O‘zbekistonda


Qishloq xo’jaligida maxsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini taninlash hamda bozor munosabatlarini shakllantirishda agrar islohatlarning tutgan o’rni


Download 149.43 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi149.43 Kb.
#1549134
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaxshiliqov safarbek kurs ishi

4.Qishloq xo’jaligida maxsulot ishlab chiqaruvchilar erkinligini taninlash hamda bozor munosabatlarini shakllantirishda agrar islohatlarning tutgan o’rni.
Mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiy islohotlar agrar soha rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatib:
• xo’jalik yurituvchi subyektlarning imkoniyatlarini oshiruvchi, xususan, raqobat muhitini hakllantiruvchi, kooperasiyani rivojlantiruvchi mulkchilikning yangi shakllari va yerga bo’lgan yangicha munosabatlar rivojlanishiga;
• qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo’jalik subyektlarini moliyalashtirish, kreditlash, narx belgilash, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa yo’nalishlarda bozor tamoyillariga mos mexanizmlar joriy qilinishiga;
• respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini ichki imkoniyatlar hisobiga qondirish, eng asosiysi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga;
• qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari yetishtiruvchi xo’jalik subyektlarini davlat tomonidan iqtisodiy qo’llab-quvvatlashning bozor munosabatlariga mos mexanizmlari joriy qilinishiga;
• agrar sohada ko’p ukladli iqtisodiyotning va unga mos qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tarkibining shakllanishi, boshqarishning egiluvchan usullarini izlash imkoniyatlarining yaratilishiga;
• fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida qishloqlarda fermer xo’jaliklarining o’rni va ahamiyatining o’zgarib borishiga;
• ishlab chiqaruvchidan kasbiy mahorat, malaka darajasining oshishini talab
qiluvchi bandlik tarkibining transformasiyalashuviga;
• qishloq oilasining demografik ko’rinishi o’zgarishi va daromadlarining oshishi Respublikamiz qishloq xo’jaligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o’zining natijasini namoyon etib, qisqa vaqt ichida mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanishi, qishloqda aholi daromadining oshishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, paxta bozori faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq qishloq xo’jaligini tubdan yangilash va rivojlantirish, paxta yakka hokimligiga barham berish, o’z -o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasidagi ishlarni yaxshilash, qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga respublika hukumati agrar siyosatida katta e’tibor qaratildi. Agrar sektor O’zbekiston iqtisodiyotining muhim sohasi hisoblanib, qishloq xo’jaligi bozori uchun zarur bo’lgan barcha turdagi oziq -ovqat mahsulotlari hamda sanoatga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsulotlarining kafolatli bozori bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va chuqurlashtirishda tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlash va qishloq aholisining turmus h darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar strategiyasi, xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiyotning institusional va tashkiliy tuzilmalarini qayta qurish, huquqiy-me’yoriy, tarkibiy, moliya-kredit, soliq va narx tizimida chuqur o’zgarishlar orqali amalga oshirilishini taqozo etdi.
Respublikamizda qishloq xo’jaligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida mamlakat aholisini ekologik toza va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanishi, qishloqda aholi daromadining oshishi, samarali tashqi savdo hamda investisiya jarayonlarini kuchaytirish, k ichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi, paxta bozori faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Izchil yuqori o’sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 yilda bu boradagi ko’rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 16,8 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlarning tasdig’idir. O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar qishloq xo’jaligini tubdan diversifikasiya qilish va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash, ularni katta miqdorda eksport qilishni yo’lga qo’yish imkonini berdi.
O’tgan asrning 90-yillari boshida O’zbekistonda yetishtirilayotgan 6 million tonna paxtaning atigi 8-10 foizi mamlakatimizda qayta ishlangan, qolgan qismi esa boshqa davlatlarda qayta ishlanganligi sababli foydaning asosiy qismi paxta xomashyosini qayta ishlagan mamlakatlarga kelib tushgan. Paxta yakkahokimligi va qishloq xo’jaligini biryoqlama rivojlantirish natijasida O’zbekistonni oziq-ovqat bilan to’la ta’minlashning imkoni yo’q edi. Shu sababli asosiy oziq-ovqat tovarlari chetdan olib kelingan. O’zbekistonda aholi jon boshiga go’sht va sut mahsulotlari, g’alla va meva -sabzavot hamda kartoshka iste’mol qilish sobiq Ittifoqning boshqa respublikalariga qaraganda ikki barobar kamayib ketgan edi.

Ushbu jadval 1992 yildan 2017 yilgacha qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan maxsulotlar hajmini ming tonnada ifodalaydi. 1992 yildan keyin bug‘doy yetishtirishning sezilarli darajada o‘sishiga ta'sir etgan omillar — bu ekin maydonlarining kengayishi hamda bu bug‘doyning hosildorligi sezilarli darajada oshganidir. Shunday qilib, 1991–2014 yillar oralig‘ida hosildorlikning qariyb to‘rt barobar 12,8 sentner/ga’dan 48,6 sentner/gektarga o‘sdi. Biroq, bug‘doyning hosildorligi va hajmi sezilarli darajada oshirilganga o‘xshaydi, bunga sabab statistik hisobot usullari. Fermerlar davlatga bug‘doyning 40 foizini topshirishga majburlar, ammo ular bajarishi shart bo‘lgan rejalashtirilgan vazifalar ham mavjud. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, agar davlat buyurtmasi fermerlar tomonidan yetishtirilgan hosilning 40 foizini tashkil qilsa, fermerlar davlat buyurtmasi bo‘yicha rejadan ko‘ra 2,5 barobar ko‘proq bug‘doy o‘stirishi kerak. Boshqacha aytganda, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, fermerlar tomonidan bug‘doy yetishtirish hajmlari 2,5 ga ko‘paytiriladi. Haqiqiy ishlab chiqarish miqdori noma'lum.

Xulosa
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarni alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas balki butun iqtisodi munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iborat.O’tish davri quyidagi mezonlar bilan asoslanadi; tsiklik, (jamiyatta yoki bu tarkibiy o’zgarilishlarning qaytarilib turulishi) beqarorlik (turli xil jamiyat kuvhlarining kurashishi va o’zaro tasiri), muqobillik (islohatlar va rivojlanish yo’llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik eski tizimning yo’qolip ketishi o’rniga boshqa tizimning vujudga kelishi)
Iqtisodiy islohatlar iqtisodiyotta tup o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tatbirlar majmuidir. Iqtisodiy uklad turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yurutishning shakllari va turlaridir.
Bozor munosabatlariga o’tishda biz qanday islohatlar obordik va bu islohatlar jamiyatga foyda keltirdimi drgan savolimizga to’loqonli javob oldik.bizning mamlakatimizda bozor munsabatlariga o’tishda agrar islohatlarni o’rni juda katta chunki bizning mamlakatimi aholisining ko’p qismi qishloq xo’jaligida faoliyat yurutganligi sababdir.
Iqtisodiy erkinlashtirish nima va qncha ishlab chiqarish , qanday narxda sotishni tatbirkorni o’zi belgilashiuchun imkon berish, Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurutuvchi subektlarning erkinligi va mustaqilligini taminlashdemakdir.
Islohatlar konsepsiyasi ijtimoiy iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirish vazifalari va strategik yo’llarning umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksalitrish uchun shart sharoitlar vujudga keltirish.



Download 149.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling