O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Kalla suyaklarining taraqqiyoti 
Kalla suyaklari homila orqa torining (chorda dorsalis) yuqori uchidan 
rivojlanadi. U uch taraqqiyot: parda, tog’ay, suyak davrlarini o’tadi. Parda davri 
homila hayoti birinchi oyining oxiri va ikkinchi oyi boshlarida o’tib, bu davrda 
bosh miya mezenxima pardasi bilan o’ralib parda yoki biriktiruvchi to’qimadan 
tuzilgan parda boshni hosil qiladi. 
Kallaning yuz qismini hosil qiluvchi biriktiruvchi to’qima homila bosh 
ichagi devorini o’ragan bo’lib, mezodermaning ventral qismidan yoki yon 
qatlamlardan taraqqiy etadi. Homila taraqqiyoti ikkinchi oyining boshida o’ng va 
chap tomonlarida ikkita paraxordal tog’aylar paydo bo’ladi. Ular dastlab mayda 
bo’laklardan iborat bo’lib, so’ngra o’zaro qo’shiladilar. Shu davrda chorda 
dorsalisni old tomonida, oxirgi miyaning ostida ikkita bosh trabekullalari paydo 
bo’ladi. Shu bilan birga hidlov a’zosi, ko’z pufagi, eshituv va muvozanat 


a’zolarining ustini qoplagan parda xaltalar ham tog'ayga aylanadilar. Davr boshida 
alohida-alohida bo’lgan tog'aylar o’zaro qo’shilib, bosh miyaga kirayotgan qon 
tomirlar va chiqayotgan nervlarni o’raydi. Homila hayotining ikkinchi oyi oxiri va 
uchinchi oyi boshlarida tog'ay boshning ichki va tashqi asosi o’z shaklini oladi. 
Kallaning miya hamda yuz qismi suyaklari endesmal yo’l bilan 
suyaklanadilar. Kallaning yuz qismi suyaklari vistseral ravoqlardan taraqqiy etadi. 
Homilada 5 juft vistseral ravoqlar bo’lib, ular boshning yonbosh mezenxima 
qatlamlaridan bir juftdan paydo bo’ladilar. Ularning birinchi jufti pastki jag' 
ravog’i bo’lsa, ikkinchisi gioid ravodir. Qolgan uchinchi, to’rtinchi va beshinchi 
juftlari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi. Pastki jag’ ravog’i ikki: kvadrat tanglay 
(palatoquadratum) va mekkal tog’ayi bo’laklaridan iborat. Odamning kalla 
suyaklari taraqqiyotiga qarab 3 guruhga bo’linadi: 
I.Bosh miya pardasini (kapsulasini) hosil qiluvchi suyaklar:
a) birlamchi yoki kalla qopqog’i suyaklari: ensa suyagining palla qismi, chakka 
suyagining palla va nog'ora qismlari, peshona, tepa suyaklari. 
b) ikkilamchi yoki kallaning asosi suyaklari: ponasimon suyak, ensa suyagining 
tanasi va yon bo’laklari, chakka suyagining tosh (piramida) qismi bilan 
so’rg'ichsimon o’sig'i. 
II.Burun xaltasi (kapsulasi) bilan bog’lanib rivojlangan suyaklar: 
a). birlamchi suyaklar: ko’z yoshi suyagi, burun va dimog’ suyaklari.
b). ikkilamchi suyaklar: g’alvir suyak, burunning pastki chig’anog'i. 
III.Vistseral ravoqlardan rivojlangan suyaklar: 
a). harakatsiz suyaklar: yuqori jag’, tanglay va yonoq suyaklari. 
b).harakatchan suyaklar: pastki jag’, til osti suyagi va eshituv suyakchalari 
(bolg'acha, sandoncha, uzangi). 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling