O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

(5-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
DATK temir yo’llari bo’ylab harakatlanishga ruxsatnoma berilishidan avval 
dumpkarlar, tarkibini "O’zdavtemiryo’lnazorat" belgilagan komissiya tomonidan ko’rikdan 
o’tkazilib, 
dumpkarlar 
harakatlanishiga 
talabnomada 
ko’zda 
tutilgan 
sharoitlarda 
foydalanishga yaroqligi tekshiriladi. Ko’rik natijalari xaqida vagonlarning texnikaviy holati 
va DATK temir yo’llarida harakatlanishga yaroqliligini aks ettiruvchi dalolatnoma tuziladi. 
SSJD yo’llarida dumpkarlar quyidagi holatlarda harakatlanadi: 6VS-60, 7VS-60 va 
VS-66 dumpkarlar - yuk poezdlari, to’liq tarkibli marshrutlar va yiriklashtirilgan guruhlarda, 
bo’sh yoki yuk ortilgan holatda tuzish rejasiga muvofiq istalgan harakat tarkibi bilan 


to’ldirilib harkatlanadi; barcha boshqa turdagi dumpkarlar - tegishli turdagi dumpkarlar uchun 
belgilangan tezliklarda, og’irligi 2600 tonnadan ortiq bo’lmagan alohida marshrutlarda, bo’sh 
holatda belgilangan uzunlikkacha, yuk ortilgan holatda esa belgilangan og’irlikkacha istalgan 
harakat tarkibi bilan to’ldirilib harakatlanadi. 
Dumpkar marshrutlarini faqat oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va 
dumpkar marshrutlari tezligini cheklamaydigan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat 
etiladi. 
Dumpkar marshrutlari va barcha turdagi dumpkarlarning yiriklashtirilgan guruhlari
machinist hamda egalik qiluvchi korxona yoki tashkilot tomonidan tayinlangan, 
dumpkarlarning tuzilishi va ulardan foydalanishni biladigan mashinist yordamchisidan iborat 
brigada tomonidan kuzatiladi. 
Ta'mirga, ish joyiga jo’natilayotgan yoki ta'mirdan qaytayotgan dumpkarlar 
poezdlarda faqat bo’sh holatda, yuk poezdlari uchun belgilangan tezliklarda (VS-100 va 2VS-
1O5 dumpkarlari uchun 80 -km/soatdan ortiq bo’lmagan tezlikda) jo’natiladi, bunda 6VS-60, 
7VS-60 va VS-66 dumpkarlari poezdning istalgan qismida qo’yillishi mumkin bo’lsa, boshqa 
turdagilari yuk poezdining ortiga ulanadi. 
DATK yo’llaridagi dumpkar-vagonlarga DATK parkidagi vagonlar qatori texnikaviy 
xizmat ko’rsatiladi. 
Texnikaviy va tijorat nosozligi tufayli yuk ortilgan dumpkarlar marshrutlardan yagona 
yuk qog’ozi bo’yicha yuklarni marshrutlar va vagonlar guruhi bilan tashish qoidalariga 
muvofiq amalga oshiriladi. Ketidan jo’natiladigan hujjatlarda ham asosiy tashish xujjatlarida 
mavjud alohida belgilar ko’rsatiladi, bunda albatta VU-23 shaklidagi xabarnoma tuziladi. 
6. Og’ir turdagi yo’l mashinalari (yo’l yotqizgich, shag’al tozalagich, qor tozalagich va 
h.z.), temir yo’l kranlari va maxsus harakat tarkibining boshqa birliklari (ko’chma elektr 
qurilmalar, kotlavan qazish, svaya poydevorlarini kontakt tarmoq tayanchlari ostiga 
cho’ktirish mashinalari va h.z.) faqat ushbu agregatlarga egalik qilayotgan xo’jalik 
bo’linmalarning talabnomalariga binoan stansiyalardan foydalanilmaydigan holatda (yuk 
poezdlarida yoki alohida lokomotivlar bilan) jo’natiladi. 
Ularni foydalanilmaydigan holatda harakatlanishga tayyorlash tegishli agregatlar 
uchun ishlab chiqilgan yoki ushbu agregatning pasport ma'lumotlariga muvofiq texnikaviy 
shartlar (yo’riqnomalar)da ko’zda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Agregat 
transport holatiga keltirilgani to’g’risida jo’natuvchi tomonidan tashish xujjatlariga qayd 
kiritilishi lozim. 
Agregatning foydalanilmaydigan holatda harakatga tayyorligi DATK mintaqaviy 
temir yo’l uzeli boshlig’i tayinlaydigan komissiya tomonidan tekshiriladi. 
(6-bandning 3-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Yuk poezdlari tarkiblariga agregatlar tegishli agregatdan foydalanish tartibini 
belgilaydigan texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlarida ko’zda tutilgan 
qoidalarga muvofiq qo’yiladi. 
Agar texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlariga muvofiq agregat 
yuk poezdlari harakat grafigida belgilanganidan pastroq tezlikda o’tkazilishi lozim bo’lsa, 
unda agregatni transport holatiga keltirilgani to’g’risidagi qaydda jo’natuvchi shu tezlikni 
ko’rsatishi lozim. 
7. Foydalanilmaydigan holatdagi lokomotivlar depo boshliqlari yoki zavod 
ma'murшyati talabnomasi bo’yicha lokomotivlarning texnikaviy holati tekshirilib va 
belgilangan shaklda tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, jo’natiladi. Jo’natish 
stansiyasi boshlig’iga talabnoma bilan birga taqdim etiladigan dalolatnomada lokomotivning 
ruxsat berilgan harakat tezligi ko’rsatiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi lokomotiv 
kuzatuvchisiga topshiriladi. 


Foydalanilmaydigan holatda jo’natilayotgan elektrovozlar va teplovozlar yuk 
poezdlarida yetakchi lokomotivning ortidan ko’pi bilan ikkita bir seksiyalik yoki bitta uch 
(ikki) seksiyalik qilib, DATK hududida esa DATK boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda 
qo’yiladi. 
DATK boshqaruvi raisi ko’rsatmasiga binoan ko’p miqdorda lokomotivlar 
jo’natilganda bir metrga 8,1 tonnadan ortiq bo’lmagan yuklama bilan 3 tadan 10 tagacha ikki 
seksiyalik, 7 ta uch seksiyalik yoki 20 bir seksiyalik lokomotivlarni (etakchi lokomotivni 
hisoblanmaganda) yig’ma qilib, birlashtirib jo’natishga ruxsat etiladi, bunda yig’ma 
lokomotivlaridan biri yetakchi bo’lishi mumkin. 
Yuk poezdlarida jo’natiladigan dizel poezdlar yuk poezdining oxiriga qo’yiladi. 
Sovuq tenderli parovozlar ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab jo’natilganda 
yetakchi lokomotiv ortidan ko’pi bilan bitta, DATK temir yo’l xududida esa DATK 
boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda qo’yiladi. Juft tortishda sovuq parovoz poezd boshiga 
yo’lning ustki tuzilmasi va sun'iy inshootlarga bog’liq ravishda qo’yiladi va bu DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan ruxsat etiladi. Tenderi to’rt va olti o’qli parovozlarni tenderini 
oldinga qaratib jo’natishga ruxsat etiladi, tenderi uch o’qli parovozlar poezdga faqat trubasi 
bilan oldiga qilib qo’yiladi. 
8. Maxsus tuzilmalar ularning boshliqlari talabnomalariga binoan ko’chiriladi: DATK 
hududida – DATK raisi buyrug’i, ikki va undan ko’proq yo’llarda SSJD buyrug’i bo’yicha 
ko’chiriladi. 
Maxsus tuzilmaning xususiyatlari va harakat tarkibining turiga bog’liq ravishda 
buyruqda harakat xavfsizligini ta'minlaydigan ko’chirish tartiblari ko’rsatiladi. 
9. Metropolitenlarning vagonlari (12 vagongacha) yig’malarga biriktirilib va 2 bo’sh 
yuk vagonlardan to’siq qilib jo’natiladi. To’siq vagonlar yig’maning har ikki uchida bittadan 
ulanadi. Ushbu vagonlar metropoliten vagonlari bilan birikkan tomonida avtoulagichlarning 
odatdagi boshchalari o’rniga o’rnatiladigan o’tkazma birikmalar bilan jihozlanadi. 
Metropoliten vagonlarini kuzatib borish uchun jo’natuvchi tomonidan kuzatuvchilar 
tayinlanib, ularning borishi uchun yozgi mavsumda metropoliten vagonlaridan biri, qish 
paytida esa to’siq vagonlardan biri sifatida foydalanilgan teplushka-vagon ishlatiladi. 
Harakatlanishga yaroqligini aniqlash maqsadida jo’natilayotgan metropoliten 
vagonlari jo’natuvchi tayinlagan komissiya tomonidan ko’rikdan o’tkaziladi. Komissiya 
tarkibiga DATK stansiyasi texnikaviy xizmat ko’rsatish punkti vakili kiritiladi. Komissiya 
jo’natilayotgan vagonlarning texnikaviy holatini tekshirish dalolatnomasini VU-25 shaklda 
uch nusxada tuzadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi vagonni jo’natayotgan depo yoki 
zavodda qoladi, ikkinchisi - kuzatuvchilar guruhi rahbariga topshiriladi, uchinchisi esa 
vagonlarni jo’natish stansiyasi talabnomasi uchun foydalaniladi. 
Tayyor biriktirilgan yig’ma alohida lokomotiv bilan tortiladi. Metropoliten vagonlarini 
poezd tarkibiga qo’yish, shuningdek, ularni saralash tepachalari orqali o’tkazish taqiqlanadi. 
DATK temir yo’llarida metropoliten vagonlarini o’tkazish to’g’ri yo’llarda va egrilik 
radiusi 300 metrdan ortiq qismlarda yuk poezdlari uchun belgilangan, ammo 75 km/soat dan 
ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Radiusi 300 metr va undan kamroq egriliklarda 
harakat tezligi: radiusi 60 metr egrilikda - 1km/soat, radiusi 100 metr- 30 km/soat, radiusi 300 
metr-60 km/soat dan ortiq bo’lmasligi lozim. 
Metropoliten vagonlari biriktirilgan yig’malarning harakatlanish marshruti DATK 
tomonidan belgilanadi va e'lon qilinadi. 


O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga 
 
4-ilova 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling