O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Mustaqil ish mavzulari 
Sitseron va uning davri 
Sulla diktaturasi va uning mohiyati 
Rim respublikasi tushkunligining ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy sabablari 
Er. avv. 60-yillarda Rimdagi siyosiy vaziyat 


821 
 
Reyting savollari
1.Er.avv. 137-132-
yillarda 
Evnoy 
boshchiligidagi qullar 
qo’zg’oloni 
qaerda 
bo’lib o’tdi? 
A) Etruriyada 
B) Tirren dengizi 
bo’yida 
S) Sitsiliyada 
D) Rimda 
E) Kampaniyada 
2. Rimda “Er egaligi 
to’g’risida”gi qonunning 
qabul qilish talabi bilan 
kim chiqqan? 
A) Tiberiy Grakx 
B) Yuliy Sezar 
S) Oktavian Avgust 
D) Gay Grakx 
E)A va B 
3. 
Spartak 
boshchiligidagi qullar 
qo’zg’oloni 
qachon 
bo’ldi? 
A) 
er.avv.74-71 
yillarda 
B) eramizning 70-
yillarda 
S) eramizning 69-
yillarda 
D) eramizning 400 
yilida
E) er.avv.137 yillarda 
4.Er.avv. 50-yillarda 
O’rtayer 
dengizida 
dengiz qaroqchiligini 
tugatgan shaxs kim? 
A) Yuliy Sezar 
B) Oktavian Avgust 
S) Antoniy 
D) Pompey 
E) Krass 
5. Er.avv. 104 yilda 
Rimda qanday voqea 
sodir bo’ldi? 
A) qullar ozod etildi
B) qullar qo’zg’oloni 
bo’ldi 
S) Rimga asos solindi 
D) Kampaniyada 
Pompeyning xujumi 
boshlandi 


822 
E) Pompey dictator 
deb e’lon qilindi 
6. 
Spartak 
qo’zg’olonini 
kim 
bostirdi? 
A) Krass 
B) Yuliy Sezar 
S) Gney Pompey 
D) Antoniy 
E) Oktavian 
7. I Triumvirat (3
erkak ittifoqi)ni kimlar 
tuzdi?
A) Pompey, Antoniy, 
Sezar 
B) Sezar, Oktavian, 
Krass 
S) Pompey, Krass, 
Sezar 
D) Krass, Oktavian, 
Pompey 
E) 
Antoniy, 
Kleopatra, Sezar 
8. Sezar qachon 
konsul etib saylandi? 
A) er.avv. 74-yilda 
B) er.avv. 63 yilda 
S) er.avv. 59 yilda 
D) er.avv. 71 yilda 
E) er.avv. 70 yilda 
9. 
Sezar
xokimiyatining asosiy 
tayanchi… 
A) qo’shin edi. 
B) provinsiyalarning 
noiblari edi. 
S) diktatorlar edi 
D) A va B 
E) B va S 
10.Yuliy 
Sezar 
qachon o’ldiriladi? 
A) er.avv.65 yilda 
B) er.avv.170 yilda 
S) er.avv.44 yilda 
D) er.avv. 69-yilda 
E) er.avv. 70-yilda 
11.Yuliy 
Sezar 
o’limidan so’ng uning 
vorisi? 
A) Gney Pompey 
B) Oktaviyan Avgust 
S) Antoniy
D) Krass 
E) B va S 


823 
12. Oktavian va
Antoniy kimlarga 
qarshi chiqdi? 
A) Krassga qarshi 
B) respublikachilarga 
qarshi 
S) 
monarxiya 
tarafdorlariga qarshi 
D) Pompeyga qarshi 
E) A va S 
13. Antoniy Rim 
davlatining qaysi 
qismini idora qilgan? 
A) shimoliy 
B) sharqiy 
S) janubiy-g’arbiy 
D) g’arbiy 
E) janubiy 
14. Antoniy va 
Oktavian o’rtasidagi 
xal qiluvchi jang 
qaerda bo’lgan? 
A) Tirren daryosi 
bo’yida 
B) Kampaniyada 
S) Rimda 
D) Aksiy burni 
yonida 
E) Galliyada 
15. “Rim sotqin 
shahar kimki uni 
sotib olishni istasa 
albatta unga erishadi” 
degan so’zlar kimga 
tegishli? 
A) Yuliy Sezarga 
B) 
Numidiya 
podshosi Yugurtaga 
S) Misr malikasi
Kleopatraga 
D) Krassga 
E) Pompeyga 
16.”Pekuliy” nima? 
A) qullarni sotish 
huquqi
B) qullarga chek 
erlar berish 
S) qullardan erlarni 
tortib olish 
D) qullarni ozod 
qilish 
E) A va B 
17. Xrisogon kim 
bo’lgan? 
A) Sullaning ozod 
qo’yilgan quli


824 
B) Rim konsuli
S) Rim senatori 
D) Sezarning raqibi 
E)diktator 
18. “Rim sotqin 
shahar, kimki uni 
sotib olishni istasa 
unga 
albatta 
erishadi”-bu so’zlar 
muallifi kim? 
A) Yugurta 
B) Gay Mariy 
S) Sitseron 
D) Polibey
E) Romul 
19. Rimda qachondan 
boshlab qullar ozod 
qilina boshlandi? 
A) er. avv. I asrning I 
yarmidan 
B) er. avv. II asrning 
II yarmidan 
S) er. avv. IV asrning 
I yarmidan 
D) er. avv. IV asrning 
II yarmidan 
E) er. avv. V asrning I 
yarmidan 
20. 80-yilda Pont 
podshosi 
kim 
bo’lgan? 
A) Mitridat V 
B) Yugurta 
S) Gay Mariy 
D) Sitseron 
E) Polibey 
21. Mitridat qanday 
kishi? 
A) 22 tilni bilgan, har 
tomonlama 
ma’lumotli, ma’rifatli 
kishi 
B) manfaatdor kishi 
S) fitnachi 
D) xiyonatkor kishi 
E) o’g’ri 
22. Er. avv. 83-yilda 
Sulla o’z qo’shini 
bilan qayerga yurish 
qildi? 
A) Yunonistonga 
B) Istambulga 
S) Eronga 
D) Bobilga 


825 
E) Sirakuzaga 
23. Er. avv. 32-yilda 
rimliklar 
qaysi 
davlatga qarshi urush 
e’lon qildi? 
A) Misr 
B) Afrika 
S) Bobil 
D) Eron 
E) Yunoniston 
24. Er. avv. 44-yilda 
konsul kim edi? 
A) Mark Antoniy 
B) Sezar 
S) Gay Mariy 
D) Yugurta 
E) Mitridat 
25. Er. avv. 43-
yilning 
aprelida
rimliklar bilan Latina 
yonidagi jangda kim 
yengildi? 
A) Antoniy 
B) Sezar 
S) Tarent 
D) Mitridat 
E) Gay Mariy 
26. Er. avv. 30-yilda 
Oktavian qayerga 
yurish qildi? 
A) Rimga 
B) Suriyaga 
S) Misrga 
D) Bobilga 
E) Afinaga 
27. Er. avv. 60-
yillarda Bosfor 
podshosi Mitridat 
qo’shinlarini yengib, 
Armanistonni vassal 
davlatga aylantirgan 
Rim sarkardasi kim? 
A) Pompey 
B) Sezar 
S) Gay Mariy 
D) Katilina 
E) to’g’ri javob yo’q 
28. Galliyada 300 ta 
qabilani 
bo’ysundirgan, 800 
shaharni qamal qilib 
olgan, 1 mln. kishini 
asir olgan rimlik 
sarkarda kim? 
A) Yuliy Sezar 


826 
B) Gney Pompey 
S) Gay Mariy 
D) Konstantin 
E) Adrian 
29. Parfiyaga qarshi 
yurishga tayyorgarlik 
davrida fitna qurboni 
bo’lgan 
rimlik 
sarkardani ayting? 
A) Yuliy Sezar 
B) Gney Pompey 
S) Trayan 
D) Arkadiy 
E) Tatsit 
30. 
Oktavian 
nechanchi 
yilda 
Misrga qarshi urush 
e’lon qildi? 
A) er. avv. 32-yilda 
B) er. avv. 31-yilda 
S) er. avv. 30-yilda 
D) er. avv. 29-yilda 
E) er. avv. 34-yilda 
31. Er. avv. 55-yilda 
Rimda konsul qilib 
saylangan siyosiy 
arboblarni ko’rsating? 
A) Krass va Pompey 
B) Sulla va Sezar 
S) Oktavian va 
Antoniy 
D) Sezar va Pompey 
E) to’g’ri javob yo’q 
32. Er. avv. 80-60-
yillarda Rimning 
asosiy raqiblaridan 
biri 22 tilni bilgan, 
har 
tomonlama 
ma’lumotli bo’lgan 
Pont 
podshosini 
ko’rsating? 
A) Mitridat VI 
B) Vologes 
S) Yugurta 
D) Mitridat I 
E) to’g’ri javob yo’q 


827 
 Ilk imperiya davri 
 
Avgust prinsipati 
Aktsiy qo’ltig’idagi g’alaba natijasida 33 yoshli 
Oktavian (er. avv 30-yildan. eramizning 14-yiligacha) 
ulkan davlatning yagona hukmdoriga aylandi. U 
diktatura va umrbod senzorlikdan voz kechdi, hech 
kim uni podsholikka intilmoqda deb o’ylamasligi 
uchun Romul nomini va dominus (janob) unvonini 
inkor qildi. Oktavian er. avv. 30-yildan plebey tribuni 
hokimiyatiga ega edi, er. avv. 29-yilda senatdan 
qo’shin qo’mondoni, va ichki va tashqi siyosat 
sohalarida oliy hokimiyatda egalikni bildiradigan 
umrbod imperator unvonini oldi. Er. avv. 28-yilda 
senatda navbatdagi tozalashni o’tkazib Oktavian 
senatning printsepsi (“birinchi”-latin tilidan 


828 
to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi) unvonini oldi. Respublika 
rimida printseps unvoni senatorlar ro’yxatidagi eng 
keksa va eng hurmatli fuqaroni senatdagi o’rnini 
bildirar edi. Bu unvon Oktavianga o’z fikrini birinchi 
bo’lib bildirishga va senatning qaroriga ta’sir qilishga 
imkon yaratdi. Senat unga Avgust (“Xudolar 
ulug’lagan”) unvonini berib, uning hokimiyatini 
muqaddas ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari 
Oktavian Avgust oliy harbiy hokimiyatga egaligi, 
umrbod konsul, xalq tribuni bo’lganligi uchun “veto” 
(ta’qiq) huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo’ldi.
Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga 
shaxsan qaram bo’lgan provintsiyalardan keladigan 
daromadlar va senat xazinasi bilan yonma – yon ta’sis 
etilgan printseps xazinasi-fisk tashkil qildi. Uning 
davrida respublika muassasalari senat, konsullar, 
kvestorlar lavozimi saqlab qolinib, barcha mansabdor 
shaxslar ma’lum bir muddatga saylanar edi. Avgust 
senatdan barcha ozod qo’yilgan qullarni chiqarib 
unga Italiya munitsipiylari va koloniyalarining 
zodagonlarini kiritdi. O’zining hokimiyati uchun 
xavfli bo’lgan yirik yer egalari va boylarni ijtimoiy 
ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni 
o’ziga moyil qildi. Oktavian Avgustni yana bir tabaqa 
suvoriylar qo’llab quvvatladi. Bu tabaqaga printseps 
muhim imtiyozlarni berdi. Suvoriylar uchun 400000 
sestertsiy mulk senzi belgilanib, eski respublika 


829 
an’analari bilan bog’lanmagan bu qatlamga boylik 
orttirgan mulkdorlar kiritildi. Ba’zi bir yuqori 
mansablar suvoriylarga berildi.
Oktavian shaharning quyi qatlamlarini ham o’z 
tomoniga og’dirib olish uchun ularga tekin non 
tarqatib, tomoshalar uyushtirdi. O’sha davrda Rimda 
yashagan million aholidan kamida 200000 kishi 
davlatdan bepul non olar edi.
Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo’shin edi. 
Legionerlarga oylik muntazam to’lab turildi. Qo’shin 
professional bo’lib Rim fuqarosi harbiy xizmatga 
kirgan vaqtda-shaxsan printsepsga sodiqlik to’g’risida 
qasamiyod qilar edi. Harbiy xizmat 25 yil qilib 
belgilandi. Provinsiyalardagi fuqarolar yordamchi 
qo’shinlar tarkibida xizmat qilar edi. Lashkarboshilik 
qobiliyati bo’lmagan va urushlar olib borishni 
yoqtirmagan imperator imperiyaning hududlarini 
kengaytirishni emas, balki mavjud bo’lgan hududlar 
chegaralarini mustahkamlashni afzal ko’rdi.
Faqat Er. avv. I asr oxirida Oktavianning vorislari 
davrida Alp tog’lari hududi va Dunay havzasida
keng hududlar bosib olindi. Bosib olingan bu 
hududlarda Pannoniya va Meziya provinsiyalari 
tashkil etildi. 
Imperiyaning shimoldagi chegaralari Reyn va 
Dunay daryolari bo’ldi. Rimliklarni Reyn va Elba 
daryolari havzasida o’rnashib german provinsiyasini 
tashkil qilishga urinishlari to’la mag’lubiyat bilan 


830 
tugadi. Xerusk qabilari yo’lboshchisi Arminiy 
boshchiligida Tevtonburg o’rmonida Rimning uch 
legioni tor-mor qilindi. 
Oktavian sharqda urush harakatlarini olib 
bormadi. Parfiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. 
Er. avv. 20-yilda parfiyaliklar bilan tinchlik 
shartnomasi tuzilib, rim qo’shinlarini er. avv. 53-, 40- 
va 36-yillardagi mag’lubiyatlari natijasida bosib 
olingan asirlar, bayroqlar rimliklarga hamda garovga 
olingan zodagon rimliklar qaytarib berildi. Ikki davlat 
o’rtasidagi chegara Frot daryosi bo’yicha belgilandi. 
Oktavian Kichik Osiyo va Suriyaning sharqida Rimga 
qaram, vassal davlatlarni saqlab qoldi.
Qo’zg’olonchi Galliya er. avv. 27-yilda to’la 
bo’ysundirilib, 4 provinsiya: Narbon Galliyasi, 
Lugdun Galliyasi, Belgika va Akvitaniyaga rasman 
bo’lindi. Pireney yarim orolining shimoliy-g’arbida 
jangovar astur va kantabr qabilalari bilan er. avv. 28-
19-yillarda og’ir urush olib borilib, bu urush er. avv. 
19-yilda g’alaba bilan tugallandi. Shundan so’ng 
Pireney yarim oroli uch provinsiya: Tarrakon 
Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika tashkil qilindi. 
Rimliklar er. avv. 25-15-yillarda salass, ret va vindelik 
qabilalarini bo’ysundirib, Retsiya provinsiyasini 
tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida ochib 
qo’yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari Oktavianni 
o’zi bosh kohin sifatida tinchlik davri boshlanganini 


831 
bildirib, tantanali yopdi. Yo’llardagi va dengizdagi 
qaroqchilik tugatildi.
Avgust o’ziga shaxsan bo’ysunadigan, uni hayoti 
uchun ma’sul bo’lgan shaxsiy qo’riqchi pretorian 
qismi (gvardiya)ni tuzdi. Avgust davrida Rimda ilk 
bor o’t o’chirish qismlari tuzildi.
Oktavian murosalar olib borishga juda usta bo’lib 
senat bilan hokimiyatni bo’lishdi. Provinsiyalar 
imperator va senat o’rtasida taqsimlandi. Misr 
imperatorning shaxsiy mulki hisoblanar edi. Boy va 
strategik jihatdan muhim bo’lgan provinsiyalar 
imperatorning bevosita nazorati ostida bo’lib, legatlar 
tomonidan boshqarilar edi. Senat ixtiyoridagi 
provinsiyalarga ham amalda imperator hokimiyati 
nazorati ostida edi.
Davlat boshqaruv apparatini tartibga solish bilan 
birga Oktavian rim jamiyati va oilasini 
mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni qabul qildi. 
Qonunlar foxishabozlikni, erga xiyonatni, 
isrofgarchilikni qattiq jazoladi. Qadimgi rim urf-odat, 
an’analarini qayta tiklashga tomon yo’l tutildi, oila 
mustahkamlanib, ko’p bolalik oila rag’batlantirildi. 
Senator va suvoriylarga ozod qo’yilgan qullar bilan 
nikoh taqiqlandi. Qullarni ozodlikka chiqarish 
cheklandi. Vasiyat bo’yicha ozod qilinadigan qullar 
soni kamaytirildi. Boshqa bir qonunga xo’jayin qul 
tomonidan shu vaqtda uyda bo’lgan barcha qullar 
o’lim jazosiga hukm qilinar edi. 


832 
Avgust qadimgi rim diniy an’analarini qayta 
tiklashga harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar qayta 
tiklandi. Shu bilan birga sharqdan kelgan yangi xudo 
va ma’budalar ta’qib ostiga olindi. Rimda magiya va 
astrologiya ta’qiqlandi. 
Oktavian kasalmand kishi bo’lsada 44 yil 
hukmronlik qildi, 76 yoshida eramizning 14-yilida 
vafot qildi. Uning hokimiyatini birinchi xotini 
Liviyaning birinchi nikohidan bo’lgan o’g’li Tiberiy 
Klavdiy Neron (14-37-yillar) egalladi. Yangi 
printsepsning hokimiyatga kelishi hech kimning
e’tiroziga sabab bo’lmadi, chunki boshqaruvni yangi 
shakli amalda o’z samarasini ko’rsatdi. Bundan 
tashqari unga ko’nikma hosil bo’lgan edi. 
Tiberiy shijoatli lashkarboshi va qobiliyatli
boshqaruvchi edi. Boshqa Tiberiy Oktavianning 
siyosiy yo’li va qoidalarini davom ettirib senat bilan 
to’la kelishuv asosida davlatni boshqardi. Tiberiy 
komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib 
senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan tejamkorlik 
siyosatini olib bordi (o’zidan keyin xazinada 2 mlrd. 
700 mln. sestersiy qoldirdi). Provinsiyalar 
boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat ma’naviy 
hayotini sog’lomlashtirishga harakat qildi. Eskicha 
turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmdor 
tabaqa barcha islohotlarga norozilik bildirib, passiv 
qarshilik ko’rsatdi. Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi. 
Imperator 26-yilda Rimdan Kapri oroliga ko’chib 


833 
o’tdi va 10 yil shu yerda yashadi. 77 yoshli kasal
imperator 37-yil mart oyida pretor prefekti Makron 
buyrug’i bilan bo’g’ib o’ldirildi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling