Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
7-BO‘LIM. TUXUM VA TUXUM
MAHSULOTLARINING SIFAT EKSPERTIZASI Tuxumlarning sifat ekspertizasi Qishloq xo‘jalik parrandalari (tovuq, o‘rdak, g‘oz, indyuk, bedana) tuxumi qimmatli ozuqaviy va parhez oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kiradi. Sotuvga faqat tovuq va bedana tuxumlari ruxsat etiladi. Suvda suzuvchi parrandalarning tuxumlari esa ko‘p hollarda paratif (salmonella) bakteriyalari bilan zararlangan bo‘lishi tufayli issiqlik ishlov beriladigan mahsulotlar tayyorlashdagina ishlatiladi. Parranda tuxumlari uch asosiy qismdan tashkil topgan: po‘choq (11-14%), sariq qism (28-32%), oq qism (54-60%). Po‘choqning asosiy tarkibiy qismini karbon va fosfor kislotalarining kalsiy tuzlari (96%) tashkil etadi. Organik moddalar esa kollagen holida 4-5% ni tashkil etadi. Tuxumning po‘chog‘ida mayda-mayda g‘ovakchalar mavjud bo‘lib, ana shu g‘ovakchalar orqali tuxum ichkarisiga havo va mikroorganizmlar kira oladi. Tuxumning po‘chog‘i tashqi tomonidan yupqa plenka bilan qoplangan bo‘ladi, uning ichki yuzasida esa po‘choqosti plenkasi mavjud. Tuxumning poynak qismida po‘choq osti va oqining plenkasi orasida havo bo‘shlig‘i bo‘lib, bu bo‘shliq tuxumni saqlagan sayin oqsilning qurishi hisobiga kattalashib boradi. Tuxumning po‘stlog‘i sirtidagi yupqa plenka ma’lum vaqtgacha tuxumni qurishdan va mikroorganizmlar kirishidan saqlaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu plenka o‘z xususiyatini yo‘qota boradi. Umuman tuxumning po‘stlog‘i ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, himoya vazifasini bajarib, tuxumni tashqi muhitdan saqlaydi va uning mustahkamligi tuxumni tashishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tovuq tuxumi saqlash muddati, sifati va massasiga qarab parhez va oshxona tuxumlariga bo‘linadi. Parhez tuxumlar deb massasi 44 g dan kam bo‘lmagan, tovuq tuxum qilgan kunni hisoblamaganda 7 sutkadan kechiktirilmasdan sotishga chiqarilgan, sovuqxonalarda yoki ohak eritmasida saqlanmagan tuxumlarga aytiladi. Oshxona tuxumlarining massasi 43 g dan kam bo‘lmasligi kerak. Saqlanish sharoitlari va muddatiga qarab oshxona tuxumlari yangi, sovuqxonalarda saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo‘linadi. Yangi qo‘yilgan tuxumlar deb – 1 0 S dan-2 0 S gacha bo‘lgan haroratda 30 kungacha saqlangan tuxumlarga aytiladi. Sovuqxonalarda saqlangan tuxum deb esa yuqorida ko‘rsatilgan haroratda 30 kundan ortiq muddat saqlangan tuxumlarga aytiladi. Parhezbop tuxumlar massasiga qarab, oshxonabop tuxumlar esa ham massasi va sifatiga qarab I va II kategoriyalarga bo‘linadi. Tuxumlarning kategoriyasi tuxum po‘chog‘ining, sarig‘ining, oqining holati, havo kamerasining o‘lchami va bir dona tuxumning massasiga qarab belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlar tuxumlarni maxsus qurilma-ovoskopda elektr nuri yordamida yoritib aniqlanadi. Parhezbop tuxumlarning ikkala kategoriyasining ham po‘chog‘i butun, toza, sariq qismi tuxum o‘rtasida joylashgan bo‘lib, kam harakatlanuvchan, oqi nurni yaxshi o‘tkazadigan bo‘lishi kerak. Parhez tuxumlarning I kategoriyasida bir donasining o‘rtacha massasi 54 g dan, II kategoriyasining bir donasining massasi esa 44 g dan www.sies.uz Page 236 of 306 237 kam bo‘lmasligi kerak. Parhez tuxumlarda havo kamerasining balandligi 4 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Oshxona tuxumlarining yangi, sovuqxonalarda, ohakli eritmalarda saqlangan turlarining I kategoriyasining po‘chog‘i butun, toza, sarig‘i markaziy holatdan salgina surilgan, tuxum oqi pishiq, nur o‘tkazadigan, havo kamerasi harakatchan bo‘lishi, uning balandligi esa 7 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday tuxumlarning birinchi kategoriyasining bir donasining o‘rtacha massasi kamida 48 g ni tashkil etishi kerak. Oshxona tuxumlarining II kategoriyasida esa tuxum sarig‘i sal bo‘shashganroq, aniq ko‘rinib turadigan bo‘lishi kerak. Tuxum oqi bo‘shroq, suvsimon bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday tuxumlarning havo kamerasining balandligi 13 mm dan ortiq, bir dona tuxumning o‘rtacha massasi esa 43 g dan kam bo‘lmasligi kerak. Havo kamerasining balandligi 13 mm dan ortiq yoki bir donasining massasi 43 g dan kam bo‘lgan tuxumlar sotuvga ruxsat etilmaydi. Tuxumlarda uchraydigan nuqsonlarni ikki guruhga jamlash mumkin. Birinchi guruhga to‘la ovqatlik qiymatiga ega bo‘lmagan tuxumlar, ikkinchi guruhga esa texnikaviy nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlar kiradi. Ovqatga ishlatsa bo‘ladigan nuqsonli tuxumlarga po‘stlog‘i singan (oqib chiqish belgilari yo‘q); kichik dog‘li (po‘choq tagida dog‘ning yuzasi tuxum butun yuzasining 1/8 qismidan ortmasligi kerak) va havo kamerasining balandligi 13 mm dan oshmaydigan tuxumlarni kiritish mumkin. Tuxumlarda uchraydigan texnik nuqsonlarga po‘chog‘i sinib, ichki qismi to‘la yoki qisman oqib chiqqan; katta dog‘li (po‘choq tagida dog‘ning yuzasi tuxumning butun yuzasining 1/8 qismidan ortiq); krasyuk - tuxum sarig‘i oqi bilan aralashib qolgan; ichida qon xalqasi bor va pushti urchimagan inkubator tuxumlari kiradi. Texnik nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlarni ovqatga ishlatishga ruxsat etilmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling