O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim imperiyasi eramizning I asrida


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rim imperiyasi eramizning I asrida 
Rim imperiyasida I asr davomida ikki sulola 
hokimiyatni boshqardi. Tiberiyning vorisi


836 
Germanikning o’g’li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula 
(37-41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjaxl, 
axloqan buzuq, o’ta mag’rur, takabbur shaxs edi. 
Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi 
siyosatni olib bordi, soliqlarni kamaytirdi. Bir necha 
oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan 
xazinani turli tomosha, mo’l-ko’l sovg’alar bilan 
talon-taroj qildi. Kaligula o’zini “Janob” (Dominis) va 
“Xudo” deb e’lon qilib, omma oldida Yupiter 
qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. Bu aqlsiz 
imperatorning hukmronligi uch yil davom etib 41-yil 
yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey 
boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o’ldirildi. 
Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog’asi 
Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yillar) imperator deb 
e’lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni 
yaxshiladi. O’zining senatdan mustaqil bo’lgan 
ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha 
muasssasalardan tashkil topib, ularni ozod qo’yilgan 
qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvni 
markazlashuvi va imperatorning shaxsiy hokimiyatini 
kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo’shin, 
turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim 
plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga 
tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o’rniga diplomatic 
vositalar qo’llanila boshlandi, faqat 43-yilda 
Britaniyaga harbiy ekspeditsiya uyushtirildi. 
Klavdiyning ikkinchi xotini 33 yoshli Agrippina 54-


837 
yilda uni zaharlab o’ldirdi va o’zini 17 yoshli o’g’li 
Neron Klavdiy Sezarni (54-68-yillar) taxtga chiqardi.
Neron Yuliy Klavdiylar sulolasining ko’zga 
ko’ringan vakillaridan biri. U axloqan buzuq, 
shafqatsiz kishi edi, o’z onasi Agrippinani (62-yil), 
ukasi Britanikni (55-yil), xotini Oktaviani (62-yil), 
ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o’ldirdi. 
Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga 
muhtoj bo’lgani uchun juda ko’p senatorlarni, 
zodagonlarni qatl etib, ularning mol-mulkini 
o’zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi 
harajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o’zi 
musiqa va qo’shiqchilik bilan shug’ullanib, sahnada 
o’ynar edi, Yunonistonga shoirlar ko’rigiga qatnashdi. 
Rimda 64-yilda juda katta yong’in bo’lib, u bir hafta 
davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to’la 
yonib ketdi. Yong’indan keyin Palatin va Eskvilin 
tepaliklari o’rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun 
hashamatli “oltin” saroy qurildi. Xalq ommasi 
o’rtasida Rimdagi yong’inni asosiy sababchisi Neron
deb mish-mish tarqaldi. Neron yong’in aybdori deb 
rimdagi nasroniylar jamoasini aybdor deb topib, ularni 
ommaviy qatl qildi. 
Imperatorning shafqatsizligi, uning zo’ravonligi 
zodagonlarni keskin noroziligini keltirib chiqardi. 
Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh 
etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ularning 
ichida faylasuf-sitoik Lutsiy Anney Seneka, uning 


838 
jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay 
Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat 
keskinlashdi, Parfiya bilan Armaniston uchun uzoq 
davom etgan urush (66-yil) Rimning mag’lubiyati 
bilan tugadi.
Neron oxirgi 2 yil hukmronligi davrida davlat 
boshqaruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush 
davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo’zg’olon 
boshlandi. Neron hukmronligiga qarshi ommaviy 
norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va 
Ispaniyada unga qarshi 68-yil bahorida legionlar 
qo’zg’olon ko’tardilar. Taxt vorisligiga 70 yoshli 
zodagon Serviy Sulpitsiy Gal`ba nomzodi qo’yildi. 
Neronni hech kim himoya qilmadi, hatto pretorian
qismlari ham Galba tomoniga o’tdi. Neron 
yashirinishga urindi, lekin yashirina olmadi. 
Dushmanlar qo’liga tushmaslik uchun u o’zini 
qilichga tashladi. Neronning o’limi bilan Yuliylar-
Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetdi.
Rim imperiyasining navbatdagi hukmdori qisqa 
vaqtga 68-69-yillarda sarkarda Galba bo’ldi. Taxtga 
Italiya provinsiya zodagonlaridan kelib chiqqan o’z 
legionlariga tayanib Tit Flaviy Vespasian chiqdi (69-
79-yillar). U lashkarboshi sifatida Yahudiya urushi 
davrida tanildi. Vespasian yangi Flaviylar sulolasini 
boshlab berdi. Bu sulolaga yana ikki imperator 
Vespasianning o’g’illari Tit va Domitsianlar kirdi.


839 
Vespasian uzoqni ko’ra biladigan aqlli hukmdor 
sifatida imperiyani iqtisodiy va moliyaviy kuchini 
nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini 
qoplash uchun 40 mlrd. sestersiy kerak edi. Imperator 
tejab-tergasga kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va 
yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn va Rim jamoa 
tuaetlariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi 
huquqini mo’l-ko’l tarqatdi hamda senatorlar va 
suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib 
ketgan ozod qo’yilgan qullar bilan to’ldirdi. Flaviylar 
davridan boshlab imperatorlar provinsiya 
zodagonlariga bevosita tayana boshladilar. Vespaian 
70 yoshida 79-yil iyunida vafot qildi. Uning o’g’li Tit 
79-81-yillar taxtga chiqib 42 yoshga yetmasdan 
bezgak kasaligidan vafot qildi. Tit davrida mashhur 
Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum 
shaharlari kul ostiga qoldi (79-yil). Flaviylarning 
so’ngi vakili Domitsian (81-96-yillar) bo’lib o’zining 
mutlaq hokimiyatini o’rnatishga harakat qildi va 45 
yoshida fitnachilar tomonidan o’ldirildi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling