O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar


Axborotlashtirish qoidalarini buzish


Download 68.5 Kb.
bet7/9
Sana08.03.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1251997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi

Axborotlashtirish qoidalarini buzish
(O`zR JK 174-moddasi)

Axborotlashtirish qoidalarini buzish jinoyatining obyekti axborot egasining unga bo`lgan huquqi, ya`ni axborotga egalik qilish, undan foydalanishi va uni tasarruf etish huquqidir.


Jinoyatning predmeti faktlar haqidagi ma`lumotlar, biron-bir tadqiqot, shaxslar, voqealar va h.k. haqida kompyuterda qayd etilgan yoki axborot tarmoqlari (telekommunikatsiya kanallari) orqali uzatiladigan, elektron hisoblash mashinalari uchun ochiq ma`lumot bazasi, ya`ni axborot bo`lishi mumkin.
Obyektiv tomondan JK 174-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan axborotlashtirish qoidalarini buzish quyidagi harakatlarda:
1) axborot tarmog`idan ruxsatsiz foydalanishda;
2) foydalanishga ruxsati bo`lgani holda tegishli himoya choralarini ko`rmaslikda;
3) axborotlar tarmog`idan qonunga xilof ravishda axborotlar olishda;
4) axborotlashtirish tizimidan foydalanishga ruxsati bo`lgan holda undagi ma`lumotlarni qasddan o`zgartirish, yo`qotish, olib tashlash yoki yo`q qilib yuborishda ifodalanadi.
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonuniga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyat ko`rsatishini ta`minlovchi axborotlarga ishlov berish tizimlari, ma`lumot bazalari va banklari, ekspert va axborot qidiruv tizimlari hamda shaxobchalari axborotlashtirish tizimlari jumlasiga kiradi.
Axborot egasining tegishli ruxsatnomasiga ega bo`lgan yoki axborot tizimida qonuniy asosda ishlovchi shaxslargina (dasturlovchilar, muhandislar, xodimlar va boshqalar) axborot tizimlaridan foydalana oladilar.
Ruxsatsiz foydalanish usullari turlicha (o`zganing parolidan foydalanish, yozuvni belgilash va h.k.) bo`lishi mumkin.
Axborotdan foydalanish uni muhofaza qilish qoidalariga qat`iy rioya etgan holda amalga oshiriladi. Muhofaza qilish qoidalarining buzilishi qonunga binoan ruxsatsiz foydalanishga tenglashtiriladi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling