O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi



O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH 
VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 
 
H.Z.Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi 
 
 
 
 
 
14- Ma’ruza 
 
Mavzu: Kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi. 
Kallaning miya qismi suyaklari, ularning yoshga qarab 
o’zgarishi 
 
 
 
Tuzuvchi: dotsent A.G’.Ahmedov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent- 2010 


 
Ma’ruza rejasi: 
 
1.Mavzuning dolzarbligi
-5 daqiqa 
2.Kalla suysklarining taraqqiyoti 
-15 daqiqa 
3.Kallaning miya qismi suyaklari 
-10 daqiqa 
4.Ensa suyagi 
-15 daqiqa 
5.Tepa suyagi 
-5 daqiqa 
6.G’alvirsimon suyak 
-10 daqiqa
7.Ponasimon suyak 
-15 daqiqa 
8.Chakka suyagi
-15 daqiqa
 
Ma’ruzaning maqsadi 
Talabalarda kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi, ularning taraqqiyoti, 
kallaning miya qismi suyaklarini tuzilishi va yoshga qarab o’zgarishi haqidagi 
bilimlarni shaklantirish, ularning odam organizmidagi ahamiyatini tushintirish.
Ma’ruzaning qisqacha mazmuni 
Kalla suyaklari tuzilishi jihatidan skeletning eng murakkab, ahamiyati 
jihatidan eng kerakli qismidir. Kalla suyaklari tuzilishining murakkabligi uning 
vazifasiga bog'liq. Uning ichida odam uchun zarur bo’lgan bosh miya joylashgan.
Kalla skeletining bu qismi neyrokranium deb ataladi. Kalla suyagining ayrim 
qismlari odam uchun zarur bo’lgan sezgi a’zolari: eshituv-muvozanat, ko’ruv va 
hid bilish a’zolarini saqlab turuvchi suyak qoplama hamdir. Kalla skeletining 
ikkinchi qismi uning yuz qismi yoki vistseral qismi bo’lib, bu qismida ovqat 
hazm qilish va nafas a’zolari tizimining boshlang’ich qismlari joylashgan. Yuz 
qismi yana chaynov apparatiga ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov 
muskullari birikkan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab 
emas, balki taraqqiyoti jihatidan ham farq qiladi.

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling