296
6. Quritilgan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday tovar navlariga
bo‘linadi?
7. Quritilgan baliqlarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
qanday talablar qo‘yiladi?
8. Quritilgan baliqlarning sifatiga fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha
qanday talablar qo‘yiladi?
Baliq ikralarining sifat ekspertizasi
Ikra-bu urg‘ochi baliqlarning urug‘i hisoblanadi. Ikraning har bir donachasi
qobiqdan, protoplazma (yarim suyuq massa) va yadrodan tashkil topadi. Ikra
asosan osetra va lasos balqlaridan olinadi.
Shuningdek,
ikra karp va okean
baliqlaridan ham kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Ikraning tarkibida to‘liq qiymatli oqsil, yog‘, vitaminlar va mineral moddalar
bo‘lganligi uchun u eng qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Osetra baliqlarining ikrasi inson nerv faoliyati uchun zarur bo‘ladigan lesitin (1-2
%) moddasiga boyligi uchun ayniqsa qimmatlidir. Oqsil
hamma baliq ikralarida
nisbatan o‘zgarmasroq bo‘lib 21-30 % ni tashkil etadi. Yog‘
miqdori osetra
baliqlari ikrasida 13-18 % ni, lasos baliqlari ikrasida esa 9-17 % ni tashkil etadi.
Ikralarda mineral moddalar miqdori – 1,2-1,9 %. Shuningdek, ikralar tarkibida A,
D, E va V guruhiga kiruvchi vitaminlar ham bo‘ladi.
Osetra
baliqlarning ikrasi qora ikra, lasos baliqlarining
ikrasi esa qizil ikra
deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: