O‘zbekistonda
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning modelini ishlab chiqarishda xisobga . O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari
Download 149.43 Kb.
|
yaxshiliqov safarbek kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Agrar islohatlarning maqsadi, zarurati,mohiyati va huquiy asoslari.
3.Agrar islohatlarning maqsadi, zarurati,mohiyati va huquiy asoslari. Agrar islohatlar iqtisodiyotta tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, ulardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: Mulkiy munosabatlarni isloh qilish Agrar islohatlar Moliya kredit va narx navo islohatlari Boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infra tuzulmasini yaratish7 Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishda birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifa birdaniga hal qilinishiga maqsad qilip qo’yildi. Totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish,tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish,Respublikaning shart sharoitlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish. Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotta va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar, uning o’z taraqqiyotida keying sifat jihattan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun shart sharoit yaratti.shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari ikkinchi bosqichning strategik maqsad va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Respublikamizdaiqtisodiy sohalarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq ho’jaligining isloh qilinishiga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi. Birinchidan, Respublikamizda iqtisdiyotida agrar soha ustunlikka ega bo’lib, axolining ko’pchiligi qishloq xo’jaligida bandligi, iqtisodiy o’sish ko’p jihatttan shu tarmoq turiga bog’liqligi ekanligidir. Ikkinchidan,Respublika butun sanoat potesialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko’pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil,oziq ovqat,kimyo sanoati, qishloq xo’jaligining mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bo’g’liqdir. Uchinchidan qishloq xo’jaligi maxsulotlari asosan paxta , valyuta resurslari Respublika uchun zarur bo’lgan oziq ovqat mahsulotlari,dori-darmon, texnika va texnologiya vositalari chettan sotib olishni taminlaydigan asosiy manbadir. To’rtinchidan mustaqillik sharoitita oziq ovqat muommosini hal etishdagi ro’li ortip bordi. Respublikada yerga bo’lgan mulkchilikning munosabatlarining isloh qilishning boshqa xususiyati, melioratsiya , irrigatsiya yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlatning o’z zimmasiga olganligidir.bundan xulosa shuki birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o’zi mustaqil ravishda bajara olmaydi.Faqatgina davlat melioratsiya tarmoqlarini rekostuksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tatbirlarini amalga oshirishga qodirdir. Respublikada agrar islohatlarning yana bir yo’nalishi mavjud davlat xo’jaliklarini mulkjilikini aralash jamoa va boshqa shakllariga aylantirib borilganilidir.Ularning tarkibida fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishini asosi sifatida foiliyat ko’rsatti. Qishloq xo’jaligini isloh qilishning keying yo’nalishi bu shaxsiy tarmoqlarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy uchastkalar, bog’- dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini yer bilan taminlashdan iborat bo’ladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning huquqiy 153asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, „Yer toʻgʻrisida“ (20.06.1990), „Oʻzbekistonda tadbirkorlik toʻgʻrisida“ (15.02.1991), „Davlat tasarrufidan chikarish va xususiylash-tirish toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Ijara toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ (3.07.1992), „Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida“ (9.12.1992), „Yer soligʻi toʻgʻrisida“ (6.05.1993) va boshqa qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xoʻjaligida koʻp ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yoʻl ochdi. 1998-yil aprelda chiqilgan „Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida“, „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloqda mulkdorlar sin-fini shakllantirish siyosatdagi muhim yoʻnalishga aylandi. Oʻzbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xoʻjaliklari yerining bir qismi (jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996-yil aholining tomorqa xoʻjaligida yer 640 ming gani tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yoʻnalishi — bu qishloqni fermerlashtirish, yaʼni davlat va jamoa xoʻjaliklari oʻrniga dehqon va fermer xoʻjaliklarini tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xoʻjalik yuritish uchun merosga oʻtish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996-yil jami 19,5 ming dehqon va fermer xoʻjaligi ishladi. Agrar islohotlarning uchinchi yoʻnalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xoʻjaliklarida dehqonlarning ulushbay mulkiga oʻtishdan iborat boʻldi. Xoʻjaliklardagi molmulk pulga chaqilib, u dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan boʻldilar. Agrar islohotlar Oʻzbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va bozorga mos xoʻjalik usullarini bunyod etish yoʻnalishida bormoqda. Download 149.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling