Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-jadval Quruq sutning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
25-jadval
Quruq sutning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Purkash yo‘li bilan quritilgan sut Baraban usuli da quritilgan sut Transport idishlarida Transport idishlarida № Ko‘rsatkichlari Iste’molchila rga tovarga qo‘shib beriladigan idishlarda germe- tik bekitilga n germetik bekitil- magan germetik bekitilgan germetik bekitil- magan 1 Suv miqdori, % ko‘p bo‘lmasligi kerak 4 4 7 5 7 2 Yog‘ miqdori, %kam bo‘lmasligi kerak 25 25 25 25 25 3 Eruvchanligi, ml ho‘l cho‘kma, ko‘p bo‘lmasligi kerak: oliy navli sut birinchi navli 0,2 - 0,3 0,4 0,6 0,8 0,3 1,5 0,6 1,5 4 Nordonligi, 0 T, ko‘p 20 21 22 22 22 www.sies.uz Page 225 of 306 226 bo‘lmasligi kerak Oksidlangan yog‘ga xos ta’m - bu nuqson quruq sut tarkibidagi yog‘ning havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu nuqsonning vujudga kelishining oldini olishning birdan-bir yo‘li tayyor mahsulotni vakuum sharoitida qadoqlashdan iboratdir. Zax hidi va ta’mi – bu nuqson quritilgan sutni germetik bekitilmagan idishlarda va yuqori haroratda yaxshi shamollatilmaydigan xonalarda saqlaganda vujudga keladi. Eruvchanligining pastligi – bu nuqson quritish jarayonida haroratning keragidan ortiq bo‘lishi va oqsillar kolloid holatining o‘zgarishi natijasida vujudga keladi. Quruq sutlarni qadoqash va saqlash. Quruq sutlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun metall va kombinatsiyalashtirilgan bankalarga hamda sochiluvchan mahsulotlar uchun ichiga polimer materiallari yoki alyumin folgasi to‘shalgan pachkalarga 1 kg massagacha qilib qadoqlanadi. Unda quruq sutning ishlab chiqarilgan kuni, oyi va yili ko‘rsatiladi. Sanoat korxonalariga jo‘natiladigan quruq sutlar esa 25-30 kg massada qilib transport idishlariga qadoqlanadi. Bunda qog‘oz xaltalar, tagiga polietilen, pergament, sellofan to‘shalgan faner bochkalar va boshqa idishlardan foydalaniladi. Ma’lumki, quritilgan mahsulotlarning o‘ziga xos xusuiyatlaridan biri ularning yuqori darajada gigroskopikligi hisoblanadi. Sut kukunlari suv bug‘larining havodagi parsial bosimi bilan mahsulot sirtidagi suv bug‘larining parsial bosimi tenglashgunga qadar atrof muhitdan suv bug‘larini o‘ziga singdirib oladi. Quruq sut saqlanayotgan xonalarda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan hollarda uning namligi 15% gacha ortib ketadi. Bu esa mahsulotning tezda mog‘or bosishi va uning tarkibidagi qaytarilmaydigan jarayonlarning vujudga kelishini keltirib chiqaradi. Shu sababli quruq sutlarni qadoqlaganda suv bug‘larini o‘tkazmaydigan idishlardan va o‘rab-joylash materiallaridan foydalaniladi. Quruq sutning gigroskopiklik xususiyati asosan uning tarkibidagi oqsil moddalarining miqdoriga bog‘liq. Shu sababli yog‘sizlantirilgan sutdan tayyorlangan quruq sut tabiiy sutdan tayyorlangan quruq sutga qaraganda yuqori darajada gigroskopiklik xususiyatiga egadir. Quruq sutda suvning miqdori 2-4 % ni tashkil etadi. Unda namlikning 4% dan ortib ketishi erkin suvlarning paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, erkin suv sut kislotasining va boshqa tuzlarning erituvchisi hisoblanadi. Bu moddalarning konsentrantlangan eritmasi oqsil bilan reaksiyaga borib, ularning koagulyatsiyasini keltirib chiqaradi, natijada quruq sutning eruvchanligi keskin kamayib ketadi. Quruq sutlarda namlikning oshishi bilan melanoidlar hosil bo‘lish reaksiyasi ham intensivlashadi va natijada mahsulotning ozuqaviy va biologik qiymati ma’lum darajada pasayadi. Quruq sut uchun eng ahamiyatli bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan biri uning hajmiy massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich quruq sut zarrachalarining o‘lchami va ular www.sies.uz Page 226 of 306 227 orasida qanchalik havo mavjudligidan dalolat beradi. Yog‘sizlantirilgan quruq sutning hajmiy massasi 0,54 g/sm 3 ni, tez eruvchan quruq sutniki esa 0,49 g/sm 3 ni tashkil etadi. Quruq sutlarni qoplarda saqlaganda, shtabellarga qoplarni ustma-ust taxlaganda va mahsulotni tashiganda uning o‘z-o‘zidan zichlashishi natijasida hajmiy massasi ortadi. Quruq sutning germetik idishlarga qadoqlanganda saqlash muddati 8 oy, germetik bekitilmaydigan idishlarda saqlaganda esa 3 oy qilib belgilanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling