Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Baliq konservalarini qadoqlash, joylash va tamg‘alash


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Baliq konservalarini qadoqlash, joylash va tamg‘alash. Baliq 
konservalari va prezervlari tunuka va shisha bankalarga qadoqlanadi. Tunuki 
bankalarda albatta tamg‘alari bo‘lishi kerak. Tamg‘a bankaning qopqog‘iga 
bo‘rttirib ikki qator raqamlar bilan bosiladi. 
Shartli belgining birinchi qatorida konserva ishlab chiqarilgan zavodning 
nomeri (2 yoki 3 raqam bilan) va ishlab chiqarilgan yili (oxirgi raqam) ko‘rsatiladi. 
Shartli belgining ikkinchi qatorida esa konserva ishlab chiqarilgan smena 
(bir raqam bilan), konserva ishlab chiqarilgan chislo (ikki raqam bilan), konserva 
ishlab chiqarilgan oy (rus alfavitida A dan N gacha) va konservaning assortimenti 
(uch raqam bilan) ko‘rsatiladi. 
Konservalar toza, isitiladigan, yaxshi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi 
kerak. Omborxonalardagi harorat 0
0
dan 15
0
S gacha, havoning nisbiy namligi esa 
70-75% bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunday sharoitda ularning saqlash 
muddati konservalarning turi va qanday idishga qadoqlanganligiga qarab 6 oydan 2 
yilgacha qilib belgilangan. 
Prezervlar esa sterilizatsiya qilinmaganligi uchun past haroratda, ya’ni 0
0

dan -8
0
S gacha bo‘lgan sharoitda saqlanishi tavsiya etiladi. Prezervlarning 
kafolatlangan saqlash muddati mahsulot jo‘natilgan kundan boshlab 45 kunni 
tashkil etadi. 
Saqlanayotgan konservalar va prezervlarning organoleptik va fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlarining qanday o‘zgarib borayotganligi doimiy kuzatib borilishi kerak. 
Organoleptik usulda ularning ta’mi va hidi qanday o‘zgarayotganligi, bankadagi 
mahsulotning rangida bo‘ladigan o‘zgarishlar, ularda bombaj belgilari bor yoki 
yo‘qligi tekshiriladi. Fizik – kimyoviy usulda esa qalay va mis tuzlarining, azotli 
birikmalarning va boshqa moddalarning miqdori aniqlanib turilishi maqadga 
muvofiqdir. 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Baliq konservalarining sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlaridan 
nimalarga e’tibor qaratiladi? 
2. Baliq konservalarining germetik bekitilganligi qanday aniqlanadi? 
www.sies.uz
Page 300 of 306 


301
3. Baliq konservalari qadoqlanganlik sifati bo‘yicha qanday talablarga javob 
berishi kerak? 
4. Baliq konservalarining sifatini baholashda qanday fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
aniqlanadi? 
5. Baliq konservalari turkibida qalay tuzlari qancha miqdorda bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yiladi? 
6. Baliq konservalarida qanday nuqsonlar uchraydi? 
7. Bombaj belgilari ber baliq konservalarini ovqatga ishlatish mumkinmi? 
8. Sterilizatsiya jarayonining buzilish natijasida vujudga keladigan nuqsonlarni 
tushuntirib bering. 
www.sies.uz
Page 301 of 306 


302

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling