Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Osetra baliqlari ikrasi. Ishlab chiqarish usuliga qarab osetra baliqlari ikrasi
donador, donador pasterizatsiya qilingan, payus va pardali ikralarga bo‘linadi. Donador ikra butun ikra donalaridan iborat bo‘ladi. Bunday ikra olish uchun yangi ikra donalari toza sovuq suvda yuviladi, so‘ngra quruq mayda tuz bilan antiseptiklar qo‘shib tuzlanadi. Tuzda ko‘pi bilan 3-4 daqiqa ushlab turiladi. Keyin namakopni ajratish uchun aralashma g‘alvirga tashlanadi. Tuzlash jarayonlari to‘g‘ri o‘tkazilganda ikra donalari quruq, bir – biridan tezda ajraluvchan bo‘ladi. Ular tunuka bankalariga germetik qadoqlanadi. Sifati bo‘yicha donador bankali ikralar oliy, 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Oliy navli ikra bir tur baliqdan olingan va bir vaqtning o‘zida tuzlangan bo‘lishi kerak. Bu nav ikralarda ikra donalari o‘lchami bir xil, rangi och kulrangdan to‘q kulranggacha, konsistensiyasi quruq, sochiluvchan, ikra donlari bir – biridan oson ajraladigan, ta’mi yoqimli, kam tuz, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Birinchi va ikkinchi navli ikralar ham bir xil baliqdan olingan va bir vaqtning o‘zida tuzlangan bo‘lsa-da, ikra donalari konsistensiyasi, hidi va ta’m ko‘rsatkichlarida ozroq chetlanishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tuz miqdori ikraning hamma navlarida 3,5 % dan 5 % gacha bo‘lishi, antkseptik moddalar miqdori esa 0,6 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. www.sies.uz Page 296 of 306 297 Shuningdek, donador ikralar 50 kg sig‘imga ega bo‘lgan emal bochkalarga ham qadoqlanishi mumkin. Bochkali ikralar ham bankali ikralar singari uch navga bo‘linadi. Pasterizatsiya qilingan donador ikra yangi ikradan yoki tuzlangan ikraning 1-chi va 2-chi navlaridan olinadi. Ikra shisha bankalarga germetik qadoqlanib, 60 0 S haroratli issiq suv bilan pasterizatsiya qilinadi. Pasterizatsiya qilinganda mikroorganizmlarning asosiy qismi qirilib – bitadi, fermentlar ham faolligini yo‘qotadi. Bu esa baliq ikrasining uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda ikra qobiqlari zichlashib, uning xushbo‘yligi va ta’mi qisman yo‘qoladi. Pasterizatsiya qilingan ikralar 28, 56 va 112 g massada shisha bankalarga qadoqlanadi. Pasterizatsiya qilingan ikra navlarga bo‘linmaydi. Bu ikralar ham bir xil baliq va bir vaqtning o‘zida tuzlangan xom ashyodan olinib, ikra donalarining katta-kichikligi va rangi bir xil bo‘lishi kerak. Ularda ikra donalarining katta- kichikligi va rangida ozroq farq bo‘lishiga ruxsat etiladi. Konsistensiyasi quruq, sochiluvchan, bir-biridan tezda ajraladigan bo‘lishi kerak. Ta’mi va hidi esa pasterizatsiya qilingan ikraga mos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Payus ikra istalgan baliqlarning yangi va sifatli ikrasidan tayyorlanadi. Bu ikralarda ikra donalarining zichligi, yetilganligi, katta-kichikligi va rangiga ma’lum talablar qo‘yilmaydi. Bu tur iklarni tayrlashdan oldin tuz eritmasi tayyorlanib, bu eritma mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun qaynatiladi va to‘yingan eritma hosil qilinadi. Keyin esa 40 – 45 0 S haroratli tuz eritmasida ikra 2 – 3 daqiqa davomida tuzlanadi. Tuzlangan ikra bo‘z xaltalarga solinib siqiladi va namakob ajratiladi. Keyin xaltalardan olinib konsistensiyasi va sho‘rligini bir xil qilish uchun yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra tayyor baliq ikrasi 20, 30 va 50 l hajmli bochkalarga yoki 2 kg sig‘imli tunuka bankalarga qadoqlanadi. Payus ikrasi sifatiga qarab oliy, 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Bu tur ikralarning oliy navi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha barcha talablarga to‘la javob berishi kerak. Ularning 1-chi va 2-chi navlarida esa konsistensiyasining bir xil bo‘lmasligi va ta’mi sal achchiqroq va o‘tkir hidli bo‘lishiga ruxsat etiladi. Pardali ikra yetilmagan yoki o‘ta yetilgan, urug‘ plenkasini ajratib bo‘lmaydigan ikralardan tayyorlanadi. Urug‘ pardasi pichoq yordamida kesiladi, tuzlanadi, keyin namakobni oqizib yuborib bochka yoki bankalarga qadoqlanadi. Osetra baliqlarining pardali ikrasi sifati bo‘yicha navlarga bo‘linmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling