293
Sovuq dudlash uchun ko‘pchilik hollarda tuzlangan baliqlar ishlatiladi.
Baliq
qancha seryog‘ bo‘lsa, shuncha unng sifati sovuq dudlanganda yuqori bo‘ladi.
Sovuq dudlangan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1-chi a 2-chi
navlarga bo‘linadi.
Birinchi navga har xil semizlikdagi va har xil o‘lchamdagi butun
sirti toza,
to‘qri nimtalangan baliqlar kiradi. Ularda ozroq
darajada tangachalari ketgan,
oqsil-yog‘ dog‘lari, jabra qopqog‘i va dumlarida esa kam miqdorda tuz dog‘lari
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Sovuq dudlangan baliqlarning
rangi och tillarangdan to
qora-tillaranggacha bo‘ladi.
Ularning konsistensiyasi zich, hidi va ta’mi esa
dudlangan baliqqa xos, begona hid va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak.
Sovuq dudlangan baliqlarning ikkinchi naviga ham har xil o‘lchamdagi va
semizlikdagi baliqlar kiritiladi.
Ularda ham oqsil, yog‘larning
erib chiqishidan
hosil bo‘lgan dog‘lar, kam miqdordagi tuz dog‘lari, shuningdek kam darajada terisi
shilingan bo‘lishiga ruxsat etiladi. Rangi tillo rangdan to qora tillaraggacha bo‘ladi.
Konsistensiyasi esa biroz yumshoq bo‘lsada, shilvirab qolgan bo‘lmasligi kerak.
Ularda dudlangan baliqqa xos o‘tkir hid va ozroq darajada yog‘och ta’mi
bo‘lishiga ham ruxsat etiladi.
Sovuq dudlangan baliqlarning ikkala navida ham tuz miqdori 5% dan 12%
gacha bo‘ladi. Shuningdek, farqli o‘laroq sovuq dudlangan baliqlarda suv miqdori
ham standart ko‘rsatkich hisoblanadi. Sovuq dudlangan
baliqlarda suv miqdori
42% dan 58% gacha bo‘lishi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: