSALARI
REJA:
1.1. Umumiy ma’lumotlar. O‘zbekistonda tabiy pardozbop tog‘ jinslarining geologiyasi.
1.2. O‘zbekistonda mahalliy pardozbop tabiiy pardozbop tosh materiallari.
1.3. Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh materiallaring ishlab chiqarish tarixi.
“TABIIY RESURSLARNI QAZIB OLISH VA QAYTA ISHLASH” fanidan 1-ma’ruza.
Umumiy ma’lumotlar.
O‘zbekistonda tabiy pardozbop tog‘ jinslarining geologiyasi.
So‘nggi yillarda mamlakat hududlarini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish, shuningdek, yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalardan foydalanish, muhofaza qilish sohasini boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer qatlamida yuz bergan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan.
Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bo‘lsada, tog‘ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan.
Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘lishi mumkin.
- tabiiy pardozbop tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi.
- tabiiy pardozbop toshmateriallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu bilan birga sohaning amaldagi holati qurilish materiallari sanoatini, elektrotexnika sohasini rivojlantirishga qaratilgan foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlari va konlarini aniqlash uchun qidiruv zaxiralarini ko‘paytirishni hisobga olgan holda, mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashga doir maqsadli dasturlarni shakllantirish va ijro etish samaradorligini oshirish, shuningdek, mineral-xom ashyolarni izlash va qazib olishga ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim choralar qabul qilinishini talab qiladi.
Tabiiy pardozbop toshlarning tuzilishi (strukturasi) deganda oddiy qattiq jinslar tarkibida tarqoq holatda joylashgan har xil yiriklikdagi zarrachalar-aro g‘ovaklar shakli, miqdori va ularni qanday tartibda bog‘langanligi tushuniladi.
Tabiiy pardozbop toshlarning tuzilishiga undagi zarrachalar orasidagi o‘zaro masofa, mayda va yirik g‘ovaklar, naychalar, o‘ta mayda darzlar va boshqa ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas nuqsonlar ham kiradi.
Tabiiy pardozbop toshlarining texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.

Download 369.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling