O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


OLIB QIYO’LADIGAN DREZINALARNI HARAKATLANISH TARTIBINING


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

OLIB QIYO’LADIGAN DREZINALARNI HARAKATLANISH TARTIBINING 
ASOSIY QOIDALARI 
1. Olinadigan drezinalarning harakati poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon 
yopilib amalga oshiriladi. 
Tonnel yoki katta ko’prikka ega, shuningdek, yo’lning murakkab plan va profiliga ega 
peregonlarda drezinalarni harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
Drezinalarni harakati poezdlarni jadval bo’yicha harakati buzilishiga olib kelmasligi 
lozim. 
Drezinalar peregonga jo’natilgan taqdirda ularning harakati to’g’risida pereezd 
navbatchilarini ogohlantirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
2. Drezinalarni peregonni egallab harakatlanishi drezina tasarrufida bo’lgan yo’l 
boshqarmasining (lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmagan) mas'ul xodimi yoki boshqa 
xizmat (hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigi yoki ustasi) xodimlarining 
talabnomasiga binoan poezd dispetcheri tomonidan ruxsat etiladi. Peregonni egallash uchun 
drezina haydovchisiga dioganali bo’yicha qizil tasmali oq rangdagi ruxsatnoma taqdim etiladi. 
3. Sutkaning qorong’i vaqtlarida, shuningdek, tuman, qor yog’ayotgan, bo’ron paytida 
va -5°S dan past temperaturada, sharros yomg’irda drezinalarni peregonga chiqishi 
taqiqlanadi. 
4. Harakat paytida drezinalar O’zbekiston Respublikasi temir 
yo’llarida 
signallashtirish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq signallarga ega bo’lishi lozim. 
Signallarsiz drezinani yo’lga qo’yish taqiqlanadi. 
5. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida drezinalarni harakat tartibi DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
6. Drezinani kuzatib boruvchi kishilar soni quyidagidan kam bo’lmasligi kerak: TD-5 
drezinalarda 4 kishi, ID va SM-4 drezinalarda-2 kishi. 
Lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmatan xodim, hudud kontakt tarmog’ining 
elektromexanigi yoki ustasi, ular yo’qligida esa drezina haydovchisi drezinani kuzatib 
borayotgan boshliq hisoblanadi. 
Yo’ldan olingan drezina inshootlarning yaqinlashish gabaritlari buzilmasdan 
o’rnatilishi lozim. 
7. Stansiyadan jo’natilayotgan drezina biron ishlarni bajarish uchun peregonda 
to’xtashi kerak bo’lsa, stansiya navbatchisi peregonni egallashga ruxsatnomadan tashqari 
ushbu Yo’riqnomaning 232-bandiga muvofiq ogohlantirish beradi. Peregonni ogohlantirishda 
belgilangan vaqtdan ortiq band etish taqiqlanadi. 
8. Drezina haydovchisini Texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi 
temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir 
yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma, yo’l ishlarini bajarishda 
poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnoma, texnika xavfsizligi 


qoidalarini bilishi sinab ko’rilishi kerak va u o’z yonida hamma vaqt drezinani boshqarishga 
xuquq beruvchi guvohnomasini olib yurishi lozim. 
Haydovchilarga drezinani boshqarishni boshqaruv xuquqiga ega bo’lmagan shaxslarga 
topshirishi taqiqlanadi. 
9. Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim drezina harakati va undagi odamlar 
xavfsizligi uchun mas'uldir. U poezdlar harakati jadvaliga ega bo’lishi va stansiyadan 
peregonga jo’nashdan oldin o’z soatini stansiya navbatchisi soati bilan to’g’rilashi, 
shuningdek, drezinaning to’liq sozligiga ishonch hosil qilib, signallar mavjudligi va yonilg’i 
bilan ta'minlanganlikni tekshirib ko’rishi lozim. 
Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodimga stansiya navbatchisining ma'lumisiz 
drezinada stansiya hududida harakatlanishi, shuningdek, poezd dispetcherining buyrug’isiz 
yoki tegishli ruxsatnomasiz peregonga chiqishi taqiqlanadi. 
Drezinada peregonga chiqishda boshliq xodim o’ta hushyor bo’lishi kerak. 
10. Pereezdlardan, ayniqsa, navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydiganidan va yo’l 
ishlari olib borilayotgan uchastkalardan o’tishda drezina haydovchisi o’ta ehtiyotkor bo’lishi 
lozim. 
11. Peregondan stansiyaga kelgan drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim darhol 
shaxsan yoki telefon orqali bu to’g’rida stansiya navbatchisiga xabar qilib, so’ng uning 
ko’rsatmalariga amal qilishi shart. 
Stansiya navbatchisi poezdlar harakati jurnalida drezinani kelgan vaqtini qayd etishi 
va peregonni ochib, poezdlar harakatini asosiy aloqa vositalari bo’yicha tiklash uchun bu 
xaqda jo’natgan stansiya navbatchisi va poezd dispetcheriga xabar qilishi shart. 
Agar drezina harakatining oxirgi punkti peregonda joylashgan bo’lsa, u yo’ldan olinib, 
gabarit masofasiga o’rnatilganidan so’ng mas'ul rahbar ishlar yakunlangani to’g’risida poezd 
dispetcheriga yoki peregonni chegaralovchi stansiyalardan birining navbatchisiga xabar qiladi 
va uning asosida poezdlarning harakati tiklanadi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling