O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Ensa suyagi 
Ensa suyagi (os occipitale) kallaning miya qismini orqa pastki sohasini 
qosil qiladi. Unda asosiy, yon bo’laklari va serbar qismi tafovut qilinadi. Bu 
qismlar o’zaro birikib, kalla bo’shlig’ini umurtqa
kanali bilan qo’shuvchi katta teshikni (foramen magnum) hosil qiladi. 
Asosiy qismi (pars basilaris) katta ensa teshigini old tomonida joylashgan. 
U 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasi bilan qo’shilib ketadi. Yon qismi (pars 
lateralis) juft, noto’g’ri shaklga ega.
Ensa suyagining serbar qismi (squama occipitalis) tashqariga qavargan 
keng plastinka shaklida.
Yangi tug’ilgan bola ensa suyagi katta teshikni o’rab, bir-biridan tog’ay 
qatlam bilan ajralgan to’rt bo’lakdan iborat. Uning serbar qismi yumaloq shaklda 
bo’lib, tashqi yuzasida tashqi ensa bo’rtig’i ko’rinib turadi. Ichki yuzasi botiq va 
tekis bo’lib, biroz bilingan xochsimon tepalik bor. Yon bo’laklari noto’g’ri 
shaklda. Uning tashqi tomonida bo’g’im bo’rtig’i joylashgan bo’lib, tagida til osti 
nervi kanali o’tadi. Asosiy qismi to’rtburchak shaklida. Uning oldingi chekkasi 
ponasimon suyakdan, yon chekkalari chakka suyagi piramidasidan tog’ay 
qatlamlar bilan ajragan. Ichki yuzasi biroz bukilgan bo’lib, qiyalikni hosil qiladi. 
Tashqi tomonida halqum bo’rtig’i yaxshi bilinmagan. Ensa suyagining taraqqiyoti 
uzoq vaqt davom etib, bolalikning birinchi davrida (4 yoshda) serbar va yon 
qismlari o’zaro qo’shilsa, asosiy qismi yon qismlari bilan bolalikning ikkinchi 
davrida (6-10 yoshlarda) qo’shiladi. Suyakning o’sishi o’smirlik davrida (20 
yoshda) tugaydi. 
Tepa suyagi 
Tepa suyagi (os parietale) juft suyak U kalla qopqog’ining yuqori yon 
qismlarini hosil qiladi. Tepa suyagi tashqariga qavargan to’rt burchakli plastinka 
shaklida. Uning uchta chekkasi tishli bo’lib, qo’shni suyaklar bilan tishli chok 
hosil qilsa, pastki tangasimon chekkasi ponasimon suyak katta qanoti va chakka 
suyagi pallasi bilan birikadi. To’rt qirra o’zaro birikib to’rtta burchakni hosil 
qiladi.
Tepa suyagi endesmal yo’l bilan suyaklanadi. Yangi tug’ilgan bola tepa 
suyagi to’rtburchakli shaklga ega bo’lib, chekkalari tekis, burchaklari yumaloq 
bo’ladi. Tashqi yuzasida tepa do’mbog’i bor, ichki yuzasi silliq. Uch yoshda ichki 


yuzasida qon tomir egatlari, to’rt yoshlarda esa chekkalarida chok tishlari paydo 
bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida qon tomir egatlari chuqurlashib, sagital sinus 
egati paydo bo’lsa, bolalikning ikkinchi davrida tepa suyagi rel’efi tugallanadi. 
Tashqi yuzasida yuqori va pastki chakka chiziqlari paydo bo’lib suyak tuzilishi 
kattalarnikiga o’xshab qoladi. 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling