O‘zbekistonda


Bazor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni


Download 149.43 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi149.43 Kb.
#1549134
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaxshiliqov safarbek kurs ishi

Bazor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarningaloxida unsurlarini islox qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas , balki butun iqtisodiy islohatlar tizimimini o’zgartirishdan iborat.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – mamuriy buyruqbozlik yoki boshqa tizimni bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirip, bazor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlarini amalga oshiruvchi tarixiy davrdir.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro’y bergan muhum o’zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga jiddiy o’zgarishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi.Chunki bu vaqtga kelib g’arb mamlakatlarida uzoq vaqttan beri (A.Cmit davridan boshlab) hukm surub kelgan erkin iqtisodiyotni tartibga solish, yani iqtisodiyotni o’zini o’zi tartibga solish g’oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tartibda tartibga solish va boshqarish g’oyasi ham inqirozga uchradi.Bunday sharoitda iqtisodiy taraqiyotning sifat jihattan yangi yo’llarni qidirip topish zarur bo’lip qoldi. Bu vaqtga kelip ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini umumlashtirip iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li –ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti dep tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar.Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga otish yo’llari (modellari) xilma xil bo’lip, ularning xususiy va umumiy tamonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bazor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirib quyidagi 3 ta turga bo’linadi.
1)Rivojlangan mamlakatlar yo’li
2)Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li
3)Sobiq sotsalistik mamlakatlar yo’li
Bu yo’llar turli tuman bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir . Ularning umumiyligi shundaki bu yo’llarning barchasi bazor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun qoidalari , amal qilish mexanizimi ko’p jihattan umumiy bo’ladi.Shu bilan har bir yo’lning oziga xos xususiyatlari ham bor. Bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning iqtisodiy-ijtimoiy , tarixiy milliy sharoitlari xar xil bo’lishidan kelip chiqadi.Maslan, bazor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlr yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon iqtisodiyotiga o’tiladi.3
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakillantirishning asosiy yo’nalishlari qilib qilib quyidagilar kiradi.
1.Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish bu xo’jalik xayotining barcha soxalaridagi to’siq va cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bkor qilishga yo’naltirilgan chora tatbirlr tisimidan iborattir.U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib quyidagilarni o’z ichiga oladi;
-Xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini yo’qotish.
-Resurslarni markazlashgan xildagi taqtimotini tugatish.
-Narxlarning asosan talab va taklifga nisbati asosida shakllantirishga o’tish.
-Ichki va tashqi bozorlarda tranksaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini shakllantirish
2.Iqtisodiyotni manopoliyadan chiqarish raqobat muxutini yaratish. Bu yo’nalish quyidagi jarayonlarni amalga oshirishni talab qiladi.
_ barcha iqtisodiyotning agentlarining ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoit yaratishdir.
_bozorlarga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkoniyat yaratishi.
_kichik biznesning rivojlanishiga xalaqit beruvchi mamuriy to’siqlarni olip tashlash , imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llap quvatlash va tarmoqqa kirishdagi to’siqlarni olip tashlash.
3.Institutsianal o’zgarishlar Mazkur o’zgarishlar quyidagi soxalarni qamrab oladi.
_mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish,jumladan xususiy sektorni yaratish
_bozor infratuzulmasini (tijorat banklari tovar va fond birjalari, Investitsiya fondlari va xa k.) shakllantirish.
4.Tarkibiy o’zgarishlar.Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatta iqtisodiyot va uning alohida tarkibida oldingi tizimidan qolgan nomutonosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan.Iqtisodiy tarkibini qayta qurushdan asosiy maqsad , ichki va tashqi bozorlarda to’lavga qodir talabga mos bo’lgan maxsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdan iborat.
5.Iqtisodiyotni moderiziniyalashtirish, dversifikatsiyalash. Ishlab chiqarishni moderinizatsiyalash ichlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash, uni manaviy jihattan yangilash, tarkibiy jihattan texnik va texnologik qaytatan tuzub chiqish kabi chora tatbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Dversifikatsiya- ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish maxsulatva xizmatlarni sotish bozorlarida kengaytirish maqsadiga tarmoq va korxonalar faoliyat soxalarini kengaytirish , maxsulot va assortimentlarini kengaytirish , ularni sifatini takomillashtirish.
6.Makroiqtisodiy asosan moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohatlarga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda tez tez o’takzib turadi. Bu yo’nalishning muxum axamiyati shundan kelib chiqadiki , mamuriy buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliya sohasida , ayniqsa yuqori inflyatsiya shklida namoyon boldi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi bozor munosabatlarining meyorda qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o’tish davri uchun o’ta muxum vazifa hisoblangan.Makroiqtisodiy barqororlashtirish chora tatbirlarimizga pul emissisiyasini cheklash davlat budjeti taqchilligini cheklash,davlat byudjeti taqchilligini qisqarirish, ijobiy foiz stafkasini taminlash va boshqa jarayonlarni kirg’azamiz.
7.Axolini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini shakllantirish.Bu tizim axoliga nisbatan muxtoj qatlamni aniq ijtimoiy qo’llap quvatlashga yo’naltiriladi.
Bozor tizimining ko’rsatip o’tilgan asosiy unsurlarining shakllanishining yakuniga etishi o’tish davri tugganligidan darak beradi.

    1. Download 149.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling