Subyektiv tomondan jinoyat: jinoyatiy beparvolik yoki jinoiy o`z-o`ziga ishonish tarzidagi ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, mulkni qo`riqlash vazifalarini bajarayotgan shaxs hisoblanadi.
Mansabdor shaxs mulkni muhofaza qilish bo`yicha o`z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo`lib, ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazilgan bo`lsa, ish holatlariga qarab uning qilmishi O`zR JK 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) yoki JK 208-moddasi (hokimiyat harakatsizligi) deb kvalifikatsiya qilinadi.
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
(O`zR JK 173-moddasi)
Jinoyatning obyekti o`zganing mulkidir. Ushbu jinoyat obyekti ko`pincha bu ko`chmas mulk (binolar, inshootlar) bo`lishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat o`zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga ancha miqdorda zarar yetkazishda ifodalanadi.
Mulk nobud qilinganida uni ta`mirlash, ehtiyot qismlardan foydalanish va h.k. yo`llar bilan mulkni qayta tiklash imkoniyati bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |