O‘zbekistondagi inflyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Xalqaro maydonda nufuzimiz
Download 160.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ekonomist”
- “Financial Times”
- Qoloq tarmoq qoldimi
Xalqaro maydonda nufuzimiz
O'zbekiston jahon hamjamiyatida o'z mavqeini yuksaltirish yo'lidan shaxdam odimlar bilan bormoqda. Milliy reytingimizni belgilayotgan xalqaro agentliklar islohotlarni munosib baholamoqda. Bugun O'zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda o'z obro'-e'tiborini mustahkamlamoqda. Oddiy so'z bilan aytganda, O'zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo'lmoqda. Mamlakatimiz bundan-da yuqori ko'rsatkichlarga erishishga qodir. Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri bo'lgan Buyuk Britaniyaning “Ekonomist” jurnali O'zbekistonni 2019 yilda eng jadal islohotlarni amalga oshirgan davlat – “Yil mamlakati” deb e'lon qildi. Shuningdek, Jahon bankining “Doing Bussiness”, ya'ni “Biznesni yuritish” reytingida O'zbekiston eng ilg'or islohotchi mamlakatlar qatoridan o'rin olganligi fikrimiz isbotidir. Joriy yilning 10 sentyabrida esa jahonning bir qator yetakchi davlatlarida chop etiladigan, dunyo iqtisodchilari orasida mashhur bo'lgan “Financial Times” gazetasining bir necha sahifasida O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning tahlili keltirilgani – bularning barchasi mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning xalqaro e'tirofi sifatida baholash mumkin. Albatta, biz bunday yutuqlarga mahliyo bo'lib qolmasligimiz, farzandlarimizning farovon kelajagi uchun yanada kattaroq marralar sari intilmog'imiz lozim. Qoloq tarmoq qoldimi? Bugun iqtisodiyot tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, hududlarning imkoniyatlarini to'la yuzaga chiqarib, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Bunday keng ko'lamli ishlar natijasi har bir jabhada sezilmoqda. Ilgari ilojsiz bo'lgan muammo va masalalar hozirda o'z yechimini topmoqda. Ta'kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasidagi yo'l-yo'riqlari asosida yurtimizda ilgari umuman rivojlanmagan tarmoq va sohalar rivojlanishning yangi bosqichiga chiqqaniga guvohmiz bugun. Misol uchun baliqchilik sohasini olaylik. Ayni paytda diyorimizning qaysi bir supermarketi yoki do'koniga kirmang, hatto yaqingacha xorijiy valyutaga import qilib keltirilgan, xalq tilida “qizil baliq” deb nom olgan losos, syomga, hatto osyotrlar ham O'zbekistonda yetishtirilayotganligi quvonarli holatdir. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik, bog'dorchilik va boshqa ko'plab oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlovchi tarmoqlardagi puxta o'ylangan islohotlar o'z mevasini bermoqda. Maqsad bitta, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat bilan ta'minlash. Buning negizida esa odamlarni rozi qilish, ularning farovonligini ta'minlash kabi yuksak vazifalar turganligi hech kimga sir emas. Download 160.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling