O‘zbekistondagi inflyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Barcha yangilanishlar xalq manfaati uchun!
Download 160.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- “yoshlar daftari” hamda “ayollar daftari”
Barcha yangilanishlar xalq manfaati uchun!
Islohotlarning eng birlamchi maqsadi aholi farovonligiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mehnat taqsimotiga nisbatan yangicha yondashuv va o'z vaqtida ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida paxta yig'im-terim mavsumida boshqa soha ishchi xodimlarining bu jarayonda ishtirok etishiga to'la barham berildi. Shu o'rinda to'xtalib o'tish joizki, jamiyatimizda kambag'al qatlam borligi ko'p yillar davomida yashirildi. Kambag'allik tushunchasi “kam ta'minlanganlik”, “ehtiyojmandlik” degan so'z-u iboralar bilan xaspo'shlandi. Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yo'lga qo'yilgach, haqiqiy ahvol, ya'ni, odamlarning aslida qanday hayot kechirayotgani, ularning eng og'riqli nuqtalari oshkor bo'la boshladi. O'rganish va tadqiqotlar aholining ko'pchiligi yetarli va doimiy daromad manbaiga ega emasligini ko'rsatdi. Demak, kambag'al qatlam mavjud. Ularning taxminan 12–15 foizligi ham haqiqat. Taqriban aytsak, bu kam emas, 4-5 million aholi degani. Shundan so'ng amaliy ishlarga kirishildi. Mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” hamda “ayollar daftari” shakllantirildi. Mazkur daftarlar hokimlar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlarga qaysi hududda ertamiz vorislari va nozik hilqat vakilalari masalalari bo'yicha holat qandayligi haqida aniq ma'lumotga ega bo'lish hamda shunga qarab zaruriy chora-tadbirlarni belgilashda qo'l keldi. Odatda, ishsiz odamlar hunar o'rganish, malaka egallash uchun mablag'dan qiynalishadi. Endi davlat ayni shunday pallada yoshlar va ayollarga moddiy hamda ijtimoiy ko'mak ko'rsata boshladi. Ajratiladigan mablag' mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarlarni o'rgatuvchi mingdan ziyod nodavlat ta'lim markazlari tashkil etilishiga xizmat qilmoqda. 2020 yil butun insoniyat uchun jiddiy sinovlar yili bo'ldi. Talafotlar katta, yo'qotishlar ko'p, asoratlar esa nihoyatda og'ir. Ammo ana shunday mushkul vaziyatda odamzod bir narsani o'rgandi: har qanday vaziyatda ham hayot uchun kurashishni, oldinga intilishni hamda yashash va ishlashni. To'g'ri, koronavirus pandemiyasi ayni avji pallada hamma uyda “qoldi”! Ya'ni, “ko'rinmas yov”dan aziyat chekmaslik uchun ko'pchilik xonadonida ihotalanishga majbur bo'ldi. Ijtimoiy soha ob'yektlari, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish muassasalari eshigiga qulf osildi. Hatto qator davlat idoralari ham ish tartibini o'zgartirdi. Biroq hayot to'xtab qolgani yo'q. Eng muhimi, ana shunday murakkab vaziyatda davlatimiz, hukumatimiz odamlarni o'z holiga tashlab qo'ygani yo'q. Aksincha, ehtiyojmand oilalar har tomonlama manzilli qo'llab-quvvatlandi. Ayni shu vaqtda Prezidentimiz tashabbusi bilan Download 160.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling