Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-jadval Muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Miqdori, % kam bo‘lmasligi kerak Muzqaymoqning turi yog‘
va
ularni saqlash. Muzqaymoqlarga uchraydigan asosiy nuqsonlarga asosan hidi, ta’mida va konsistensiyasida bo‘ladigan nuqsonlar kiradi. Quyida ana shu nuqsonlarni kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini keltiramiz. Begona ta’m va hid. Bu nuqson muzqaymoq ishlab chiqarish uchun sifatsiz xom ashyodan foydalanilgan hollarda va sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan jihozlar ishlatilganda kelib chiqadi. www.sies.uz Page 227 of 306 228 Metall ta’mi. Bu nuqson aralashma va muzqaymoq jihozlarining yaxshi ishlanmagan yuza qismiga tegib reaksiyaga borishi natijasida vujudga keladi. Shu sababli muzqaymoq ishlab chiqarishda va saqlashda yuzasi sirla-nib yaxshi ishlangan jihozlar va idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ortiqcha nordon ta’m. Bu nuqson asosan meva-rezavor meva xom ashyolari qo‘shilgan muzqaymoqlarda uchraydi. Agar foydalanilayotgan meva-rezavor xom ashyolari tarkibida qand miqdori kam bo‘lib, nordonligi juda yuqori bo‘lsa, u holda tayyor mahsulot tarkibida ham nordonlikning ortib ketishi kuzatiladi. Demak, bu nuqsonning paydo bo‘lmasligi uchun meva-rezavor meva xom ashyolari sifatli bo‘lishi kerak. 26-jadval Muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Miqdori, % kam bo‘lmasligi kerak Muzqaymoqning turi yog‘ qand quruq modda Nordonligi, 0 T, ko‘p bo‘lmasligi kerak Sutli: vanilli, yong‘oqli, shokoladli va boshqalar meva-rezavor mevali krem-bryule karamelli 3,5 2,8 3,5 3,0 15 16 15 16 29 29 31 33 22 50 22 40 Qaymoqli: vanilli, yong‘oqli, shokoladli va boshqalar meva-rezavor mevali krem-bryule karamelli 10 8 10 9 14 15 14 15 34 33 36 38 22 50 22 40 Plombir: shokoladli, yong‘oqli, qahvali va boshqalar meva-rezavor mevali krem-bryule karamelli 15 12 15 13,5 15 16 15 15 40 38 42 43 22 50 22 40 Meva-rezavor mevali: limon, malina va boshqalar - 27 30 70 Xushbo‘ylantirilgan: limonli, olchali, malinali va boshkalar - 25 25 70 Kuygan narsaga xos ta’m. Bu nuqson muzqaymoqlarni ishlab chiqarishda aralashmani haddan tashqari baland haroratda pasterizatsiya qilgan holatlarda vujudga keladi. www.sies.uz Page 228 of 306 229 Sho‘r ta’m. Bu nuqson aralashmaga tuz eritmasi qo‘shilib qolgan holatlarda vujudga keladi. Dag‘al struktura. Bu nuqson muzqaymoqda katta muz kristallari hosil bo‘lgan holatlarda vujudga keladi va asosan keng tarqalgan nuqsonlardan biri hisoblanadi. Bu nuqsonning paydo bo‘lishiga asosiy sabab gomoge-nizatsiya, muzlatish kabi texnologik jarayonlarda bo‘ladigan buzilishlar va mahsulotni saqlaganda haroratning keskin o‘zgarib turishi hisoblanadi. Qumsimon konsistensiya. Bu nuqson muzqaymoqda laktoza qandining katta kristallar holida kristallanishi hisoblanadi. Bu nuqson muzqaymoqda yog‘siz quruq modda miqdori pasaytirilgan hollarda vujudga keladi. Muzqaymoqqa qo‘shimcha xom ashyolarning qo‘shilishi (yong‘oq, kakao-kukuni, mevalar) va saqlash jarayonida haroratning o‘zgarib turishi bu nuqsonning paydo bo‘lishini kuchaytiradi. Qorsimon konsistensiya. Bu nuqson muzqaymoq aralashmasini haddan tashqari havo bilan to‘yintirib ishlov berganda hosil bo‘ladi. Muzqaymoqni saqlash. Muzqaymoqni odatda-20 0 S dan ortiq bo‘lmagan sovuqlikda saqlash tavsiya etiladi. Muzqaymoq saqlanayotgan kamerada haroratning o‘zgarishi ±3 0 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Haroratning tez-tez o‘zgarib turishi natijasida mayda muz kristallari erib, katta muz kristallari hosil qiladi. Natijada muzqaymoqning konsistensiyasi dag‘allashadi. Sovuq xonalarda muzqaymoqlarni saqlash muddati ularning turiga qarab 1,5 oydan 3,0 oygachani tashkil etadi. Savdo tarmoqlarida esa muzqaymoqning hamma turlari –12 0 S dan ortiq bo‘lmagan sharoitda 5 kunggacha saqlanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling