O‘zbekistonda


Download 149.43 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi149.43 Kb.
#1549134
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaxshiliqov safarbek kurs ishi

Birinchi yo’nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar qilish.17
Ikkinchi yo’nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabat asos bo‘ladigan qonunlar asoslari yaratildi.18
Uchinchi yo’nalish – xo‘jalik yuritishning va institutsional o‘zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratishga qaratilgan qonunlar
To’rtinchi yo’nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ekti sifatida ta‘riflovchi huquqiy normalar.
Beshinchi yo’nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta‘minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo‘lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo‘jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo‘jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan qismi keng rivojlandi.
Milliy xo‘jalik, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy tarkibi shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta‘minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib bu bosqich uchun bir qator vazifalar belgilab olinadi19.
Birinchi vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo‘lmagan qismning ulushini oshirish ko‘zda tutiladi.6

Makroiqtisodiy barqarorlik – bu eng avvalo makroiqtisodiy darajada muvazanotlikni taminlash, ishlab chiqarishning keskin kamayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik, pul qadirsizlanishining oldini olish, hamda to’lov balansini bir meyorda saqlashga qaratilgan siyosatlar. Ustuvor tarmoqlarda ishlap chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltishi va raqobatlshtirish. Ishlab chiqarish hajmini qisqarishiga yo’l qo’ymaslik.


Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Milliy xo‘jalik, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy tarkibi shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.





Download 149.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling