O‘zbekistondagi inflyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 160.09 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi160.09 Kb.
#1477556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

“temir daftar”lar joriy etilgani esa masalaning oqilona yechimi bo'ldi. Bu tizim davlat yordamini yo'naltirib turish, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish uchun muhim asos yaratdi.
Ayni paytda “temir daftar”lar oilalarni kambag'allikdan chiqarish ishlarini rejali tashkil etishda, ro'yxatdagilarga qarab keyingi ishlarni muvofiqlashtirishda qo'l kelmoqda. Yoshlar va ayollar daftarlari ham kasb-hunar o'rgatish, band­likni ta'minlashda manzilli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
E'tiborlisi, “yoshlar daftari”ga 18-30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar kiritilsa, “ayollar daftari” orqali 30 yoshdan oshgan ayollar qamrab olinadi. Ro'yxatni shakllantirishda ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlash, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi borlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kambag'allikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib bo'lmasligi – oddiy aksioma. Odamlar turmushi yaxshilanishiga tadbirkorlik, ta'lim, sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish orqali erishish mumkin. Iqtisodiy taraqqiyot, bir tomondan, kambag'allikni kamaytirsa, ikkinchi tomondan, kambag'allikning ko'pa­yishi iqtisodiy taraqqiyotni susaytiradi. Odamlarda sog'liqni saqlash va ta'limdan foydalanish imkoni cheklansa, ular borgan sari qashshoqlashadi, iqtisodiyotda talab kamayadi. O'z navbatida, iqtisodiyot o'zining yuqori malakali xodimlariga bo'lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Oqibatda o'sish sekinlashadi.
Shunga qaramay, koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda aholining barcha qatlamiga ijtimoiy yordam ko'rsatildi. Hech kim e'tibordan chetda qolmadi. Masalan, 2020 yil boshida har oyda 552 ming oilaga moddiy yordam berilgan bo'lsa, iyun oyida bu ko'rsatkich 774 ming, iyul oyida 876 mingtani tashkil etdi. Yil oxiriga borib esa ijtimoiy nafaqa berilgan oilalar soni 1 million 200 mingtaga yetdi.
Quvonarli jihati, joriy yilda “temir daftar” tizimi yangi bosqichga ko'tariladi. Ya'ni, “Ijtimoiy reestr”ga qamrab olingan barcha ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko'rsatiladi.
Shu o'rinda alohida ta'kidlash kerakki, yurtimizda so'nggi besh yilda amalga oshirilgan ulkan tarixiy islohotlarning mufassal tahlili O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda nashr qilingan
Download 160.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling