O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
O’TA EHTIYOTKORLIKNI TALAB ETUVCHI YUKLAR ORTILGAN
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
O’TA EHTIYOTKORLIKNI TALAB ETUVCHI YUKLAR ORTILGAN
VAGONLARNI VA MAXSUS HARAKAT TARKIBINI POEZDLARGA QO’YISH TARTIBI 1. Poezdlarga qo’yishda alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi yuklar ortilgan vagonlar (sisternalar) ayrim holatlarda lokomotivlardan, odamlar ketayotgan vagonlardan, bir-biridan to’siq bilan ajratilishi lozim. Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi yuklarni tashish shartlari, ro’yxati va to’silishning belgilangan me'yorlari yuklarni temir yo’llarda tashish qoidalarida keltiriladi. Bunday yukning asosiy xususiyatlari, shuningdek, to’silishning zarur me'yorlari xaqidagi ma'lumotlar yuk jo’natuvchi tomonidan tashish hujjatlarida ko’rsatiladi. 2. Poezd tarkibida harakatlanishga yaroqsiz, yurish qismlari soz bo’lgan yakka vagonlar vagon depolari yoki yuvish-bug’lash stansiyalari tomonidan belgilangan yuborish hujjatlari tuzilgandan so’ng ta'mirlash punktlariga faqat alohida lokomotivlar bilan jo’natilishi lozim. 3. Temir izlar eni 1520 mm bo’lgan temir yo’llar bo’ylab nogabarit va og’ir yuklarni tashish bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan 4, 5 va 6-darajali yon va past nogabaritli yuklar ortilgan vagonlar poezdning boshidan va oxiridan kamida bitta gabaritli yuk ortilgan yoki bo’sh vagon bilan to’silishi kerak. Yon va pastki nogabaritli yuklar (1-3-darajali nogabarit yuklardan tashqari) ortilgan vagonlarni uzun tarkibli poezdlarga qo’yish taqiqlanadi. Nazorat ramali vagon poezdning boshiga qo’yiladi yoki nazorat ramasi yuqori zonada yaxshi ko’rinishi uchun lokomotivdan bitta bo’sh platforma bilan ajratiladi. O’ta nogabarit yukli vagonlar poezd tarkibiga nazorat ramali vagondan kamida 20 ta vagon uzoqlikda qo’yiladi. Alohida lokomotivli maxsus poezdda o’ta nogabarit yuk nazorat ramasi bilan tashilganda, ushbu yuk ortilgan vagon nazorat ramali vagondan kamida beshta vagon bilan ajratilishi lozim. Poezd orqasidan bunday yukli vagon, bittadan kam bo’lmagan, gabarit yukli yoki bo’sh vagondan iborat to’siqqa ega bo’lishi kerak. Poezd tarkibiga yuk ko’tarish qobiliyati 240 t gacha bo’lgan yuk ortilgan transportyorlarni qo’yishga ruxsat etiladi. Yuk ko’tarish qobiliyati bundan ortiq bo’lgan transportyorlarni yuk ortilgan va bo’sh holatda harakatlanish tartibi ushbu transportyorlardan foydalanish texnikaviy shartlari yoki DATK ning alohida ko’rsatmalari bilan belgilanadi. Poezdlarga o’qlar soni 12 ta va undan ortiq bo’lgan (bir yoki ikki oraliq platformalari bilan yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan ulangan turdagi transportyorlardan tashqari) yuk ortilgan tranportyorlar qo’yilganda, ular bilan yonma-yon har ikkala tomondan kamida ikkitadan ko’pi bilan 40 tonna yuk ortilgan yoki bo’sh istalgan turdagi vagonlar to’siq sifatida qo’yillishi lozim. Bir poezdda bir necha shunday transportyorlar harakatlanganda, ular o’rtasida kamida 3 ta shunday to’sish vagonlari qo’yiladi. 8 va undan ortiq o’qqa ega bo’sh transportyorlar, shuningdek, yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna (tip kodlari 3960 va 3961) va 240 tonna (tip kodi 3974) bo’lgan ulangan turdagi transportyorlar, og’irligi 3 ming tonnadan ortiq bo’lgan poezdlarda harakatlanganda, ularni faqat poezd tarkibining oxirgi choragiga qo’yishga ruxsat etiladi. Poezd og’irligi kamroq bo’lsa, ushbu transportyorlarni poezd tarkibining istalgan qismiga qo’yish mumkin. 4. Umumiy foydalanishdagi temir yo’llar bo’ylab xopper-dozatorlarni faqat berk marshrutlar bo’ylab, har bir marshrutda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun bitta vagon bilan harakatlanishiga yo’l qo’yiladi. Har bir marshrutda xopper-dozatorlarning soni texnologik talablardan va ortilgan yukni tushirish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, aniqlanadi. Ballast materiallarni boshqa temir yo’llardan olib chiqish, shuningdek, saqlash uchun qishki omborlarga tashib kiritish, odatda, juft marshrutlar bilan amalga oshirilishi lozim. Xopper-dozator marshrutlarini, oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va marshrutlarning harakat tezligini cheklamaydigan dumpkarlardan tashqari (6 VS-60, 7 VS-60 va VS-66 turdagilardan mustasno) istalgan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat etiladi. Bunda SNII-2 va SNII-3 xopper-dozatorlardan iborat marshrutlar uchun yuk ortilgan tarkibning og’irligi 2600 tonnadan oshmasligi lozim. Bunday yuk poezdlarining harakatlanish tezligi poezddagi xopper-dozatorlarning harakat tezligidan ortiq bo’lmasligi lozim. Xopper-dozatorlardan iborat marshrutning bo’sh yoki yuk ortilgan holatda harakatlanish uchastkasi bo’ylab belgilangan tezlikda harakatlanishga tayyorligi xaqida xopper-dozator marshrutining mashinisti tashish hujjatlarida marshrutning harakatlanishga tayyorligi, xopper-dozatorning barcha yuk tushirish-dozirovka qurilmalari tekshirilganligi, ko’rikdan o’tkazilganligi, to’liq transport holiga keltirilganligi xaqida yozuv kiritishi shart. Yuk ortilgan holatda harakatlanganda bunday yozuv yuk qog’ozi (nakladnoy)ga, bo’sh holatda harakatlanganda esa yuborish vedomostiga kiritiladi. Vagon qismlarining ko’rigi va zarur ta'miri texnikaviy xizmat ko’rsatish punktining xodimlari tomonidan odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Kuzatuvchisiz xopper-dozatorlar yuk poezdlarida faqat bo’sh holatda ishlab chiqargan zavodlarning, vagon depolarining, ta'mirlash zavodlarining, ro’yxatga olingan joyiga o’tkazish zarurligida yo’l xo’jaligi bo’linmalarining talabnomalariga binoan, shuningdek, ta'mirlash uchun va ta'mirdan chiqqanda, regulirovka tartibida va h.z. holatlarda stansiya xisobotini va nosoz vagonlar mavjudligi va ta'miri hisobini yuritish bo’yicha amaldagi ko’rsatmalarga muvofiq tashish rasmiylashtirilgandan so’ng yuborilishi mumkin. Jo’natishdan avval jo’natuvchi xopper-dozatorlarni to’liq transport holatiga keltirishi, harakatga tayyorligi va harakatning yo’l qo’yiladigan tezliklari to’g’risida esa jo’natish stansiyasida yuborish hujjatlariga tegishli yozuv kiritishi lozim. Nosozligi tufayli vertushkadan ajratilgan yuk ortilgan xopper-dozator ta'mirga yuborilishdan oldin yuki tushirilishi va shundan so’ng to’liq transport holatiga keltirilishi lozim. Faqat jo’natishga talabnoma, yuborish va tashish hujjatlari mavjudligidagina, stansiya boshlig’i xopper-dozatorlarni jo’natadi. 5. Boshqa vazirlik va idoralarning tashkilot va korxonalariga tegishli dumpkarlarning DATK temir yo’llarida harakatlanishi DATKning ko’rsatmalari asosida olingan ruxsatnomalar va mintaqaviy temir yo’l uzeli hududida - DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan, temir yo’l hududida - DATK boshqaruvi raisi tomonidan, ikki va undan ortiq temir yo’llar hududida - SSJD tomonidan belgilangan shartlar bo’yicha amalga oshiriladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling