Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Tuxumlarni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Tuxumlarni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash. Tuxumlarni toza yog‘och yashiklarga va karton qutilarga ko‘pincha 360 va 720 tadan qilib joylandi. Parhez va oshxonabop yangi tuxumlarni karton qutichalarga 10 donadan qilib joylashtiriladi. Po‘stlog‘i iflos tuxumlar kategoriyasi bo‘yicha saralanib, alohida joylanadi. Bunday tuxumlar qayta ishlashga yoki umumiy ovqatlanish korxonalariga jo‘natiladi. Mayda tuxumlar (massasi 43 g dan kam) ham alohida joylanadi va sotuvga chiqarilmasdan qayta ishlashga jo‘natiladi. Har qaysi idishga yorliq qo‘yiladi. Bu yorliqda xo‘jalik nomi, saralovchining nomeri, saralash kuni, tuxumning turi va kategoriyasi standart nomeri va boshqalar ko‘rsatiladi. Tuxumlarni tamg‘alash quyidagicha bajariladi: D1–parhez 1 kategoriya; D11 – parhez II kategoriya; S1 – oshxonabop 1 kategoriya; S11 – oshxonabop II kateoriya; X – sovuqxonlarda turgan; I – ohak eritmasida turgan. Mayda tuxumlar alohida yashiklarga joylashtrlib «mayda» deb ko‘rsatib qo‘yiladi. Tuxumlarni 4-6 0 S va havoning nisbiy namligi 65-70 % bo‘lgan shroitda saqlash maqsada muvofiqdir. www.sies.uz Page 237 of 306 238 Texnik nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlarni ovqatga ishlatishga ruxsat etilmaydi. Tuxum mahsulotlarining sifat ekspertizasi Qayta ishlangan tuxum mahsulotlariga muzlatilgan tuxum mahsulotlari va tuxum talqoni kiradi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlariga tuxum melanji (oqi bilan sarig‘ining aralashmasi), oqi va sarig‘ini alohida-alohida muzlatib olingan mahsulotlar kiradi . Muzlatilgan melanj olish uchun ohaklangan va nuqsonlari bor tuxumlar ishlatilmaydi. Muzlatilgan tuxum melanjini olish uchun tuxum saralanadi, dezinfeksiya qilinadi, sindiriladi, oqi va sarig‘i aralashtiriladi, suzgichdan o‘tkaziladi, 62-65 0 S da pasterizatsiya qilinadi va sovutiladi. So‘ngra tayyor massa oq tunuka bankalarga joylanib – 18÷ - 20 0 S da banka ichidagi harorat –6 0 S bo‘lguncha muzlatiladi. Melanj faqat umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladi, sotuvga chiqarilmaydi. Melanj zarg‘aldoq rangli, konsistensiyasi qattiq, muzi tushgandan keyin esa och-zarg‘aldoq rangli, suyuq, bir jinsli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Xuddi shu yo‘sinda tuxumning oq va sariq qismlari ham alohida-alohida muzlatilishi mumkin bo‘ladi. Qaysi xom ashyodan ishlab chiqarilishiga qarab tuxum talqoni (oqi bilan sarig‘ining aralashmasi), shuningdek, tuxum oqi va sarig‘i chiqariladi. Tuxum talqoni olish uchun massa xuddi melanj olgandek tayyorlanadi, keyin esa plenka yoki purkash usuli bilan quritib talqon olinadi. Agar zaruriyat bo‘lsa tuxumning oqi sarig‘idan ajratilib, shu yo‘sinda alohida-alohida quritiladi. Quritilgan tuxum talqonining namligi 9% dan, nordonligi esa 10 0 T dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Tuxum talqonining rangi och-sariq, butun massasida bir xil, konsistensiyasi kukunsimon, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Namiqqan, sirti shilimshiqlangan, mog‘orlagan, begona ta’m va hidlarga ega bo‘lgan, rangi butunlay o‘zgargan tuxum talqonlarini sotishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, quruq quymoqlar ham ishlab chiqariladi. Ularning tuxum talqonidan farqi shundaki, quymoqlar olishda tuxumga tabiiy sut yoki yog‘i olingan sut qo‘shiladi. Tuxum talqoni 100 va 200 g briket holida faner barabanlarga 50 kg gacha, germetik oq tunuka bankalarga 10 kg gacha qilib joylanadi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlari – 12 0 S va havoning nisbiy namligi 80-85% bo‘lgan sharoitda 8 oygacha, - 18 0 S da esa 15 oygacha saqlanishi mumkin. Tuxum talqonining kafolatlangan saqlash muddati 10 0 S dan – 2 0 S gacha va havoning nisbiy namligi 65-70% bo‘lgan sharoitida germetik bo‘lmagan idishlarda 8 oygacha, germetik idishlarda esa 12 oygacha qilib belgilangan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling