O‘zbekistondagi inflyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Soliq siyosatidagi odilona yondashuv


Download 160.09 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi160.09 Kb.
#1477556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Soliq siyosatidagi odilona yondashuv
Soliq islohotlari tom ma'noda iqtisodiy islohotlarning burilish nuqtasi bo'ldi, deb bemalol aytish mumkin. Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona soliq siyosati, siyo­siy iroda va dadil qadamlar tufayli bugungi kunga kelib soliq tizimida natijador ishlar amalga oshirildi.
Avvalo, yangi Soliq kodeksi qabul qilindi va unga asosan soliq turlari qisqartirildi hamda stavkalari pasaytirildi. Shunday bo'lsa-da, Davlat byudjetiga tushumlar muntazam ortib bormoqda. Birgina 2020 yilgi pandemiya sharoitida ham Davlat byudjet daromadlari rejasi 4,2 trln. so'mga (reja 128,7; ijro 132,9) orttirib bajarilgan. Umuman olganda, soliq islohotlari samaradorligi tufayli 2020 yilda (132,9) byudjet daromadlari 2018 yilga (79,1) nisbatan 1,7 barobar o'sdi.
Eng muhimi, soliq tizimida tadbirkorga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi va bugun “soliq idoralari tadbirkorning ko'makchisi”ga aylandi. Bundan tashqari soliq sohasidagi tub o'zgarishlar ishbilarmonlarning ishonchini oshirmoqda.
Pandemiya davrida butun dunyoda va mamlakatimizda iqtisodiy harakatsizlik natijasida inqirozning yangi ko'rinishi yuzaga kelgan bir paytda Prezidentimiz tomonidan salbiy oqibatlarni yumshatish va oldini olishga qaratilgan birqancha qaror va farmonlar o'z vaqtida qabul qilindiki, natijada mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik kuzatildi va iqtisodiy o'sishga erishildi.
Pul muomalasidagi ijobiy sifat o'zgarishlari
2017 yilda Prezidentimiz tashabbusi, siyosiy irodasi va qat'iy pozi­siyalari tufayli mamlakatimizda valyuta siyosati erkinlashtirilib, valyutaning erkin konvertatsiyasiga erishilganligi tadbirkorlarimizga keng imkoniyatlar yaratgani hech kimga sir emas.
Yaqin-yaqinda ham valyutaning erkin konvertatsiyasi haqida faqatgina orzu qilish mumkin edi. Hozir oldingi vaqtdagi kabi banklar oldidagi pala-partish navbatlar, to's-to'polonlar yo'q! Bugun u bozor qonuni — talab va taklif asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan islohotlar tufayli bir zamonlar turli xil byurokratik to'siqlarni yengolmay hafsalasi pir bo'lib, qo'l siltagan chet ellik investorlar O'zbekistondagi muhit mo''tadillashgach, yana qayta boshlashdi. Bu yo'nalishda muhim uch qadam tashlanganini qayd etish joiz:
birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat erkinlashib, biznes uchun ma'muriy to'siqlar olib tashlandi;
ikkinchidan, yangi, zamonaviy, modernizatsiya talablariga javob beradigan texnologiyalarni olib kelishga keng imkon yaratildi;
uchinchidan, mamlakatimiz fuqarolariga, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha korxona va tashkilotlarga bir xil sharoit yaratildi.
Shu bilan birga kundalik hayotimizda ko'p bora foydalanadiganimiz – bank plastik kartasi bilan bog'liq muammolar yaqin-yaqingacha ham mavjud edi. O'z oylik maoshining qanchadir qismidan, aytish mumkin bo'lsa, farzandlari rizq-nasibasidan kechib, plastik kartasiga tushgan mablag'ni foiz evaziga naqdlashtirgan yurtdoshlarimiz soni ozmuncha edimi? Bularning barchasiga pul muomalasidagi islohotlar natijasida ijobiy yechim topildi. Hozir istalgan shahar yo tuman markaziga borib ko'ring, naqd pul muammosi bormikan?! Terminallar kechayu kunduz ishlab turibdi. Bularning bari iqtisodiy islohotlarimiz mevasi emasmi?

Download 160.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling