O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar
Download 68.5 Kb.
|
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish
- Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni o`tkazish
- tamom bo`lgan
- JK 171-moddasi 2-qismida
Obyektiv tomondan jinoyatning: jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki sotishdan ifodalanadi.
Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni bila turib olish turli usullarda (arzon narxda sotib olish, boshqa buyumga ayirboshlash, hadya tariqasida olish, qarzga olish yoki berish va h.k.) amalga oshirilishi mumkin. Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olgan shaxs uning egasi bo`la olmaydi.
Ushbu qilmish jinoiy yo`l bilan topilgan mulk olingan yoki o`tkazilgan paytdan tamom bo`lgan deb hisoblanadi. Bu jinoyat subyektiv tomondan qasddan faqat bila turib, to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdorning mulkni olishiga qadar uning jinoiy yo`l bilan topilganini bilganligi jinoyatni mazkur modda bo`yicha kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Mulkning aynan qanday jinoiy yo`l bilan topilganini shaxs bilmasligi ham mumkin. Mulkni jinoiy yo`l bilan topgan shaxsga uni avvaldan sotib olish yoki o`tkazishga va`da berilmaganligi ham jinoyatni kvalifikatsiya qilishda zaruriy shart hisoblanadi. Agar aybdor jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olishni avvaldan, ya`ni talon-toroj yoki boshqa jinoyat sodir etilishidan ilgari va`da qilgan bo`lsa, aybdor shaxs sodir etgan jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Shuningdek, shaxs o`g`rilangan narsalarni muntazam ravishda sotib olgan va o`g`rini jinoiy yo`l bilan topilgan har qanday mulkni olishga ishontirgan bo`lsa, bunday shaxs o`zganing mulkini talon-taroj qilishning ishtirokchisi deb hisoblanadi. Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish jinoyatining subyekti 16 yoshga to`lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo`lishi mumkin. Mansabdor shaxs o`z xizmat mavqeidan foydalangan holda jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olsa yoki o`tkazsa, uning qilmishi jinoyatlar jami bo`yicha O`zR JK 171- va Jinoyat kodeksida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilganlik uchun javobgarlik belgilangan 205-modda bilan kvalifikatsiya qilinadi. O`zR JK 171-moddasi 2-qismida quyidagi: a) takroran yoki jinoyatni xavfli retsidivist tomonidan; b) ko`p miqdorda sodir etilgan jinoyat yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish jazoni og`irlashtiruvchi holatlar uchun jazo belgilangan. O`zR JK 171-moddasi 3-qismida: a) juda ko`p miqdorda; b) o`ta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan qilmishlar uchun yanada og`irroq jazo nazarda tutilgan. Mazkur holatlarni biz yuqorida ko`rib chiqqanligimiz sababli ularga to`xtalmaymiz. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling