O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Chakka suyagi (os temporale) kallaning miya qismidagi juft suyak. U 
kallaning yon devori va asosini hosil qilishda ishtirok etib, ichida eshituv va 
muvozanat a’zosini saqlaydi. Chakka suyagini margo occipitalis, parietalis va 
sphenoidalis qirralari bo’lib, ular vositasida qo’shni suyaklar bilan birlashadi. U 
old tomondan ponasimon, yuqoridan tepa va orqadan ensa suyaklari o’rtasida 
joylashib, pastki jag’ suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Chakka suyagida to’rt 
qism: palla, nog’ora, piramida yoki toshsimon va so’rg’ichsimon qismlari tafovut 
qilinadi. Bu qoismlar o’zaro birikib tashqi eshituv yo’lini (meatus acusticus 
externus) hosil qiladi. 
Chakka suyagining palla qismi (pars squomosa) tashqariga qavargan 
plastinka bo’lib, yuqori chekkasi tepa suyagi va ponasimon suyakning katta qanoti 
bilan tangasimon chok hosil qilib birikadi.
Chakka suyagining nog’ora qismi (pars tympanica) uncha katta 
bo’lmagan, tarnovsimon egilgan plastinka bo’lib, eshituv yo’lini old, orqa va past 
tomondan o’rab turadi. Bu teshik tashqi eshituv yo’liga (meatus acusticus 
externus) davom etib nog’ora bo’shlig’igacha davom etadi. Nog’ora bo’shlig’ini 
lateral devorini hosil qilgan nog’ora qismi orqa tomonda nog’ora-so’rg’ichsimon 
tirqishi (fissura tympanomastoidea) vositasida so’rg’ichsimon o’simta bilan 
qo’shiladi. Eshituv yo’lini old tomonida nog’ora qismi nog’ora-palla tirqishi 
(fissura tympanosquomosa) hosil qilib palla bilan, toshsimon-nog’ora tirqishi 
(fissura petrotympanica)  vositasida tosh qismi bilan birikadi.
Chakka suyagining piramidasi (pars petrosa) uch qirrali piramida shaklida 
bo’lib, suyak moddasining qattiqligi uchun tosh qismi deb ataladi. Uning ichida 
eshituv-muvozanat a’zosi yotadi. Piramida qismi kallada gorizontal yotadi. 
Uning asosi orqaga va lateral tomonga qaragan bo’lib, so’rg'ichsimon o’siqqa o’tib 
ketadi. Piramidaning uchi erkin, oldinga va medial tomonga qaragan. Unda uchta 
yuza: oldingi, orqa va pastki yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi va orqa yuzalari 
kalla ichiga qaragan bo’lsa, pastki yuzasi kalla asosini tashqi tomonidan yaxshi 
ko’rinadi. Uchta yuzaga mos ravishda uchta: yuqorigi, oldingi va orqa qirralar 
tafovut qilinadi. 
So’rg’ichsimon o’simta (processus mastoideus) tashqi eshituv yo’lini
orqasida joylashib tashqi yuzasi qavariq va g’adir-budir. Uning pastki uchi 
yumaloq. O’siqni ichki tomondan so’rg’ichsimon o’yma So’rg’ichsimon o’simta 
ichida so’rg’ichsimon katakchalar (cellulae mastoideae) bo’lib, ular 
so’rg’ichsimon g’or (antrum mastoideum) vositasida o’rta quloqqa qo’shilib turadi.
Chakka suyagi kanallari. 



Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling