Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining tamoyillari
Download 1,35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining tamoyillari.
Har qanday fan va kasbiy faoliyat ma’lum bir tamoyillarga tayangan holda faoliyat yuritadi. Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining tamoyillari bo‘lib haqqoniylik, hech kimga bo‘ysunmaslik (mustaqil faoliyat yuritish), layoqatlilik, sistemali yondashuv, samaradorlik va xavfsizlik singari tamoyillar hisoblanadi. Quyida bu tamoyillarning mazmunini kengroq yoritishga harakat qilamiz. Haqqoniy (to‘g‘ri) baholash tamoyili deganda ekspert baholashni o‘tkazish jarayonida suyu’ekt tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni iloji boricha kamaytirish, xatolikka yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Bu tamoyilga amal qilish oson kechmaydi, chunki ekspert baholashda ishtirok etuvchilarning har bir individual ko‘rsatkichlarga egadir. Masalan, ularning sezish organlari har xil rivojlangan, bilim va malakalari, kasb-korlari ham har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu kamchiliklarni tuzatish uchun mahsus o‘lchov vositalari va uslublaridan foydalanishadi. Masalan, ekspert komissiyalarini ma’lum bir ko‘rsatkichlari bo‘yicha tashkil etish ham shunga kiradi. Hech kimga bo‘ysunmaslik tamoyili ekspert natijalarining haqqoniyligini ta’minlashning birdan-bir shartidir. Bu tamoyilning asosiy ma’nosi shundan iboratki, ekspertning ekspertiza natijasi bilan qiziqadigan har qanday odamga bog‘liqlik joyi bo‘lmasligi kerak. Ekspert natijasi bilan qiziqadigan tomonlar esa ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tovarni iste’mol qiluvchilar ham bo‘lishi mumkin. Layoqatlilik (kompetentnost) tamoyili ekspertning tovarshunoslik sohasidagi maxsus bilimga va tovar bilan ishlash tajribasiga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Tovar ekspertizasini o‘tkazish uchun birinchi navbatda tovarning fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlarini va ularga ta’sir qilish omillarini yaxshi bilish talab etiladi. Bundan tashqari ekspert tovar ishlab chiqarish texnologiyasi, tovar harakatini tashkil etish, tijorat faoliyati hujjatlarini yuritish, narx siyosati, marketing, menejment kabi maxsus fanlardan ham yetarli darajada bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu sababli ham mana shu fanlarni o‘qitish «ekspertiza» sohasida ta’lim oluvchi talabalarning o‘quv rejasiga albatta kiritiladi. Ekspertlar ham boshqa mutaxassislar singari o‘z malakaviy bilimlarini yangilab va chuqurlashtirib borishlari kerak. Buning uchun ular ilmiy, o‘quv adabiyotlarini o‘rganib, mustaqil ravishda doimiy malakalarini oshirib borishlari talab etiladi. Sistemali yondashuv ekspert uchun istalgan ekspert baholashda zarurdir. Buning mohiyati ekspertiza uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni ma’lum guruhlarga, sistemalarga kiritishdan iboratdir. Masalan, tovarlarni ekspertiza qilishda ularni ma’lum guruhlarga kiritish katta ahamiyat kasb etadi. Ularni bunday guruhlarga kiritish ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Lekin, bu sohada hozirgacha ma’lum kamchiliklar mavjud. www.sies.uz Page 10 of 306 11 Samaradorlik tamoyili shundan iboratki, tovar ekspertizasining so‘nggi natijasi tovarlardan ratsional foydalanish, tovarlarning siljishini to‘g‘ri tashkil etish, xom ashyo, material, elektroenergiyalarni tejash, shuningdek material va tovar chiqimlarini kamaytirishni ta’minlashi zarur. Masalan, yangi tovarlarni ekspert baholashda albatta xom ashyolar sarfiga katta e’tibor beriladi. Shundan so‘ngragina yangi tovarni katta miqdorda yoki kichik hajmda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilinadi. Tovarning va xizmatlarning xavfsizligi tovar ekspertizasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xavfsizlik deganda tovarning kishi organizmiga keltiradigan zarari xalqaro tashkilotlar tavsiyalaridan oshmasligi kerak (MS ISO 8402, 2.8 bandi). Tovar ekspertizasining o‘tkazishda ekspertlar tovarlar va xizmatlar kishilarning hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhitga qanchalar zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olishi zarur. Oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi sifat ekspertizasi, gigiyenik ekspertiza va fitosanitariya ekspertizasi singari ekspertiza turlarini o‘z ichiga oladi. Oziq-ovqat tovarlarining sifat ekspertizasining yakuniy xulosasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va shu asosda muvofiqlik sertifikati beriladi. Gigiyenik ekspertizaning maqsadi oziq-ovqat tovarlarining kishilarning hayoti, sog‘ligi va iste’molchilarning mol-mulki uchun xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Oziq-ovqat tovarlariga gigiyenik talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) kimyoviy, radiatsion, mikrobiologik, xavfsizlik ko‘rsatkichlarini; b) baliq va nobaliq suv jonivorlarining parazitologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini; v) oziq-ovqat qo‘shimchalarining ruxsat etilgan konsentratsiya (PDK) ko‘rsatkichlarini va hokazolarni. Davlat sanitariya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat tovarlari va xom ashyolariga berilgan gigiyenik sertifikati oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjatdir. Gigiyenik sertifikati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga joriy etishda, chet el tovarlarini mamlakat ichkarisiga olib kirishda majburiy hujjat hisoblanadi. Gigiyenik sertifkatni berish uchun asosiy hujjat akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari tomonidan beriladigan sinov bayonnomasi hisoblanadi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rab-joylash uchun ishlatiladigan materiallar, idishlar ham gigiyena sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Fitosanitariya ekspertizasi o‘simlik mahsulotlarining karantin xavfsizligini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Fitosanitariya ekspertizasining maqsadi qishloq xo‘jalik zararkunandalarining tarqalishining oldini olishdan iboratdir. Fitosanitariya ekspertizasining natijasi bo‘lib, ekspertiza dalolatnomasi yoki fitosanitariya sertifikati hisoblanadi. O‘simlik xomashyolariga fitosanitariya sertifikatisiz muvofiqlik sertifikati berish taqiqlanadi. Download 1,35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling