O‘zbekistondagi inflyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Shu o'rinda nomzodimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan bosib o'tgan yo'limizga nazar tashlasak


Download 160.09 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi160.09 Kb.
#1477556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Shu o'rinda nomzodimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan bosib o'tgan yo'limizga nazar tashlasak.
Boshlangan iqtisodiy islohotlar yanada jadallik bilan davom etaveradi!
So'nggi yillarda milliy iqtisodiyot sohasi izchil va tizimli islohotlar, muhim evrilishlar, siyosiy iroda va tashabbuslar markazida bo'lib, pirovardida tobora ravnaq topib bormoqda. Erishilgan yutuqlarni e'tirof etmoq, atroflicha tahlil qilmoq va kelajakdagi muhim qadamlarimizni shunga monand belgilash zarurati esa xalq farovonligini yuksaltirishning muhim shartlaridan biridir.
Albatta, iqtisodiyotdagi islohotlar nechog'li samara keltirayotgani, vazifadorlik va mas'uliyat doim diqqat markazimizda turishi muhimdir. Shu o'rinda ularning e'tiborli tomonlariga to'xtalib o'tish lozim.
Davlat byudjeti barqarorligiga erishildi
Birinchidan, Davlat byudjeti barqarorligi ta'minlanmoqda va byudjet xarajatlarining manzilliligi hamda natijadorligi ortib bormoqda.
Ikkinchidan, Davlat byudjetining ochiqligini ta'minlashda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, avvalo, davlat idoralarining xalq oldidagi hisobdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Uchinchidan, byudjetni shakllantirish jarayonida aholining ishtirokini ta'minlash yuzasidan “tashabbusli byudjet” tizimining yo'lga qo'yilishi aholini qiynab kelayotgan turli muammolarga ularning tashabbuslari asosida yechim topilishiga zamin yaratmoqda. Xususan, joriy yilda mazkur tizim orqali fuqarolardan 41 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan bo'lib, ularga ovoz berishda 1,1 mln. kishi qatnashgan. Bu Yangi O'zbekistonning eng yangi tarixidagi salmoqli yutuqlardandir.
To'rtinchidan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining mustaqilligini oshirish orqali mahalliy byudjetlar barqarorligi ta'minlanmoqda va ularda qo'shimcha resurslar ya'ni “pul mab­lag'lari” shakllanmoqda. Bu esa o'z navbatida, hududlardagi aholining og'irini yengil qilish, orzularini ro'yobga chiqarishda asosiy dastak bo'lmoqda. Birgina 2020 yilni oladigan bo'lsak, murakkab pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramasdan, mahalliy byudjetlar daromadlari ijrosi prognozga nisbatan 2,7 trln. so'mga (yoki 10 foizga) orttirib bajarilganligini keltirish mumkin.

Download 160.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling