O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


G’alvirsimon suyak (os ethmoidale)


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

G’alvirsimon suyak (os ethmoidale) kalla asosining oldingi qismida 
joylashgan bo’lib, burun bo’shlig’i va ko’z kosasining devorlarini hosil qilishda 
ishtirok etadi. U uch qismdan: gorizontal joylashgan g’alvirsimon, o’rtada pastga 
yo’nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki tomonida joylashgan
g’alvirsimon labirintlardan iborat. 
Ilma teshik plastinka (lamina cribrosa) g'alvirsimon suyakning yuqori qismini 
hosil qiladi. U peshona suyagini qalvirsimon o’ymasida
joylashib, oldingi kalla chuqurchasi tubini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Perpendikulyar plastinka (lamina perpendicularis) noto’g’ri beshburchak 
shaklida. U pastga qarab yo’nalib, burun to’sig’ining yuqori qismini hosil qiladi. 


G’alvirsimon labirintlar (labyrinthus ethmoidalis) juft bo’lib, havo saqlovchi
g’ovakli katakchalardan (cellulae ethmoidales) iborat.Ular oldingi (cellulae 
ethmoidales anterior), o’rta (cellulae ethmoidales media) va orqa katakchalarga 
(cellulae ethmoidales posterior) bo’linadi. G’alvirsimon labirint 
perpendikulyar plastinkaning o’ng va chap tomonlarida ilma teshik plastinkaning 
chekkalariga birikkan xolda joylashadi. Uning burun bo’shlig’iga qaragan medial 
yuzasi perpendikulyar plastinkadan tor vertikal yoriq vositasida ajralib turadi. 
Yangi tug’ilgan bola g’alvir suyagi to’rt qismdan iborat. Emizikli davrda 
suyak bir tekis o’sadi. Ilma-teshik plastinka suyaklanib, labirintlar bilan qo’shiladi. 
Uch yoshda burun bo’shlig’ini shilliq pardasi labirint katakchalariga kiradi va 
uning tog’ayi so’rila boshlaydi. Bolalikning birinchi davrida perpendikulyar 
plastinka suyaklanib dimog’ suyagigacha o’sib boradi. Davr oxirida labirint 
kataklari ichidagi tog’ay so’rilib bo’ladi va g’ovaklar hosil bo’ladi. Balog’at 
yoshida suyak taraqqiyoti tugab kattalarnikiga o’xshab qoladi. 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling