HARAKAT TARKIBINI TORMOZ BOSHMOQLARI BILAN
MAHKAMLASHNING ME’YORLARI VA ASOSIY QOIDALARI
1.
Ushbu Yuriqnomaning 11-bobida bayon etilgan talablarga muvofiq vagonlar
stansiya yo’llarida mahkamlanganida quyidagi eng kam me'yorlarga tayanish zarur:
1.1. Gorizontal va nishabligi 0,0005 gacha bo’lgan yo’llarda istalgan sondagi
vagonlarni (harakat tarkibi, vagonlar guruhi yoki yakka vagonni) ikki tomondan mahkamlash
uchun bittadan tormoz boshmog’i;
1.2. Nishabligi 0,0005 dan katta bo’lgan yo’llarda mahkamlanish me'yorlari quyidagi
hisob formulalari bo’yicha aniqlanadi:
1.2.1. yakka vagonlar, shuningdek, og’irligi (brutto) bo’yicha bir turdagi harakat
tarkibidan tashkil topgan tarkib yoki guruhlar: ularning turidan qat’iy nazar yuklangan yoki
bo’sh yuk vagonlar, motorvagon harakat takribini o’z ichiga oluvchi yo’lovchi park vagonlari;
refrijerator vagonlar, guruhda (seksiyada) barcha vagonlar ortilgan yoki bo’sh (shu jumladan
mashina bo’limi bilan bo’sh seksiya) bo’lish sharti bilan; ish faoliyatida bo’lmagan
lokomotivlar yig’masi;
1.2.2. aralash (og’irligi bo’yicha har turli) yuklangan va bo’sh vagonlardan yoki turli
og’irlikdagi yuklangan vagonlardan (tormoz boshmoqlari o’qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan
kam bo’lmagan vagonlar ostiga qo’yillishi, bunday vagonlar bo’lmagan taqdirda – o’qlar
yuklamasi kamroq bo’lgan, lekin mahkamlanayotgan guruh uchun eng maksimal bo’lgan
vagonlar ostiga qo’yillishi sharti bilan) tashkil topgan tarkib va guruhlar mahkamlanganda.
Ushbu ilovaning 1.2.1 va 1.2.2 bandlarida ko’rsatilgan shartlar bajarilganda (1)
formula qo’llaniladi:
bunda: K - tormoz boshmoqlarining zaruriy miqdori;
n - tarkibdagi (guruhdagi) o’qlar soni;
i - yo’l yoki yo’l bo’lagi nishabligining mingliklardagi o’rtacha kattaligi;
(1,5 i +1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori;
1.2.3. og’irligi bo’yicha har turli vagonlardan tashkil topgan tarkiblar yoki
guruhlarning mahkamlanishida, agar tormoz boshmoqlari bo’sh vagonlar ostiga, o’qlarga
yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo’lgan vagonlar (guruhdagi eng og’ir bo’lmagan vagonlar)
ostiga yoki o’qlarga yuklamasi noma'lum bo’lgan vagonlar ostiga qo’yilganda, (2) formula
qo’llaniladi:
bunda: (4 i+1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori;
Do'stlaringiz bilan baham: |