O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar


Download 68.5 Kb.
bet1/9
Sana08.03.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1251997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi


O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar

Reja:




  1. Aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish

  2. Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish

  3. Mulkni qo`riqlashga vijdonsiz munosabatda bo`lish

  4. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish

  5. Axborotlashtirish qoidalarini buzish




Aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish
(O`zR JK 170-moddasi)


Ushbu jinoyatning obyekti o`zganing mulki, ya`ni har xil shartnomaviy va boshqa majburiyatlardan kelib chiquvchi mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Mulk shaklidan qati nazar har qanday mulk jinoyatning obyekti bo`lishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat, talon-toroj alomatlari bo`lmagani holda, aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazishdan iborat.
Ancha miqdordagi zarar deganda, eng kam oylik ish haqining o`ttiz barobaridan yuz barobarigacha bo`lgan miqdordagi zarar tushuniladi.
Agar eng kam oylik ish haqining o`ttiz barobaridan kam bo`lgan miqdorda zarar yetkazilsa, JK 170-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud bo`lmaydi.
Bu moddada ko`zda tutilgan «aldash» va «ishonchni suiiste`mol qilish» tushunchalari firibgarlikdagi xuddi shunday tushunchalar bilan bir xildir.
Biroq, firibgarlikni sodir etishda aldash yoki ishonchni sui­iste`mol qilish o`zganing mulkini qo`lga kiritish usuli bo`lsa, mulkiy zarar yetkazishda esa aldash va ishonchni suiiste`mol qilish o`zganing mulkini tortib olish usuli bo`lmay, balki mulkdor uchun foydaning boy berilishiga sabab bo`ldi. Aldash yoki ishonchni sui­iste`mol qilish yo`li bilan jinoyatchi hali kelib tushmagan, lekin shartnomaviy yoki boshqa majburiyatga muvofiq mulk egasiga kelib tushishi lozim bo`lgan pul mablag`lari yoki moddiy boyliklarni o`zi yoki boshqa shaxslar foydasiga olib, mulk­dorga zarar yetkazadi.
Sud tergov amaliyotida ushbu jinoyatni sodir etishning turli shakllari uchraydi. Masalan, elektr hisoblagichni tarmoqdan uzib qo`yish va elektr energiyasidan bepul foydalanish, kassir yoki provodnikning chiptasiz yurganligi uchun yo`lovchilardan pul olishi; bajarilgan ish uchun mijozlar to`lagan pulning turli xizmat ko`rsatish xodimlari tomonidan o`zlashtirilishi va h.k. shakllarda sodir etish mumkin.
Tahlil etilayotgan jinoyat moddiy tarkibli hisoblanadi va mulkdorga yoki mulk egasiga ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling