O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
12. Drezinaning oldinga (farasi bilan oldinga) yurishi asosiy hisoblanadi. Orqaga
yurishga stansiyadagi manyovrlarda istisno sifatida ruxsat beriladi. 13. TD-5 drezinalarning harakat tezligi peregonlarda 50 km/soat dan, stansiya yo’lllarida 25 km/soat dan, strelkalarda esa, 15 km/soat dan oshmasliga lozim. Ko’rinish yomon bo’lganda drezinalarning harakat tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim, yoritgichlar (fara va ortidagi qizil signal chiroq) qo’shilgan bo’lishi kerak. 14. Drezinani prisep (tirkama) bilan va priseplarni o’zaro, faqat namunaviy asboblar vositasida, drezinalar tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq tirkashga ruxsat etiladi. Drezinalar harakatida o’z-o’zidan ajralib ketish ehtimoli istisno qilinishi lozim. Drezinani platforma va vagonlar bilan tirkash taqiqlanadi. 15. Drezina harakatlanishi vaqtida: drezina yoki prisepda turish, bortlarda o’tirish, prisepdan prisepga o’tish, to’liq to’xtamaguncha drezina yoki prisepdan tushish yoki ularga chiqish, harakat vaqtida, shuningdek, yonilg’i quyo’layotgan vaqtida chekish taqiqlanadi. 16. Bir paytning o’zida drezinada ketayotganlar soni quyidagidan oshmasligi lozim: TD-5 drezinasida 6 kishi, yuk ortilmagan prisepda 10 kishi, yuk ortilganida faqat prisepni tormozlash uchun 1 kishi. Yuklarni bevosita drezinada tashishga yo’l qo’yilmaydi. 17. Ishchilarni yoki yuklarni tashish uchun prisepli drezina yo’lga chiqqanida uning ishiga umumiy rahbarlikni lavozimi yo’l brigadiri, hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigidan past bo’lmagan xodim amalga oshiradi. Priseplarda ishchilar guruhi tashilganda har bir prisepda mas'ul xodim-tajribali ishchi (guruh boshlig’i) tayinlanib, u shu prisepda bo’lib, tartibni va tashilayotgan odamlarning xavfsizligini kuzatib borishi lozim. Priseplarda tormozlash uchun ishchilar bo’lmaganda prisepli drezinalarni harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk ortilgandan so’ng tormoz richaganing erkin yurishiga ishonch hosil qilinishi lozim. Tormoz richagini tashilayotgan yuk bilan to’sib qo’yish taqiqlanadi. O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga 5-ilova Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling