Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Qoqlash uchun qanday baliqlardan foydalaniladi? 
2. Qoqlangan baliqlarining sifatiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Qoqlangan baliqlar sifati bo‘yicha qanday tovar navlariga bo‘linadi? 
4. Qoqlangan baliqlarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
talablarni tushuntirib bering. 
5. Qoqlangan baliqlarning sifatiga fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
talablarni tushuntirib bering. 
www.sies.uz
Page 295 of 306 


296
6. Quritilgan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday tovar navlariga 
bo‘linadi? 
7. Quritilgan baliqlarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
qanday talablar qo‘yiladi? 
8. Quritilgan baliqlarning sifatiga fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
qanday talablar qo‘yiladi? 
Baliq ikralarining sifat ekspertizasi 
 
Ikra-bu urg‘ochi baliqlarning urug‘i hisoblanadi. Ikraning har bir donachasi 
qobiqdan, protoplazma (yarim suyuq massa) va yadrodan tashkil topadi. Ikra 
asosan osetra va lasos balqlaridan olinadi. Shuningdek, ikra karp va okean 
baliqlaridan ham kam miqdorda ishlab chiqariladi. 
Ikraning tarkibida to‘liq qiymatli oqsil, yog‘, vitaminlar va mineral moddalar 
bo‘lganligi uchun u eng qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. 
Osetra baliqlarining ikrasi inson nerv faoliyati uchun zarur bo‘ladigan lesitin (1-2 
%) moddasiga boyligi uchun ayniqsa qimmatlidir. Oqsil hamma baliq ikralarida 
nisbatan o‘zgarmasroq bo‘lib 21-30 % ni tashkil etadi. Yog‘ miqdori osetra 
baliqlari ikrasida 13-18 % ni, lasos baliqlari ikrasida esa 9-17 % ni tashkil etadi. 
Ikralarda mineral moddalar miqdori – 1,2-1,9 %. Shuningdek, ikralar tarkibida A, 
D, E va V guruhiga kiruvchi vitaminlar ham bo‘ladi.
Osetra baliqlarning ikrasi qora ikra, lasos baliqlarining ikrasi esa qizil ikra 
deb yuritiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling