Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Nonlarni tashish, saqlash va saqlash jarayonida bo‘ladigan


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Nonlarni tashish, saqlash va saqlash jarayonida bo‘ladigan 
o‘zgarishlar 
 
Non mahsulotlari odatda maxsus jihozlangan transport vositalari bilan 
tashiladi. Bu avtomashinalarning kuzovi mustahkam, jovonlar o‘rnatilgan bo‘lishi 
kerak. Transport vositasining non mahsulotlari tashishga yaroqliligini ko‘rsatuvchi 
sanitariya pasporti yoki rayon sanitariya inspeksiyasining yozma xulosasi bo‘lishi 
talab etiladi. Non tashishga mo‘ljallangan transport vositasiga vaqt-vaqti bilan 
sanitariya ishlovi beriladi. Nonlarni tashiganda ularning sifatining pasayishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Non mahsulotlarini faqat mustasno ravishda maxsus jihozlanmagan transport 
vositalarida tashishga ruxsat etiladi. Bu yerda nonlar lotoklarga, savat va 
yashiklarga joylanishi, ustidan toza material, so‘ngra ifloslanish va har xil begona 
www.sies.uz
Page 31 of 306 


32
hidlardan saqlash uchun brezentlar bilan yopilishi kerak. Nonlarni yuklashda va 
tushirishda mexanik shikastlanishdan saqlash lozim. 
Savdo tarmoqlarida aholiga sotilgunga qadar non toza, quruq, yaxshi 
yoritilgan, shamollatiladigan xonalarda saqlanadi. Non mahsulotlarini saqlash 
uchun eng qulay temperatura 20-25

S hisoblanadi, lekin harorat 6

S dan past 
bo‘lmasligi kerak. Nonlar saqlanadigan xonalardagi havo nisbiy namligining 75-
80% bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Agar nonlar assortimenti aralash bo‘lgan kundalik ehtiyoj mollari 
magazinlarida sotilsa, u holda non-bulka mahsulotlarini saqlash uchun max-sus 
xona ajratiladi. Nonlar begona hidlarni o‘ziga singdirish qobiliyatiga ega 
bo‘lganligi uchun, baliq va hokazolar bilan birga saqlash man etiladi. 
Yangi yopilgan nonlar muloyim, xushbo‘y ta’m va hidga ega, mag‘izlari 
elastik, kesilganda ushalanib ketmaydigan bo‘ladi. Ma’lum muddat o‘tgandan 
keyin esa nonning xushbo‘y hidi yo‘qoladi, mag‘zining elastikligi kamayadi. 
Umuman nonni saqlangan paytda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki jarayon ketadi. 
Bularning birinchisi nonda suvning bug‘lanishi, ya’ni massasining kamayishi
ikkinchidan esa fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida nonning qotishidir. Nonni uzoq 
saqlash uchun mana shu ikki jarayonning borishini iloji boricha kamaytirish kerak. 
Quyida shu jarayonlarning mohiyatini ochishga harakat qilamiz. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling